Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
_ UZB_
Barcha abituriyentlarga OMAD !!!!!
Hammasi endi yolg‘iz ollohdan. Bizdan esa faqat va faqat sabr va iroda talab etiladi
Barcha abutirindlarni omadni bersin.
Perevod bilan bog'liq hujjatlarni topshirib beramiz. Bog'lanish uchun - @hulio94 ga murojaat qiling. Xizmat pullik.
nma gapla talabalaaa😂
Akram
2003 yil 1 august Toshkent Farmasevtika Institutiga imtihonga kirganman. 37 -guruh, 17- joy, 132 - variantdagi test varaqasi edi. Xullas birinchi yilim edi 9-kontrakt bo'lganman. Avvaliga hammasi adolatli bo'lgan deb o'ylaganman. O'qishga kirib bilganmanki adolat men o'ylagandek emas ekan. Byujetdagilarni deyarli yarmi o'zi kirmagan ekan. Ya'ni meni o'rnim ham byujetda bo'lishi kk edi. Va men hayotimdagi birinchi deyolmaymanu lekin adolatsizliklardan birini qurboni bo'lib 5 yil kontrakt to'lashga majbur bo'lganman. O'ta bemaza davr edi. Keyinchalik yana battarlashib ketdi.
2015-yil testga birinchi marta kirganman..shunchalik sodda bolganmanmi ili ahmoqgarchilikmi tel chontagimda qolib ketgan.Ichkarida tel qiladigan odamim yuq.Keyin bitta akam balnitsada edi ushanga tel qilib sogligini soraganman xolos shu yil kontrakt boldim lekin sharoit tufayli oqimadim keyin muddatli harbiy xizmatga bordim.2017 -yil Chirchiq Oliy Tank Qomondon-Muhandislik Bilim Yurtiga kirdim.Hozirda bolajak 4-kursman.Lekin 2015-yil 1-avgust umuman yodimdan chiqmasa kerak..🤣🤣🤣
Men ham abituriyentman bu yil imtihon topshiraman. Alloh roziligi uchun sizlar ham duo qiling studentkalik nasib qilsin.
Haa.1 avgust biz uchun omad eshiklariga eltuvchi yo‘l edi. Avgust oyida men ham talaba bo‘lganmaan😊😊😊
Tezroq karantin ochilsinu,studentligimga qaytay🙏🙏
3 yil o‘qishga topshirib 1-avgustni kutgandim bu yilgi 1-avgust juda g‘alati bo‘ldi. Kaarantinni bitta foydasi masofadan o‘qish bizda ham ozgina rivojlandi deb o‘ylayman
Shaxzod Mustafayev
1-avgust boshqacha edi baribir...
Doniyor Hasanov
Gulnora Sa'dullayevna
Magistratura imtihoni ham kechiktirilarmikanaa? Òqishga ulgurmagan kitoblarim bor edidaaa.
"Magstraturaga kirish imtihonlari ham qachon o'tkazilishi noma'lum". Oliy va o‘rta mahsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev. @uzabt
Muhabbat Jumaniyozova
Олий таьлимда 28 йилдан бери фаолият олиб бораман. Кейинги 3-4 йил булди, 1 август куни тест жараенига назоратчи булиб катнашмадим. Бу кун биз учун хам масьулиятли, хаяжонли кун буларди. Хатто шу куни тестга боролмай колгвн укитувчиларни ишдан бушатганларига хам гувохман. 2012 йили углим шу куни тест топшириб чиккан. Тест жавоблари чиккунча хаяжон ва хавотирда юрганман.
Assalomu aleykum bilaman bu mavzuga aloqasi yoq lekin bir narsani so‘ramoqchi edim men 2 kursni tugatdim perevod qildirmoqchi edim agar perevod qildirsam yana 2chi kursni o‘qiymanmi yoki 3chi kursga o‘tamanmi iltimos bilganlardan javob kutaman
Сурайё
Men 2-avgust kuni imtihon topshirganman ósha kuni akamni ham tóyi edi,tóyga ancha kechkib borganman lekin hozir 3-kurs bóldim. Tóyga kechikkanimda afsuslanmayman
5-август, уша куни ТУИТ талабаси булгандим. Лекин абитуриент булган вактларимни халигача кумсайман...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men ham abituriyentman bu yil imtihondan oʻtaman. Hali abituriyent ruxsatnomasini olmadik. Kanalingizda shu haqida toʻxtalib qachon abituriyent ruxsatnomasini ola olishimiz mumkinligi haqida aytib oʻtolmaysizmi?!
Лика
Хаа 1 август жуда хаяжонли кун эди... кимдир узи учун, кимдир опа укалари учун, ота оналаримиз фарзандлари учун....
Show next 100 comments