Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum bilaman bu mavzuga aloqasi yoq lekin bir narsani so‘ramoqchi edim men 2 kursni tugatdim perevod qildirmoqchi edim agar perevod qildirsam yana 2chi kursni o‘qiymanmi yoki 3chi kursga o‘tamanmi iltimos bilganlardan javob kutaman
Сурайё
Men 2-avgust kuni imtihon topshirganman ósha kuni akamni ham tóyi edi,tóyga ancha kechkib borganman lekin hozir 3-kurs bóldim. Tóyga kechikkanimda afsuslanmayman
5-август, уша куни ТУИТ талабаси булгандим. Лекин абитуриент булган вактларимни халигача кумсайман...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men ham abituriyentman bu yil imtihondan oʻtaman. Hali abituriyent ruxsatnomasini olmadik. Kanalingizda shu haqida toʻxtalib qachon abituriyent ruxsatnomasini ola olishimiz mumkinligi haqida aytib oʻtolmaysizmi?!
Лика
Хаа 1 август жуда хаяжонли кун эди... кимдир узи учун, кимдир опа укалари учун, ота оналаримиз фарзандлари учун....
1998 yil 1- avgust.!!! Bitta oʻzim imtihonga borganman.Hammani yonida ota onasi yoki biror yaqinlari bor edi.Ularga parvona boʻlishardi.Urdu Kimyo boʻlimiga test topshirmoqchiman.Ustiga ustak kechasi bilan ichburugʻ boʻldim.(bir kun burun dugonalarim bilan chala pishgan qovun yeb qoʻyibmiz) Ertalab soat oltilarda test boʻladigan binoga borayotganim uchun aptekalar ham ochilmagan edi.Juda ruhim tushdi.Endi testga kirgandan soʻng mazam qochib qolsa test jarayoniga toʻliq qatnasholmayman va kelasi yilga qolib ketsam kerak deb xafa boʻldim ..... Va nihoyat testga kirdik Ollohni moʻjizasini qarangki vujudimda umuman oʻgʻriq va bezovtalik boʻlmadi Shunda bildimki miya vujudni juda katta kuch bilan boshqarar ekan .Biron nimani kuchli istasangiz albatta toʻsiqlar yoʻqolar ekan. Testni ishlab hammadan birinchi boʻlib 1 soat burun auditoriyani tark etdim.Koridorda turgan militsiya xodimlari ,ota onalar hamma hayron qoʻlga tushib haydab chiqarildimikan deb 🤔.Tashqariga chiqqandan soʻng toʻxtab turgan ,menga testda umuman halaqit bermagan ichburugʻim boshidan boshlandi uyga amallab yetib keldim.U paytlarda mandatni borib qogʻozdan koʻrardik.Endi mandatda ham oyim ham dadam men bilan yoʻlga chiqishdi .Borib qarasak 201.3 ball toʻplab grant bilan oʻqishga kiribman va shu tarzda davom etib qizil diplom bilan oʻqishni tugatdim 👏👏👏Meni ota onalarga aytadiganim bolani mustaqil ham qoʻyib oʻz muammolarini yechishga oʻrgatishimiz kerak.Haddan ortiq gʻamxoʻrligimiz bolani xudbin qilib qoʻyadi ,Lekin shu tavsiyalarimga oʻzim ham uncha rioya qila olmayman .Hammaga sogʻlik .
M. N.
Biz uqishga hujjat topshirgan yillari (2005-2006) turli mish-mishlar rosa bolalagandi bunkerlar borligi budjetga faqat soqqasini tulaganlar kirishi haqidagi gap suzlar. Menda kontrakda uqish imkoni bulmagani un budjetdan umdi qilardim.Ammo 2 yil ketma-ket budjetga ilinolmadim. Kontrakni uydagilarga aytishga uyaldim. Keyin bir tanishimni maslahati bn armiyaga ketdim u erdan bal bn keldim va 2006 yil UZDJTU talabasiga aylandim lekin mana shu 3 yil 1-avgust men un chinakam havotirli va bosimi katta bulgan kun edi. Bugun imtihonlat oldidan talaba bulish istagidagi uka singillarga omad tilayman uqing harakat qilin albatta uqishga kirasiz. Bilimli odam un imtihonlar hech gap emas.
4 yil deganda kirdim o'qishga. Albatta oxirgi ikki yil o'zgarish katta bo'ldi. Birinchi semestrni tugatib ta'tilga chiqdik,ta'tildan qaytib ikki xafta o'qidigu KARANTIN. Mana besh oy bo'libdi oq ko'ylak qora shim, UNIVERSITET eshigina tagida gurunglashib turgan o'qitivchilarni, Soqoling nimcha o'sib ketdi diydigon ayrim bir ustozlarni, zerikarli xayotdan ozgina bo'lsaxam uzib turadigon kursdoshlarni, darsdan so'ng kutubxonada IT soxasidagi yangiliklarni o'qish xamda dasturlashni yangi ko'nikmalarini SOG'INDIM. Karantin boshlandiyu OTM larga yangi MOODLE sistemasi joriy qilindi. Albatta ushbu sistema orqali fanlarni o'rganish qulay. Lekin misol tariqasida o'zimni aytsam eng katta o'g'ilman, albatta talabalarning 70% chekka tumanlardan balkim undan kamroqdir. Mening qishlogimga shisha tola kabellari kelmagan bu bilan internet sekin degani ZOOM degan videokonferensiya uchun dastur bor. Bizning universitet shu dasturdan foydalanadi. Lekin u uchun katta tezlik kerak. Bizda unaqa tezlikni topish qiyin. Men bu bilan ayrim joylarda eshitdim agar semestrni yopa olmasang o'qishdan qolding deb talabalarni qo'rqitayotgan dekanlar bor ekan. Axir talabada yetarli sharoit bo'lmasa u qanday qilib topshirsin semestrni. Oilasini pandemiya davrida dexqonchilik qilib bolsayam boqmoqda va bu bilan dars qilgani vaqti yoqdir. Yuqorida turgan oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi bu borada qanday yordam bera olishi qiziq menga. Barcha talabalarga SABR va TOQAT. Yaratgan egam ushbu darddan tezroq xalos etsin.
: Irodajon
Zoyir
Кирдизми хай киен?
ха бир йил утиб кирдим уқишга
: Irodajon
Quryozova
1998 yil 1- avgust.!!! Bitta oʻzim imtihonga borganman.Hammani yonida ota onasi yoki biror yaqinlari bor edi.Ularga parvona boʻlishardi.Urdu Kimyo boʻlimiga test topshirmoqchiman.Ustiga ustak kechasi bilan ichburugʻ boʻldim.(bir kun burun dugonalarim bilan chala pishgan qovun yeb qoʻyibmiz) Ertalab soat oltilarda test boʻladigan binoga borayotganim uchun aptekalar ham ochilmagan edi.Juda ruhim tushdi.Endi testga kirgandan soʻng mazam qochib qolsa test jarayoniga toʻliq qatnasholmayman va kelasi yilga qolib ketsam kerak deb xafa boʻldim ..... Va nihoyat testga kirdik Ollohni moʻjizasini qarangki vujudimda umuman oʻgʻriq va bezovtalik boʻlmadi Shunda bildimki miya vujudni juda katta kuch bilan boshqarar ekan .Biron nimani kuchli istasangiz albatta toʻsiqlar yoʻqolar ekan. Testni ishlab hammadan birinchi boʻlib 1 soat burun auditoriyani tark etdim.Koridorda turgan militsiya xodimlari ,ota onalar hamma hayron qoʻlga tushib haydab chiqarildimikan deb 🤔.Tashqariga chiqqandan soʻng toʻxtab turgan ,menga testda umuman halaqit bermagan ichburugʻim boshidan boshlandi uyga amallab yetib keldim.U paytlarda mandatni borib qogʻozdan koʻrardik.Endi mandatda ham oyim ham dadam men bilan yoʻlga chiqishdi .Borib qarasak 201.3 ball toʻplab grant bilan oʻqishga kiribman va shu tarzda davom etib qizil diplom bilan oʻqishni tugatdim 👏👏👏Meni ota onalarga aytadiganim bolani mustaqil ham qoʻyib oʻz muammolarini yechishga oʻrgatishimiz kerak.Haddan ortiq gʻamxoʻrligimiz bolani xudbin qilib qoʻyadi ,Lekin shu tavsiyalarimga oʻzim ham uncha rioya qila olmayman .Hammaga sogʻlik .
😊😊😊😊😊😊
1 -avgust .Bu kunni men ancha yillardan beri kutaman.Abiturintman.Bu yil ne ne hayajon bilan õqishga topshirdim.Lekin shuncha kutgan kunlarim menga yaqinlashish õrniga yiroq lashib ketyapti.Men bolaligimda 1-avgustnI, test jarayonlarini shunchalik haqqoniy tasavvur qilar edimki faqatgina bilimi bor bollarnigina õqishga qabul qilishadi deb tasavvur qilardim lekin faqatgina bilimi bor emas puli,tanishi borlar ham õqishga bemalol kirishi mumkinligini men ulg'ayganim sari bilib borayapman.Test sinovlarida avvalgi yillarda qatnashgan aka opalarimni test jarayonlari haqidagi fikrlarini eshitib umuman test jarayonlaridan kõnglim sovib bormoqda.Ishqilib bu yil shafof õtkazilsin testlar.Bu yil men õqishga kirishim uchun 14 ta abiturint bilan bellashishim kerak 1ta õringa 14 ta tõğri kelayapti.Hudo omadimni berib bilgan savollarim tushsinda .Talabalik shu yil menga nasib qilib men ham 1 -avgustni yaxshi xotiralar bilan eslay ilohim.Mayli sidqidildan õqib tayyorlangan abiturintlarga omad kulib boqsin ilohim.
Abdug'ofurova Surayyo
1-avgust men uchun juda hayajonli sòz .3 yil deganda talaba bolish nomiga sazovor bolganman .Lekin hammasi ortda qoldi bu yil bitiruvchi kursman.Lekin haligacha 1-avgust men uchun qandaydir hayajonli kun.Lekin men shu kuni hayot zinapoyalaridan birini bosib o'tganman.Ehhh 1-avgust...
Klara
Assalomu alaykum, 1-avgust men uchun Ollohimga chin dildan iltijo qilgan kunlarimni , tun-u kun tinmay imtihonlarga tayyorgarlik ko'rgan farzanzandlarimizga omad tilab yurgan kunlarimni eslatadi , haqiqat bukildi-u , lekin sinmadi, shuning uchun Ollohimga Ming bor shukur qilaman
Саидносир Зиёдуллаевич
Man 4 marta 1-avgustda imtihon topshirib kiromaganman😂 2018-yil 2-avgustda topshirib kirdim oliygohga. 1-avgustga duo ketganmi nmadirde hullas😂😂😂
Shunde bo'lgan bo'lsine😂meniyam 4-urinishim😟umrimda 4- imtihonim 1-avgustda bo'lmadi xattoki otgan yili ham 1 da bolgandi bu yil nasib qilsine sizde eslab yure😊
Mr Aziz
Ehh 1avgust men 4avgust kuni imtihonga kirsgan bulsamam lekin 1avgust kuni abiturent paytlarimni hayajonli paytlarni eslatadi imtihon haqiqatan ham bodhqacha narsa👏👏👍👍👍
Гули Жураева
Мен хам 1августни жуда хайажон билан эслайман 1997йилда АДУга филалогия факултетига тест топширганман афсус биринчи йили кира олмаганман кейинги йили мактабгача талимга топшириб кирганман бу йил углим 11синфни кизим 9синфни тамомлади биз кутган 1август афсуски оддий утди кизим хам бу йил ички ишлар мактабига хужжат топширганди имтихонлар пандемия сабаб тухталиди углим 5та йуналишга топширди мажбурлаб тайорлантиряпман тест кунлари узайган сари зерикишяпти тайорланишдан
Rostdan birinchi avgust boshqacha bulardi har yili 2018yildan 15kunlik imtihon buladigan buldi lk mani imtihonim 1avgust kuniga tugri kelgan.man un eng hayajonli va eng quvonchli kun bulgandi.talabalik baxtiga muyassar bulganman👱🏻‍♀️
ШАХНОЗА НЕЬМАТОВНА
Ассалом алайкум хайирли кун Хушнудбек илтимос саволим бориди жавоб берсаиз,журналистикага топширганман документимни ижодий имтихонларда узгариш буладими ва кай таризда булади
Show next 100 comments