Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
: Irodajon
Quryozova
1998 yil 1- avgust.!!! Bitta oʻzim imtihonga borganman.Hammani yonida ota onasi yoki biror yaqinlari bor edi.Ularga parvona boʻlishardi.Urdu Kimyo boʻlimiga test topshirmoqchiman.Ustiga ustak kechasi bilan ichburugʻ boʻldim.(bir kun burun dugonalarim bilan chala pishgan qovun yeb qoʻyibmiz) Ertalab soat oltilarda test boʻladigan binoga borayotganim uchun aptekalar ham ochilmagan edi.Juda ruhim tushdi.Endi testga kirgandan soʻng mazam qochib qolsa test jarayoniga toʻliq qatnasholmayman va kelasi yilga qolib ketsam kerak deb xafa boʻldim ..... Va nihoyat testga kirdik Ollohni moʻjizasini qarangki vujudimda umuman oʻgʻriq va bezovtalik boʻlmadi Shunda bildimki miya vujudni juda katta kuch bilan boshqarar ekan .Biron nimani kuchli istasangiz albatta toʻsiqlar yoʻqolar ekan. Testni ishlab hammadan birinchi boʻlib 1 soat burun auditoriyani tark etdim.Koridorda turgan militsiya xodimlari ,ota onalar hamma hayron qoʻlga tushib haydab chiqarildimikan deb 🤔.Tashqariga chiqqandan soʻng toʻxtab turgan ,menga testda umuman halaqit bermagan ichburugʻim boshidan boshlandi uyga amallab yetib keldim.U paytlarda mandatni borib qogʻozdan koʻrardik.Endi mandatda ham oyim ham dadam men bilan yoʻlga chiqishdi .Borib qarasak 201.3 ball toʻplab grant bilan oʻqishga kiribman va shu tarzda davom etib qizil diplom bilan oʻqishni tugatdim 👏👏👏Meni ota onalarga aytadiganim bolani mustaqil ham qoʻyib oʻz muammolarini yechishga oʻrgatishimiz kerak.Haddan ortiq gʻamxoʻrligimiz bolani xudbin qilib qoʻyadi ,Lekin shu tavsiyalarimga oʻzim ham uncha rioya qila olmayman .Hammaga sogʻlik .
😊😊😊😊😊😊
1 -avgust .Bu kunni men ancha yillardan beri kutaman.Abiturintman.Bu yil ne ne hayajon bilan õqishga topshirdim.Lekin shuncha kutgan kunlarim menga yaqinlashish õrniga yiroq lashib ketyapti.Men bolaligimda 1-avgustnI, test jarayonlarini shunchalik haqqoniy tasavvur qilar edimki faqatgina bilimi bor bollarnigina õqishga qabul qilishadi deb tasavvur qilardim lekin faqatgina bilimi bor emas puli,tanishi borlar ham õqishga bemalol kirishi mumkinligini men ulg'ayganim sari bilib borayapman.Test sinovlarida avvalgi yillarda qatnashgan aka opalarimni test jarayonlari haqidagi fikrlarini eshitib umuman test jarayonlaridan kõnglim sovib bormoqda.Ishqilib bu yil shafof õtkazilsin testlar.Bu yil men õqishga kirishim uchun 14 ta abiturint bilan bellashishim kerak 1ta õringa 14 ta tõğri kelayapti.Hudo omadimni berib bilgan savollarim tushsinda .Talabalik shu yil menga nasib qilib men ham 1 -avgustni yaxshi xotiralar bilan eslay ilohim.Mayli sidqidildan õqib tayyorlangan abiturintlarga omad kulib boqsin ilohim.
Abdug'ofurova Surayyo
1-avgust men uchun juda hayajonli sòz .3 yil deganda talaba bolish nomiga sazovor bolganman .Lekin hammasi ortda qoldi bu yil bitiruvchi kursman.Lekin haligacha 1-avgust men uchun qandaydir hayajonli kun.Lekin men shu kuni hayot zinapoyalaridan birini bosib o'tganman.Ehhh 1-avgust...
Klara
Assalomu alaykum, 1-avgust men uchun Ollohimga chin dildan iltijo qilgan kunlarimni , tun-u kun tinmay imtihonlarga tayyorgarlik ko'rgan farzanzandlarimizga omad tilab yurgan kunlarimni eslatadi , haqiqat bukildi-u , lekin sinmadi, shuning uchun Ollohimga Ming bor shukur qilaman
Саидносир Зиёдуллаевич
Man 4 marta 1-avgustda imtihon topshirib kiromaganman😂 2018-yil 2-avgustda topshirib kirdim oliygohga. 1-avgustga duo ketganmi nmadirde hullas😂😂😂
Shunde bo'lgan bo'lsine😂meniyam 4-urinishim😟umrimda 4- imtihonim 1-avgustda bo'lmadi xattoki otgan yili ham 1 da bolgandi bu yil nasib qilsine sizde eslab yure😊
Mr Aziz
Ehh 1avgust men 4avgust kuni imtihonga kirsgan bulsamam lekin 1avgust kuni abiturent paytlarimni hayajonli paytlarni eslatadi imtihon haqiqatan ham bodhqacha narsa👏👏👍👍👍
Гули Жураева
Мен хам 1августни жуда хайажон билан эслайман 1997йилда АДУга филалогия факултетига тест топширганман афсус биринчи йили кира олмаганман кейинги йили мактабгача талимга топшириб кирганман бу йил углим 11синфни кизим 9синфни тамомлади биз кутган 1август афсуски оддий утди кизим хам бу йил ички ишлар мактабига хужжат топширганди имтихонлар пандемия сабаб тухталиди углим 5та йуналишга топширди мажбурлаб тайорлантиряпман тест кунлари узайган сари зерикишяпти тайорланишдан
Rostdan birinchi avgust boshqacha bulardi har yili 2018yildan 15kunlik imtihon buladigan buldi lk mani imtihonim 1avgust kuniga tugri kelgan.man un eng hayajonli va eng quvonchli kun bulgandi.talabalik baxtiga muyassar bulganman👱🏻‍♀️
ШАХНОЗА НЕЬМАТОВНА
Ассалом алайкум хайирли кун Хушнудбек илтимос саволим бориди жавоб берсаиз,журналистикага топширганман документимни ижодий имтихонларда узгариш буладими ва кай таризда булади
1-avgust - shaffof test rejimini birinchi martaOʻzekspomarkazda sinovdan oʻtkazib berdik. 3b 56blok da oxiridan ikkinchi partada oʻtirganman, 3- blogim yoʻq edi 40 minutda tugatib chiqqandim 2017yil. Endi nasib qilsa 2021 diplomni olaman
Man u-n 2-avgust 1-avgustga qaraganda kòproq ahamiyatli,chunki 3marta 1-avgustda imtihon topshirib yiqilganman, ammo 4-marta 2018-yil 2-avgustda imtihon topshirib nihoyat talabalik baxtiga musharraf bòlganman
Bu yilgi imtixonlar qachon buladi shu haqda fikr bildirsangiz Xushnudbek oldindan katta rahmat
2012 yil 1 avgustda test sinovlariga kirishdan oldin bir bolani chòntagidan kalkulyator chiqqandi òsha payt u bola "telefonmasku bu iltimos testga kiray" deb yiĝlagandi men ichimdan " òĝil bolayam yiĝloqi bòlarkan" deb ichkariga kirib joyimga borib òtirsam òsha yiĝloqi bola meni yonimdagi joyga kelib òtirdi dtmni qarasam joylarimiz yonma yon ekan shunda men "yana boshlamasa bòldi" deb òylab qòydim ichimdan.😁😁
Òsha yili u bolayam menam kontrakt asosida òqishga kirib kursdosh bòganmiz
Анвар
2007 йил 1 август куни тестга кирганмиз. Ушанда бошкача эди... гашти бошкача эди...
2105-yil 1-avgust kuni na qo'rquv na hayajon bn imtixonga bordim abituriyentlar ko'pligidan yo'lni topib bo'lmasdi bir qiz yaqiniga kelib qolganimda ko'zim qaltirayotkan oyolarini korib yuziga qaradim to'xtamasdan qaysidir oyati kalimani o'qiyotkan edi. Ustimdan muzdek suv quyildi go'yo icimda shunaqa havfli jarayon edimi bu imtixonmi o'zi bu kimni jazolashyapti degan savlar miyyamda aylangandi 3 yil yiqilib 4-yil imtixonga kirayotkan kunim esa o'sha oyati kalima mani tilimda aylandi😁
bu yil meni hayotmda muhim kun bolishini kutgandimm😞
uch yillik mehnatim sarxisobi
🎓Magistr🎓Abdullaeva🎓
1-avgust Internet va SMS dam oladigan kun edi😁
Imtihon kuni haqida gapiradigan bo'lsa ko'pchilikda kuzatiladigan hayajon manda kuzatilmagan chunki 3 yıl o'qigan jonajon litseyimda bo'lgan shu sababli bemalol bo'lganman. Biz 60 kishilik guruh edik, bor yugi 1 dona Twix chocolate 1 ta ruchka bor edi yonimda, shularnixam olib quyishgandi🤦‍♀😁 ichkariga kirganimda Odam kop xona to'lib bo'lgan edi, oxirgi partada utirgandim, yonimdagi partaga qarasam bir qiz Arabcha duolar,chocolate, Banan iwqilib bozorli qilib kirgan ekan😂😂😂qoyil qoldim tekshiruvchila qarindowi wekili deb😁 Boshqa bir qiz endi chiqgan 5 mingtaliklarni partani ustiga yoyib tashlagandi nazoratchila korsin deb🤭😁
Iwqilib qiziq voqealar bulgan edi. O'sha 60 kishilik guruhdan 4 kishi kirgan edik o'qishga Sababi bizni yo'nalishga bor yugi 35 kishi qabul qilishar edi. 2tasi o'zimdi kursdoshlarim 1tasi bowqa guruh edi lekin o'sha qiz bn magistrda kursdosh bolib oqidik🙂
Shunday qilib 01.08.2014, birinchi yildan va bir yil oldin(maktabga borishga qiziqganimdan uydegilarim 6 yoshdan maktabga berishgan edi🤓) kirgandim o'qishga, egzamindan chiqgandan Ayajonimga budjet bo'laman aniq degandim lekin 199,6 ball bn kontrakt bulib talaba buliw baxtiga erishgandim☺️
Javobni bilish uchun 15-avgust ertalab kodni yuborgan bo'lsam oqshom 22:10 dan o'tib bilgandim va o'qishga kirdim deb 2 3 marta baqirganimdan uydegilarim uyimizga bomba tushdi deb uylashgan😂😂

01.07.2020 Magistraturani ham tugatdim👩‍🎓, Allohimga ming shukur va ota onamga 6 yil kontraktga o'qitishganlariga raxmat aytaman😊

Hammaga Talaba bo'lish baxti nasib etsin, Manashu yil barcha Abuturientlar Talaba bo'lishsin ilohim, Good Luck, Hepinize Iyi Şanslar👍🙂
Show next 100 comments