Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Rostdan birinchi avgust boshqacha bulardi har yili 2018yildan 15kunlik imtihon buladigan buldi lk mani imtihonim 1avgust kuniga tugri kelgan.man un eng hayajonli va eng quvonchli kun bulgandi.talabalik baxtiga muyassar bulganman👱🏻‍♀️
ШАХНОЗА НЕЬМАТОВНА
Ассалом алайкум хайирли кун Хушнудбек илтимос саволим бориди жавоб берсаиз,журналистикага топширганман документимни ижодий имтихонларда узгариш буладими ва кай таризда булади
1-avgust - shaffof test rejimini birinchi martaOʻzekspomarkazda sinovdan oʻtkazib berdik. 3b 56blok da oxiridan ikkinchi partada oʻtirganman, 3- blogim yoʻq edi 40 minutda tugatib chiqqandim 2017yil. Endi nasib qilsa 2021 diplomni olaman
Man u-n 2-avgust 1-avgustga qaraganda kòproq ahamiyatli,chunki 3marta 1-avgustda imtihon topshirib yiqilganman, ammo 4-marta 2018-yil 2-avgustda imtihon topshirib nihoyat talabalik baxtiga musharraf bòlganman
Bu yilgi imtixonlar qachon buladi shu haqda fikr bildirsangiz Xushnudbek oldindan katta rahmat
2012 yil 1 avgustda test sinovlariga kirishdan oldin bir bolani chòntagidan kalkulyator chiqqandi òsha payt u bola "telefonmasku bu iltimos testga kiray" deb yiĝlagandi men ichimdan " òĝil bolayam yiĝloqi bòlarkan" deb ichkariga kirib joyimga borib òtirsam òsha yiĝloqi bola meni yonimdagi joyga kelib òtirdi dtmni qarasam joylarimiz yonma yon ekan shunda men "yana boshlamasa bòldi" deb òylab qòydim ichimdan.😁😁
Òsha yili u bolayam menam kontrakt asosida òqishga kirib kursdosh bòganmiz
Анвар
2007 йил 1 август куни тестга кирганмиз. Ушанда бошкача эди... гашти бошкача эди...
2105-yil 1-avgust kuni na qo'rquv na hayajon bn imtixonga bordim abituriyentlar ko'pligidan yo'lni topib bo'lmasdi bir qiz yaqiniga kelib qolganimda ko'zim qaltirayotkan oyolarini korib yuziga qaradim to'xtamasdan qaysidir oyati kalimani o'qiyotkan edi. Ustimdan muzdek suv quyildi go'yo icimda shunaqa havfli jarayon edimi bu imtixonmi o'zi bu kimni jazolashyapti degan savlar miyyamda aylangandi 3 yil yiqilib 4-yil imtixonga kirayotkan kunim esa o'sha oyati kalima mani tilimda aylandi😁
bu yil meni hayotmda muhim kun bolishini kutgandimm😞
uch yillik mehnatim sarxisobi
🎓Magistr🎓Abdullaeva🎓
1-avgust Internet va SMS dam oladigan kun edi😁
Imtihon kuni haqida gapiradigan bo'lsa ko'pchilikda kuzatiladigan hayajon manda kuzatilmagan chunki 3 yıl o'qigan jonajon litseyimda bo'lgan shu sababli bemalol bo'lganman. Biz 60 kishilik guruh edik, bor yugi 1 dona Twix chocolate 1 ta ruchka bor edi yonimda, shularnixam olib quyishgandi🤦‍♀😁 ichkariga kirganimda Odam kop xona to'lib bo'lgan edi, oxirgi partada utirgandim, yonimdagi partaga qarasam bir qiz Arabcha duolar,chocolate, Banan iwqilib bozorli qilib kirgan ekan😂😂😂qoyil qoldim tekshiruvchila qarindowi wekili deb😁 Boshqa bir qiz endi chiqgan 5 mingtaliklarni partani ustiga yoyib tashlagandi nazoratchila korsin deb🤭😁
Iwqilib qiziq voqealar bulgan edi. O'sha 60 kishilik guruhdan 4 kishi kirgan edik o'qishga Sababi bizni yo'nalishga bor yugi 35 kishi qabul qilishar edi. 2tasi o'zimdi kursdoshlarim 1tasi bowqa guruh edi lekin o'sha qiz bn magistrda kursdosh bolib oqidik🙂
Shunday qilib 01.08.2014, birinchi yildan va bir yil oldin(maktabga borishga qiziqganimdan uydegilarim 6 yoshdan maktabga berishgan edi🤓) kirgandim o'qishga, egzamindan chiqgandan Ayajonimga budjet bo'laman aniq degandim lekin 199,6 ball bn kontrakt bulib talaba buliw baxtiga erishgandim☺️
Javobni bilish uchun 15-avgust ertalab kodni yuborgan bo'lsam oqshom 22:10 dan o'tib bilgandim va o'qishga kirdim deb 2 3 marta baqirganimdan uydegilarim uyimizga bomba tushdi deb uylashgan😂😂

01.07.2020 Magistraturani ham tugatdim👩‍🎓, Allohimga ming shukur va ota onamga 6 yil kontraktga o'qitishganlariga raxmat aytaman😊

Hammaga Talaba bo'lish baxti nasib etsin, Manashu yil barcha Abuturientlar Talaba bo'lishsin ilohim, Good Luck, Hepinize Iyi Şanslar👍🙂
Eh abiturientlik va 1ci avgust(( boshqacha edi 2015-2016yillar
Testga kirib talaba bo'lish,Hayotizda mustaqil ochgan birinchi eng katta darvoza bo'ladi 2017 yil 1 avgust 😁 bu sani yozish ham hayajonli Yaqinlarizni Xursandchilik ko'z yoshlari 😢,Qizig'i birovni o'rniga ishlayotgan bola bilan yonma yon o'tirgaman,uni sotmadim Omadi bo'lsa kirar dedim
Graf Monte Kristo
Assalomu Alekum xammaga ikkinchi mutahasislikka qachondan xujjat topshiriladi bilganlar iltimos aytvorelar
Dinora
2018-yil 10- avgustda imtihon topshirganman. Rosa kutganman imtihonni😁. 1-avgustda topshirganlarga hasadam qilganman😁🤦‍♀️
Men 1- avgust kuni shoshilmay imtihon o' tkaziladigan xonaga kirganman. Qo' limda na telefon,na blyuts bo' lgan( ko' pchilik tel bilan kiradi- yu) Shoshilmay 3 soat ko' p menga deb kekkayib testni yechganman. To' g' rida qo'abiturentlar uchun baklashkadagi suvdan ichib yana tengdoshlarimga ko' z yugurtirib,ularni qanday twst bilan ishlashlarini kuzatganman. Testimni yechib chiqqanman. Afsus 2 ball yetmay o' sha yili student bo' lolmaganman. Shoshilish kerakligini shunda tushunganman
Shoshilib talaba bo' lganman
Show next 100 comments