Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
➕➕➕➕➕
Imtixon qaçon boladi endi aniq emasmi xali
Ассалому алайкум. Хушнудбек паспорти тайер булмаганлар яьне паспорт янгиланаетганлар укишини тклаш учуннима килиши керак. Документларни кабул килишда яна кушимча кун бериладими. Олдиндан рахмат
Hilola Xolmurodova
Assalomu alaykum utgan yili ham fikrlarimni bayon qilgandim. 1 avgust 2015 yil hech qachon esimdan chiqmaydi hagojonlanganman qo‘rqqanman yig‘laganman va eng asosoiysi grandga kirishga yetarli ball to‘plaganman. Hammaga omad
Assalomu aleykum Xushnud aka sizga bir savolim bor edi davlat test markazi deb yozilgan bir ijtimoiy tarmoqdan xabarlar kelyapdi. Men 17 avgust kuni imtixonim bo'larkan dedi. Keyingisida esa qandaydir 11 sinflar uchun imtiyozmiye shunaqa degan gap chiqibdi bularning xammasi yolg'on shunaqaya. Avvaldan raxmat.
Дилшоджон Рузматов
Салом. Бу касаллик нафакат 1-август балки 21-март, 25-май каби ардокли, тантанали кунларни хам бошини еди бу йил. Барибир август имтихон ойи булиб колади доимо.
S.M.Sh.
Assalomu alaykum. Men ham 1-avgustni shirin xotiralar bilan eslayman. 01.08.2013 yilda imtihon topshirganman. Omadli kun bólgan. Yana óqishga tayyorlagan domlamizning shu kuni shirin qizchasi dunyoga keldi. Shu sabab bilan har yili 1-avgust kuni tabriklaymiz.
Xojiakbar Turgunov
адашмасам 2012 йилда имтихонлар 1-августан 2-августга кўчирилган эди.
2012 yil emas 2011 yilda 2- avgustda imtihon boʻlgan edi 1 avgustda emas shu yil oʻzim grand asosida talaba boʻlgan edim
1-avgust esdan chiqmas kun
Imtihon qachon bo‘lishi mumkin
Assalomu Aleykum

Xushnut aka Nafas gimnastikasi qanday bo‘ladi
Iltimos shu video yoki yozma shaklini ayting
Xusanov Jahongir
Ha rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlar bilan bir solishtirmapsizda
Xusanov Jahongir
Sizdan iltimos mushtariy sifatida magisturaturannini nega DTM o'zimda zimasiga olishga hammoon qo'rqmoqda
Xusanov Jahongir
Kechirasiz o'z zimasiga olishga qo'rqmoqda demoqchi edim
Хушнудбек акани кўзлари кўр бўлиб улгурди! Фақат мақтовлар! Қани аввалги Хушнудбек?
ФАРРУХ
Плаквенил дориси хакида бирор нима ёзсез яхши буларди.....
ФАРРУХ
Факат ОТМ хакида эмас долзарб КАРАНТИН хакида .........хеч нарса йукми...
Nargi$a_Aminova
Assalomu alaykum Xushnud aka 1-avgust biz u.n juda axamiyatli kunga aylangan (edi) pandemiya tufayli ( ) sabab bo'ldi.
Xushnud aka transfer.edu.uz saytda biz bakalavlar perevod qilishda juda qinalyapmiz xujjatlarni joylab bòlib ruyhotdan òtolmayapmiz maslahat bera olaszmi? Iltimos.
Salom Xushnudbek aka bu yili imthonlar õtkazilmay qolishi mumkinmi?
Ассалому Алейкум!Агар иложи болса бу йилги Супер кантракт хакида озрок тушунча бероласизми.
Ha to'g'ri aytasiz 1-avgust kuni "qaynar" edi ... 1-avgustdan ajoyib xotiralar qolgan 1-avgustgacha tayyorgarlik ko'r va keyin 15 kun o'ylanib kecalari uxlamasdan yasha? 15 kundan keyin esa?!!!!?? Ko'ramiz ? Aslida esa (bazi qo'shtirnoq ichidagi abiturientlar nomidan) telefon top telefonda turib berish uchun o'qituvchi gaplash, nechi pul der ekan 1000$ ga ko'narmikin 1 ta fan nechi puldan bo'lar ekan?..... 15-dan keyin esa
1. Hammasini to'g'ri oqib bergandim nimaga ballarim past chiqdi gaplashgan o'qituvchim kuchli emas ekan, o'quvchilaridan birortasi ham kira olmabdi, falonchi aka ham bunkerlik qilgan ekan ikkala odami ham kiribdi.
2. Bizda sharoit bo'lmadi telefon ishlata olmadik, o'qituvchilar yo'l qo'yib berishmadi shunga kontraktga tushib qoldim agar telefonda ikkita o'qib berganimda grantga kirar edim va hokazo......
Mana 2017 yildan boshla hammasi iziga tushdi!
Bu yilgi hamma abiturientlarga omad! Yil davomida qanchalik kuchli mehnat qilishgan bo'lsa imtihondan keyin o'z rag'batini olishadi hudo xoxlasa?!!!!
Show next 25 comments