This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Заковат”га савол йўллаб, пул ишлаш ҳақида икки оғиз

Ақл билан даромад олишнинг ёмон жойи йўқ-ку, тўғрими?

Ўтган йилдан бошлаб “Заковат” интеллектуал кўрсатувига мантиқий ва қизиқарли савол йўллаган телетомошабинларни рағбатлантириш бошланди. Жорий йилда эса “Капиталбанк” ҳомийлигида бу янада юқори даражага кўтарилди. Ҳар ўйинда жами 25 млн сўмлик пул ютуқлари ўйналмоқда. Йил якунида эса йилнинг энг яхши саволига 100 млн сўм❗️ пул мукофоти қўйилади.

Масалан, охирги ўйинда Каттақўрғондан Мирсоҳиб Қувоновнинг Амир Темур ва Бибихоним ҳақидаги саволи томошабинларга олтинчи очкони олиб келгани учун 6 млн сўм, ўйинда энг яхши савол деб топилгани учун яна 5 млн сўм, жами 11 млн сўм пул ишлаб олди. Битта савол ортидан минг доллардан кўпроқ пул топиш зўр-ку, шундай эмасми?

Сиз ҳам “Заковат”га савол йўлланг. Фақат у ҳамма билган, сийқаси чиққан маълумотлардан бўлмасин. Теша тегмаган китоб ва манбалардан бўлсин.

Савол юбориш шартлари @zakovat каналида ёзилган.

Юқоридаги савол жавоби эса бу ерда.


👉 @xushnudbek 👈

108 comments

Show 17 more comments
Xushnudbek
Alhamdulillah
Assalomu Aleykum savolni email pochta orqali emas soddaroq shaklda jo'natishga qulay qilib bot orqali jo'natish imkoniyati berilsa yaxshi bo'lar edi hozirgi vaqtda email pochtadan kamdan kam foydalanamiz bazida umuman ishlatmaymiz zakovat bot tashkil qilinsa qonuniy qilib yaxshi bo'lar edi taklif holos bu
Zamonaviy dunyoda e-maildan foydalanish qiyin degan odam sal uyalishi kerak. Bu intellektual o’yin. Agar kimdir e-maildan foydalanishni bilmasa, o’rgansin. O’rganishni xohlamasa yoki qanday o’rganishni ham bilmasa, pochtadan savol yuborsin. Agar na unisini, na bunisi qilishga hafsalasi bo’lmasa, savol yubormay qo’ya qolsin.
Assalom alaykum Xushnudbek aka hammani ham savolini olavermaydiku nimasiga qarab tanlab olishyapti koʻp yuborish kerakmi yoki hammanikini bitta bitta oʻqib chiqib sifatiga qarab olishyaptimi yoki shunga izoh berib oʻtsangiz.
xusniddin🗽
Assalom alaykum ,Shunday deysz lekn savol junatsa qabul qimidi shahsan uzim 10tadan ziyos junatim 2xaftadan beri junatamn lekn be foyda atvetam yozmidi na qabul buldi deb na savoliz tugri kemidi deb umuman foydasz savol junatish javob yozmidi barbr uqimidiyam faqat tanishlarini chiqarsa kerak
Toʻgʻri balki tanish bilishdir. Masalan, oʻtgan haftadagi lift savolini javobi mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Lekin olishgan u savolni. Menimcha, bilimdonlar ham bu savolni javobini eshitib hayron qolishgani yuzlaridan ayon edi.
Кеча бизда заковат уйини булиб утди жуда Зур булди саволларни купроги мантикий 12раунд уйнадик ва г'алаба козондик ✊
Ixtiyor G'aniyev
Assalomu alaykum, internetdan savol yuboryapmiz, qabul qilingani tòģrisida bildirilsa yaxshi bòlardi. Bu taklif, rahmat
Savol yonlovchini yoshi cheklanmaganmi yoki 18 yoshdan yuqorisi yubora oladimi
Н£М£СИС
Savolimiz qabul bo'lganini qayerdan bilamiz
𝑷𝒂𝒓𝒗𝒊𝒏𝒂 𝑬𝒓𝒌𝒊𝒏𝒐𝒗𝒂
Assalom alaykum Xushnudbek aka hammani ham savolini olavermaydiku nimasiga qarab tanlab olishyapti koʻp yuborish kerakmi yoki hammanikini bitta bitta oʻqib chiqib sifatiga qarab olishyaptimi yoki shunga izoh berib oʻtsangiz.
Savollarni mantiğiga darajasiga qarab tanlab olishadi va siyqasi chiqib ketgan savollar bôlmasligi kerak iloji boricha
Undan keyin savol yuborishda shartlari berilgan ôzi, rasmingiz va ôzizga oid ba'zi ma'lumotlar, savolni javobi va savolni qayerdan olganingiz haqidagi manbaa lozim, masalan, biror asardanmi, ilmiy kitoblardanmi yoki qandaydir boshqa ma'lumotlar bazasidanmi shular kerak savol jõnatishda...
Savolni jõnatgach sizga savolingiz qabul qilindi va shu kuni ôynaladi deb xabar jõnatishmaydi, aksincha kimlarni savoli tanlab olinganligini har hafta zakovat ôyini oldidan e'lon qilishganda kôrishingiz mumkin. Telegramdagi zakovat kanaliga a'zo bõlsangiz ôsha yerda har hafta õyin oldidan kimlarni savollari tanlab olinganligini e'lon qilib borishyapti
Maslahatim: Savol tuzishda shunchaki oddiy qilib tuzib qõymasdan bir ma'noli va mantiqliroq qilib tuzing shunda qabul qilishlariga imkoniyatiz oshadi
SAID RAHMON
Zilola Shamiyeva
Toʻgʻri balki tanish bilishdir. Masalan, oʻtgan haftadagi lift savolini javobi mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Lekin olishgan u savolni. Menimcha, bilimdonlar ham bu savolni javobini eshitib hayron qolishgani yuzlaridan ayon edi.
Мен шу саволнинг жавоби саволга тўғри келмайди деб ўйлайман. Агар жавоб тўғри бўлса, ёки тоқ ёки жуфт рақамли қаватларда умуман инсонлар яшамаслиги керак, аслида эса инсонлар яшамаслиги мантиқга тўғри келмайди.
Assalomu alaykum .Zakovatga savol yo'llab ko'rdim.Savol qabul qilindi, savolim zakovatda qo'yilsa men bilan bog'lanishar ekan.Hammaga omad!
ZAKOVAT ga savol yõllayotganlar!
Savol yõllaganingizda ma'noli va mantiqliroq qilib tuzsangiz maqsadga muvofiq bõladi albatta. Savolingiz qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi, savoldagi kamchiliklar haqida sizga ma'lumot berishmaydi. Sababi õylab kôring savol jônatayotgan har bir odamga birma bir javob qaytarib chiqishni ôzi bôlmaydi. Agar kimlarni savollari qabul qilinganligini kõrmoqchi bõlsangizlar Telegramdagi ZAKOVAT kanaliga a'zo bõlib olinglar.
Savol jônatish shartlari berilgan ularni ham yoddan chiqarmasdan tõliq qilib bir yaxshi savol jõnatsangiz In Shaa Alloh savolingiz Zakovat õyinlariga qõyiladi.

Barchaga omad tilayman!
Xushnudbek
Zamonaviy dunyoda e-maildan foydalanish qiyin degan odam sal uyalishi kerak. Bu intellektual o’yin. Agar kimdir e-maildan foydalanishni bilmasa, o’rgansin. O’rganishni xohlamasa yoki qanday o’rganishni ham bilmasa, pochtadan savol yuborsin. Agar na unisini, na bunisi qilishga hafsalasi bo’lmasa, savol yubormay qo’ya qolsin.
Assalom aleykum Xushnud aka savolni e-maildan yuboryapmiz ammo savolimiz zakovat.tv e-mailiga borib tushdimi yoqmi bilmayapmiz komisiyadan o'tgan-o'tmaganimas hech bo'lmasa borib tushgani belgisini berishsa yaxshi bo'lardi menimcha.Balkim buning uchun yuqoridagi telegram.bot taklifini o'ylab ko'rish kerakdir.
𝑷𝒂𝒓𝒗𝒊𝒏𝒂 𝑬𝒓𝒌𝒊𝒏𝒐𝒗𝒂
Haa rahmat kattakon siz hech savol yuborganmisiz
In Shaa Alloh nasib qilsa endi jõnataman
Man Online zakovatda berganman õzimni savollarimni shu sababli yangi savollar tuzib keyin jõnataman
Yangi ma'lumotlar lozim yangi savollar uchun
Show next 70 comments