“Заковат”га савол йўллаб, пул ишлаш ҳақида икки оғизАқл билан даромад олишнинг ёмон жойи йўқ-ку, тўғрими?
Ўтган йилдан бошлаб “Заковат” интеллектуал кўрсатувига мантиқий ва қизиқарли савол йўллаган телетомошабинларни рағбатлантириш бошланди. Жорий йилда эса “Капиталбанк” ҳомийлигида бу янада юқори даражага кўтарилди. Ҳар ўйинда жами
25 млн сўмлик пул ютуқлари ўйналмоқда. Йил якунида эса йилнинг энг яхши саволига
100 млн сўм❗️ пул мукофоти қўйилади.
Масалан, охирги ўйинда Каттақўрғондан
Мирсоҳиб Қувоновнинг Амир Темур ва Бибихоним ҳақидаги саволи томошабинларга олтинчи очкони олиб келгани учун 6 млн сўм, ўйинда энг яхши савол деб топилгани учун яна 5 млн сўм,
жами 11 млн сўм пул ишлаб олди. Битта савол ортидан
минг доллардан кўпроқ пул топиш зўр-ку, шундай эмасми?
Сиз ҳам “Заковат”га савол йўлланг. Фақат у ҳамма билган, сийқаси чиққан маълумотлардан бўлмасин. Теша тегмаган китоб ва манбалардан бўлсин.
Савол юбориш шартлари
@zakovat каналида ёзилган.
Юқоридаги савол жавоби эса
бу ерда.
👉 @xushnudbek 👈
Undan keyin savol yuborishda shartlari berilgan ôzi, rasmingiz va ôzizga oid ba'zi ma'lumotlar, savolni javobi va savolni qayerdan olganingiz haqidagi manbaa lozim, masalan, biror asardanmi, ilmiy kitoblardanmi yoki qandaydir boshqa ma'lumotlar bazasidanmi shular kerak savol jõnatishda...
Savolni jõnatgach sizga savolingiz qabul qilindi va shu kuni ôynaladi deb xabar jõnatishmaydi, aksincha kimlarni savoli tanlab olinganligini har hafta zakovat ôyini oldidan e'lon qilishganda kôrishingiz mumkin. Telegramdagi zakovat kanaliga a'zo bõlsangiz ôsha yerda har hafta õyin oldidan kimlarni savollari tanlab olinganligini e'lon qilib borishyapti
Maslahatim: Savol tuzishda shunchaki oddiy qilib tuzib qõymasdan bir ma'noli va mantiqliroq qilib tuzing shunda qabul qilishlariga imkoniyatiz oshadi
Savol yõllaganingizda ma'noli va mantiqliroq qilib tuzsangiz maqsadga muvofiq bõladi albatta. Savolingiz qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi, savoldagi kamchiliklar haqida sizga ma'lumot berishmaydi. Sababi õylab kôring savol jônatayotgan har bir odamga birma bir javob qaytarib chiqishni ôzi bôlmaydi. Agar kimlarni savollari qabul qilinganligini kõrmoqchi bõlsangizlar Telegramdagi ZAKOVAT kanaliga a'zo bõlib olinglar.
Savol jônatish shartlari berilgan ularni ham yoddan chiqarmasdan tõliq qilib bir yaxshi savol jõnatsangiz In Shaa Alloh savolingiz Zakovat õyinlariga qõyiladi.
Barchaga omad tilayman!
Man Online zakovatda berganman õzimni savollarimni shu sababli yangi savollar tuzib keyin jõnataman
Yangi ma'lumotlar lozim yangi savollar uchun