This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Olimova Shohida
Qirgiz pirgizlaniyam yoqotsin
Qirgʻizdan oʻqishini koʻchirgan talaba derazadan tushsa boʻladimi degan koʻzimizni oldida nimasi bu😂😂😂
Charoskhan Tursunova
Super kontraktda ham bilimlilar boladi ozgina omad yetishmay 1 2 bal yetmay qolishi mumkin lekin bazi imtiyozli talabalar bazi super qilgan talabalardan ham kam ball toplab grantda ham oqiyaptiku vaziyatni bu tarafini ham korib chiqilsa bolardi
Sizni fikriz to'g'ri, men ham superkontarktga kirganman lekin yahshigina harakat qilaman va bu harakatimga hamma kursdoshlar havas qiladi, lekin darsdan keyin men kutubxonada qolaman yoki o'qituvchilarning oldida qolaman, grandga kirgan kursdoshlarim yotoqxonaga borishi bilan kechki soat 8 gacha uxlaydi, buyam mayli men shuncha vaqt sarflab shuncha uyoqdan buyoqqa yugurib sessiyani 3 bilan yopaman ular shu yurishda 4 ga yopishadi yana stipendiya ham olishadi, eng yomon korganim o'qituvchini yoniga kirib byudjet edim stipendiyadan qolib ketmay 4 quyib bering deyishi 🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️, guruhni yarmini kurs ishini bajarib berib men 3 oldim ular 4 olishdi, boshqa fandan esa jurnalda ularga 14 ta baho quyilgani uchun imtihondan ozod qilib 5 quyishdi men esa jurnalda 13 baho bulgani uchun imtihonga qatnashib 3 oldim, shunday asabim buziladi eslasam 🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Сайфиддин
Takror aytaman 1.2.3.4 balgacha dabro.Undan pastiga keyingi yilga ruxsat deyish kerak
Wu iw yaxwi bopti 👍👍👍
👍🏻👍🏻👍🏻
Olimova Shohida
Test yoqolsa korrupsiyaga yol degani testda faqat 95 %oqigan kiradi
Яхши булибди.
Nigina
Usha yuridik bilan narxozni ko'rvomiz kim qanaqa uqivoti. Bitirgandan keyinchi magazinga sotuvchilik qivotganlayam bor. Tak wto yuridik narxoz busin nomi ulug' surpasi quriq
Tilizga erk bervormi gapiring opahon, bitta narxoz yuridikdamas kim texdayam arava surib yurganlar son mingta .1,2 ta qoyni dp yomon otliqqa chqarvormeng, qanchadan qancha siyosatchila chiqqan u dargohlardan.
AKT_Magistr 5A130201
Oldinlari faqat oʻqigan kirar edi hozirchi toʻgʻri oldinlari qingʻir ishlar kuzatilgan lekin kirishda korupsiya ancha yoqolgan
Korrupsionerla bari bir yo`l topadi. Odamla kirish uchun pora berishga tayyor turishadi. Korrupsionerla yo`l qoldirmasli uchun o`sha puli korrupsionerlaga berish keremas. Bolasini o`qishga kiritish uchun pora bergandan tinchgina super to`lab qo`yarman didi.
G'oya zo'r👍 yaxshi ish bo'lardi rostan ham
Biroq tangani ikkinchi tomoni super kantraktlardan keladigan shuncha pulni oddiy kantraktlarga yuklavorishmasa boldi (o'zi shunda ham kantrakt narxi baland , bundan ham baland bo'lib ketsa ko'pchilik oddiy oila farzandlari o'qishiga qiyinchilik tug'dirishi mumkin ) shuning uchun super kantrakt joyida turgani ma'qulroq deb oyliman . O'zi shusiz ham kantrakt o'qidiganlarga qiyinchiliklar bisyor .
Boshqa universitetlarda ham super kontraktni yoʻqotsa yaxshi boʻlardi
Show next 100 comments