This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Яхши булибди.
Nigina
Usha yuridik bilan narxozni ko'rvomiz kim qanaqa uqivoti. Bitirgandan keyinchi magazinga sotuvchilik qivotganlayam bor. Tak wto yuridik narxoz busin nomi ulug' surpasi quriq
Tilizga erk bervormi gapiring opahon, bitta narxoz yuridikdamas kim texdayam arava surib yurganlar son mingta .1,2 ta qoyni dp yomon otliqqa chqarvormeng, qanchadan qancha siyosatchila chiqqan u dargohlardan.
AKT_Magistr 5A130201
Oldinlari faqat oʻqigan kirar edi hozirchi toʻgʻri oldinlari qingʻir ishlar kuzatilgan lekin kirishda korupsiya ancha yoqolgan
Korrupsionerla bari bir yo`l topadi. Odamla kirish uchun pora berishga tayyor turishadi. Korrupsionerla yo`l qoldirmasli uchun o`sha puli korrupsionerlaga berish keremas. Bolasini o`qishga kiritish uchun pora bergandan tinchgina super to`lab qo`yarman didi.
G'oya zo'r👍 yaxshi ish bo'lardi rostan ham
Biroq tangani ikkinchi tomoni super kantraktlardan keladigan shuncha pulni oddiy kantraktlarga yuklavorishmasa boldi (o'zi shunda ham kantrakt narxi baland , bundan ham baland bo'lib ketsa ko'pchilik oddiy oila farzandlari o'qishiga qiyinchilik tug'dirishi mumkin ) shuning uchun super kantrakt joyida turgani ma'qulroq deb oyliman . O'zi shusiz ham kantrakt o'qidiganlarga qiyinchiliklar bisyor .
Boshqa universitetlarda ham super kontraktni yoʻqotsa yaxshi boʻlardi
Xim texni birinchi boshlagani yaxshi bopti
М Р Ж
Жуда яхши иш булади билимга этибор берилса давлатимизам ривожланади
Shu yil bitiramiz shu yerni
Marjona Abdurahmanova
Tibbiyot ham shunday qilsa yaxshi bo'lardi.
Show next 100 comments