This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Tòģri fikr ummuman olganda boshqa institut va Universitetda ham wunday qilishi kk nma u super kontrak
Салохиддинов
Adolatsizlik bulib qoladi unday bulsa 🤷‍♂️
Hozir adolatsizlik bo‘lmayaptimi.
Agar siz ham yillab,kechalari uxlamay tayyorlanib va men kabi birinchi o‘rin kontrakka kirganizda balkim mendek o‘ylardiz.
Yaxshi bòlardi.Umuman hammasidan yòqotish kerak.Sifatsizlashib ketyapti ta'lim ham.
Muhammadjon
Tori bu yaxshi lekin super kontrakt yoqotish ham yaxshimas,agar boshqa univerlaram yoqotsa O'zbekistonda ishsizlik,o'qimagan yoshlar kopayib yana Rossiyaga ketish kuchayadi, undan univerdagi ta'lim sifatiga etibor berish kerak,manam grant kirganman lekin abtrdagi yaxshi oqiganim unchalik univerda ahamiyati yo,talim sifati yaxshimas oliy oquv yurtlarida,lekin faqat pul bilan emas ozroq bolani biliminyam tekshirish kerak oliygoh ga kirishda, kasbi nonvoyam yoki temirchiyam,shofiram,oliygohda oqiyapti chunki puli borda bunga etibor berish kerak
Khamrayeva_S
Zo'r ish bopti o'zi barcha OTM larda yoqotish kerak super kantraktni.
Мадина Римбаева 201{евро}
Жудаям тогри фикр, чунки супердагилар умуман укимийди, чунки пуллари бор зарурат йук. Суперни пулига укиш учун технологиялар олиб келинади деган жавобга кушилмиман. Чунки бизани факультетимизга хам бир канча суперчилар группалари бор. Лекин университетимиз у пулларга замон талабига жавоб берадиган болиб колгани йук. Даже укув зданиемиз талабга жавоб бермиди. Бу менинг фикрим.
😙😙😙
Буларканкуууу, наконец то кто то опомнился!
Биринчилардан бўлиб тўғри қарорга келишибди.Қойил.👍
Албатта,сифатга эътибор қаратиш муҳим.👍
Рақобатбардош, билимли ва замон талабларига мос, халқаро талабларга жавоб берадиган кадр тайёрлаш биринчи ўринда,асосий мезон бўлиши керак.👍
Медицина ва юридик соҳаларга оид олийгоҳларда ҳам суперконтрактни бекор қилиш муҳим, деб ўйлайман.
Zo'r rektor ekan
FirdavS
hamma institutni shunaaqa tizimga ótkazish kerak
35-g/r Mustaqimov Odiljon
Hozir adolatsizlik bo‘lmayaptimi. Agar siz ham yillab,kechalari uxlamay tayyorlanib va men kabi birinchi o‘rin kontrakka kirganizda balkim mendek o‘ylardiz.
Oxirida kirgan talaba, o'qimaydi degani emas, balki uni tayyorlovga borishga sharoiti bulmaganidan, bir ammalab kirgandir, u ham o'z bilimiga, o'qishga kirishiga ishonib topshirgan, qanday qilib u talabaga sen koproq pul tolaysan oxirgi bulib kirding deyish mumkin, agar u kop pul tulasa siz kam pul tolasangiz, bu bilan unga kuproq sizga kamroq bilim bermaydiku, yoki unga kuproq dars utib bermaydiku,
Òzi Òzbekiston hududida supper kontraktni butunlay yòq qilish kerak
Orifjon Safarov
Суперни ҳеч бўлмаса 1-тоифасини қолдириш керакмиди, 2-3 балл етмай қолган абитуриентга алам қилади.
ОТМ кискартиш лозим канакадур контрактлардан воз кечмасдан хар йили минглаб битрувчилар ОТМ тамомлаб йилаб ишга жойлаша олмайди.
Салохиддинов
Oxirida kirgan talaba, o'qimaydi degani emas, balki uni tayyorlovga borishga sharoiti bulmaganidan, bir ammalab kirgandir, u ham o'z bilimiga, o'qishga kirishiga ishonib topshirgan, qanday qilib u talabaga sen koproq pul tolaysan oxirgi bulib kirding deyish mumkin, agar u kop pul tulasa siz kam pul tolasangiz, bu bilan unga kuproq sizga kamroq bilim bermaydiku, yoki unga kuproq dars utib bermaydiku,
Yo‘q ular ko‘p to‘lashsin demoqchi emasman.Shunchaki yuqori o‘rindagi talabalarning to‘lov miqdorini oz-oz bo‘lsa ham kamaytirishsa demoqchi edim.
To‘g‘ri agar kam bal olganlar ko‘p to‘lashsin biz kam to‘laylik deganimda nohaqlikni kattasi bo‘lar edi lekin men boshqa narsani nazarda tutgandim.
O'zbekistondagi barcha Oliygohlarga super kontrakt olishni yo'q qilish kerak.O'zi O'zbekistonda kadirlar yetarli ish yo'q.25 stafka ish uchun 500-1000$ gacha berib kirishyapti.O'zbekistonda 2×2ni bilmaydiku lekin pulni kuchi bilan o'qishga kirib o'qidiganlar kam emas.Qo'shni davlatlardan O'zbekistonga prevod qilib kelyotganlar ham ko'p.Shuni ham yo'q qilish kerak yoki chetdan prevod qilib kelyotganlarga ham yo'nalishiga qarab O'zbekistondagi ball bilan baravar qilib qo'yish kerak.O'nta emas bitta aql forasatli kadr yetishtirsin yetadi shu ham
Matnazarova. M.
Assalomu alaykum hamma Instda superkantrakni yoq qilish kk
Matnazarova. M.
👍👍👍
Show next 93 comments