Бугун, соат 21:00 да МФактор билан ҳамкорликда тайёрлаётган «Юридик клиника» кўрсатувининг навбатдаги сони бўлиб ўтади.

Бугун аниқ бир мавзу танланмаган, мухлислардан келган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.

Кўрсатувни YouTube орқали қуйидаги манзилдан жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

YouTube каналимизга обуна бўлишни унутманг!

Саволларингизни изоҳ сифатида қолдиришингиз мумкин, имконим етганига жонли эфирда жавоб қайтараман 👇


👉 @xushnudbek 👈

172 comments

Show 46 more comments
Assslomu aleykum. Man maktabda ishliman. Toshkent islom universitetini bitirganman. TIU bitirganlarga 20%li ustama qoshib berilish boyicha qaror chiqgan edi. Lekin negadir mani oyligimga ustama qoshib berilmadi. Nega qoshib berilmidi dib soraganimda mani yonalish boyicha nomitaxasis ekanman ham davlat budjetidan tolanmas ekan. Shu togrimi
Salom OTM lar ochiliwi haqida ma'lumot bormi onlayn o'qiwham yuq adawmasam o'qiw uchun o'qiwga kirganmizku
Uzbekistan hududidagi OTMlarda uqishni ko'chirishda ham imtihon bulishi kk bumasa tanishing zur bulsa utasan bulmasa qolasan iltimos shu masalani kutarib chiqsangiz faqat tanishi borlar utishi kkmas
Xushnudbek sizga savol bor edi. OTMning bakalavriyat ta'lim yo'nalishi sirtqi bo'limida o'qiyotgan talaba hozirda boshqa bir OTMning sirtqi bo'limi, boshqa bir yo'nalishiga hujjat topshirgan. Talaba abituriyent sifatida imtihon topshirib, ikkinchi OTMga o'qishga kirsa, bir vaqtning o'zida ikkita OTM da o'qishiga ruxsat etiladimi?
Bu yil bir xil ball yigganlar juda ham kop.ular hammasi bitta oringa oqishga qabul qilinadimi.yoki alohida alohida orinlarga olishadi agar kirish baliga yiggan bali yetsa
Assalomu aleykum Xushnudbek aka o'qishni ko'chirish bo'yicha savolim bor edi xorijiy ta'lim muassasasidan o'zimizni OTM ga o'tmoqchi bo'lib kecha imtihonga kirib chiqdik test natijalarini ko'rdik endi qachon ma'lum bo'ladi tavsiya qilingan yoki qilinmaganimiz? Vazirlar mahkamasi 393 qarorga o'zgartirish kiritmadimi ?
Javobingiz uchun oldindan raxmat .
🎓🎓🎓🎓
Salom 5sentabrdi imtihon natijalari qachon chiqadi
Umumiy ball yigʻganla roʻyxati bormi kimda boʻsa tashavorila iltimos
Magstraturani xorijda o'qimoqchi bo'lgan talabalar uchun, hujjatlarni topshirish jarayoni qanaqa bo'ldi shu yil?
Assalamu alaykum! Manda bir savol bor, bu savol juda ko'p insonlarda bor shekilli. Savolga o'tsam: Malumki Prizident farmoni bo'yicha 30-31-avgust va 1-sentabr rasmiy dam olish kuni deb belgilandi. Lekin ayrim ishxonalar ishchilarga majburiy ish qildi va ishchilar ishga kelishdi (boshqa iloj ham yo'q ish kerak). "Mehnat kodeksi 157-moda bo'yicha bu kunlarda 2 xissa yozishi kerak yoki boshqa kuni otgul berish kerak" deb post yozgan edingiz. Lekin ikkisi ham kuzatilmaydi ishxonalarda. Nega bunaqa holatlar bo'yicha ish ko'rilmaydi. Korupsiya korupsiya deb yopishib olinadiku, lekin avval adolat hal qilib olinmaydi. Fikringizni bildiring
Assalom alaykum. Eshitishim boʻyicha paxta teradigan ayollarga hali paxta terimi boshlanmasdan sovgʻalar va shunga oʻxshash ragʻbatlantirishlar berilyapti.lekin bu ragʻbatlantirishlar oʻz egalariga yetib borayotganmikan.? Va ular kattalar qoʻlida qolib ketmayotganmikin. Ragʻbatlantirishlarni paxtani terayotgan vaqtida berishsa boʻlmasmikin
Assalomu alaykum agar birorta ahvoli og'ir odamni tez yordamga olib ketyotsam, avarinniy chiroqlarni yoqib yursam, tezlik uchun kameraga tushsam jarimadan ozod etilamanmi
Assalomu alaykum
Men hech kimdan aniq javob ola olmadim.
Talaba qonuniy jihatdan imkoniyatini sinash maqsadida DTM testida qatnashishi mumkinmi?
Qatnasha olmasligiga qonuniy toʻsiq bormi?
Kunduzgi taʼlimdagi talaba. Xorijiy OTMda masofaviy oʻqisa boʻladimi?

Iltimos javob bering.

Humoyun Umaraliyev
Assalomu aleykum aka. Men oliy maʼlumotliman . Oʻqish davrida doimiy turarjoy manzilimni oʻzim yashaydigan Gʻijduvon tuman IIB pasport stolidan chiqargandim va Buxoro shahar "Navoiy shoh" koʻchasi 12- uy 1-xonadonga vaqtinchalik propistkaga qoʻygandim. Mana ollohga shukur shu yil oliygohni tugatdim va propistkamni Buxoro shahardan chiqardim. Soʻng oʻzim istiqomat qiladigan Gʻijduvon tuman IIB pasport boʻlimiga kerakli hujjatlar va uy xoʻjaligi boshi yani buvimni ham etdim. Uyimiz 2001-yilda Kadastrdan oʻtkazilgan. Lekin hokim qarori yoʻq ekan. Men Kadastr arxiviga, tuman arxiviga ham bordim, soʻradim xullas uyimizning kadastr hujjati bor lekin hokim qarori yoʻq. Shu sababli doimiy yashash manzilim oʻz uyimizga qayta roʻyxatga kira olmayapman. 845-qarorga muvofiq dimoiy turar joyga roʻyxatga kirish uchun hokim qarori ham kerak ekan. Qonunmi qarormi nima boʻlgan taqdirda ham kimlardir koʻchada qolishi kerak emasku. Shu masalada yuridik maslahatiz kerak.
Gulsum
Ассалому алекум ман шу каналда келган бир рекламани кургандим хусусий мактаб хакида бир ойга 4 миллион экан углим жуда кобилятли математикадан уша мактабларда укитким келди лекин шароим йук у мактабларда факат бойни боллалари укий олади ми бизчи
Assalomu Alekum Xushnudbek aka O'QISHNI KO'CHIRISH (PERVOD )MASALASIDA JAVOBLAR QACHON E'LON QILINADI.Shu masalaga alohida to'xtalsangiz iltimos
Ассалом мен Приздент қарори бн март ойи қўшни давлат Қозоғистондан ўқишимни хеч қандай имтихонсин Қорақалпоғистон давлат университетининг юридик факултетига кечги талимга кўчиргандим.Университет билан ўртада 2 семестир учун кечки талим шакли учун шартнома тузилди ва мен кантиракни тўладим.Енди еса бизга университет 2 курсдан хаммани сиртқи қилганлигини баёнот бермоқда бу хам инсофданми нима Ўзбекистонда конунларга амал қилмаслик бошландими ёки оддий халқни менсимасликми?
Мен хозир нима қилишга хайронман шунга маслахат берсайлар олдиндан рахмат.
Yana bir savol. Magistratura imtihonlari online boʻladi. deyilyaptiyu lekin imtihonda ruchka qogʻoz beriladi deyishyapti komyuter orqali boʻlmaydimi?. Imtihonni davlat test markazi olmas ekan. Imtihon qanchalik adolatli boʻladi.?
Assalomu alaykum aka tuzikmisiz sog‘lig‘lariz yaxshimi. Bir oylik xarbiy xizmat haqida ham gapiring bugungi ko‘rsatuvda. Kimlar boradi to‘lov qanday qilinadi. To‘lov qilishga imkoniyati bo‘lmasa nima qiladi.?!
Show next 100 comments