Бугун, соат 21:00 да МФактор билан ҳамкорликда тайёрлаётган «Юридик клиника» кўрсатувининг навбатдаги сони бўлиб ўтади.

Бугун аниқ бир мавзу танланмаган, мухлислардан келган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.

Кўрсатувни YouTube орқали қуйидаги манзилдан жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

YouTube каналимизга обуна бўлишни унутманг!

Саволларингизни изоҳ сифатида қолдиришингиз мумкин, имконим етганига жонли эфирда жавоб қайтараман 👇


👉 @xushnudbek 👈

172 comments

Show 55 more comments
Magstraturani xorijda o'qimoqchi bo'lgan talabalar uchun, hujjatlarni topshirish jarayoni qanaqa bo'ldi shu yil?
Assalamu alaykum! Manda bir savol bor, bu savol juda ko'p insonlarda bor shekilli. Savolga o'tsam: Malumki Prizident farmoni bo'yicha 30-31-avgust va 1-sentabr rasmiy dam olish kuni deb belgilandi. Lekin ayrim ishxonalar ishchilarga majburiy ish qildi va ishchilar ishga kelishdi (boshqa iloj ham yo'q ish kerak). "Mehnat kodeksi 157-moda bo'yicha bu kunlarda 2 xissa yozishi kerak yoki boshqa kuni otgul berish kerak" deb post yozgan edingiz. Lekin ikkisi ham kuzatilmaydi ishxonalarda. Nega bunaqa holatlar bo'yicha ish ko'rilmaydi. Korupsiya korupsiya deb yopishib olinadiku, lekin avval adolat hal qilib olinmaydi. Fikringizni bildiring
Assalom alaykum. Eshitishim boʻyicha paxta teradigan ayollarga hali paxta terimi boshlanmasdan sovgʻalar va shunga oʻxshash ragʻbatlantirishlar berilyapti.lekin bu ragʻbatlantirishlar oʻz egalariga yetib borayotganmikan.? Va ular kattalar qoʻlida qolib ketmayotganmikin. Ragʻbatlantirishlarni paxtani terayotgan vaqtida berishsa boʻlmasmikin
Assalomu alaykum agar birorta ahvoli og'ir odamni tez yordamga olib ketyotsam, avarinniy chiroqlarni yoqib yursam, tezlik uchun kameraga tushsam jarimadan ozod etilamanmi
Assalomu alaykum
Men hech kimdan aniq javob ola olmadim.
Talaba qonuniy jihatdan imkoniyatini sinash maqsadida DTM testida qatnashishi mumkinmi?
Qatnasha olmasligiga qonuniy toʻsiq bormi?
Kunduzgi taʼlimdagi talaba. Xorijiy OTMda masofaviy oʻqisa boʻladimi?

Iltimos javob bering.

Humoyun Umaraliyev
Assalomu aleykum aka. Men oliy maʼlumotliman . Oʻqish davrida doimiy turarjoy manzilimni oʻzim yashaydigan Gʻijduvon tuman IIB pasport stolidan chiqargandim va Buxoro shahar "Navoiy shoh" koʻchasi 12- uy 1-xonadonga vaqtinchalik propistkaga qoʻygandim. Mana ollohga shukur shu yil oliygohni tugatdim va propistkamni Buxoro shahardan chiqardim. Soʻng oʻzim istiqomat qiladigan Gʻijduvon tuman IIB pasport boʻlimiga kerakli hujjatlar va uy xoʻjaligi boshi yani buvimni ham etdim. Uyimiz 2001-yilda Kadastrdan oʻtkazilgan. Lekin hokim qarori yoʻq ekan. Men Kadastr arxiviga, tuman arxiviga ham bordim, soʻradim xullas uyimizning kadastr hujjati bor lekin hokim qarori yoʻq. Shu sababli doimiy yashash manzilim oʻz uyimizga qayta roʻyxatga kira olmayapman. 845-qarorga muvofiq dimoiy turar joyga roʻyxatga kirish uchun hokim qarori ham kerak ekan. Qonunmi qarormi nima boʻlgan taqdirda ham kimlardir koʻchada qolishi kerak emasku. Shu masalada yuridik maslahatiz kerak.
Gulsum
Ассалому алекум ман шу каналда келган бир рекламани кургандим хусусий мактаб хакида бир ойга 4 миллион экан углим жуда кобилятли математикадан уша мактабларда укитким келди лекин шароим йук у мактабларда факат бойни боллалари укий олади ми бизчи
Assalomu Alekum Xushnudbek aka O'QISHNI KO'CHIRISH (PERVOD )MASALASIDA JAVOBLAR QACHON E'LON QILINADI.Shu masalaga alohida to'xtalsangiz iltimos
Ассалом мен Приздент қарори бн март ойи қўшни давлат Қозоғистондан ўқишимни хеч қандай имтихонсин Қорақалпоғистон давлат университетининг юридик факултетига кечги талимга кўчиргандим.Университет билан ўртада 2 семестир учун кечки талим шакли учун шартнома тузилди ва мен кантиракни тўладим.Енди еса бизга университет 2 курсдан хаммани сиртқи қилганлигини баёнот бермоқда бу хам инсофданми нима Ўзбекистонда конунларга амал қилмаслик бошландими ёки оддий халқни менсимасликми?
Мен хозир нима қилишга хайронман шунга маслахат берсайлар олдиндан рахмат.
Yana bir savol. Magistratura imtihonlari online boʻladi. deyilyaptiyu lekin imtihonda ruchka qogʻoz beriladi deyishyapti komyuter orqali boʻlmaydimi?. Imtihonni davlat test markazi olmas ekan. Imtihon qanchalik adolatli boʻladi.?
Assalomu alaykum aka tuzikmisiz sog‘lig‘lariz yaxshimi. Bir oylik xarbiy xizmat haqida ham gapiring bugungi ko‘rsatuvda. Kimlar boradi to‘lov qanday qilinadi. To‘lov qilishga imkoniyati bo‘lmasa nima qiladi.?!
ASSALOMU ALEYKUM 5 6 SENTYABRDA IMTIXONGA QATNAWOLMAGAN XORIJIY DAVLADDA QOLIB KETGAN BOLLARGA YANA IMKON BERILADIMI . IMTIXONGA
🇺🇿
1. konstitutsiyaviy sud sudyasini limitdan kop marotaba saylangani munozaraga sabab boldi. Bunga munosabat bildirib, deputat "Normativ-huquqiy hujjatlar togrisida"gi Qonuniga asosan K.S pozitsiyasini himoya qildi. Savol: mana shu Qonun nega Vazirlar Mahkamasi qaroriga nisbatan iwlamagan. Vazirni xati asosida 5 oylik talabalar stipendiyasini tolaw tartibi qabul qilinsin dgan band bilan qaror kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga tadbiq etilgan. Vaholanki, aynan deputat murojaat qilgan Qonunga ko'ra, faqatgina qonun orqaga qaytish kuchiga ega. VM qarori emas.

2. Qaysidir brifingda Oliy talim vazirligi vakili mo'ltillab turgan kun.uz muxbiriga "agar talaba bilan qayta hisob kitob qilinsa, 3ga yopgan talabaga qaytarib berishi kerak bolgan summani siz tolab berasizmi?" dgan edi. O'zR FKga asosan(adawmasam 1031m.) Qaytarib berilmaydgan summalar qatorida ortiqcha tolab berilgan stipendiyalar ham bor.

Nima uchun qonun hujjatlariga ko'ra haq pozitsiyada bolsangiz ham VM qarori chiqqandan keyin qo'l ko'tarib qo'ygansiz.
Munisa To'lisheva
Assalomu aleykum.
Mening turmush o'rtog'im JDPI tamomlab magistraturaga xujjat topshirdi.
Joriy yilda talabalar o'rtasida Respublika online olimpiyadasida faxrli ikkinchi o'rinni egalladi ya'ni geografiya mutaxassislik fani bo'yicha.
Lekin na taqdirlash marosimi, na diplom berildi.
Sizdan iltimos shu haqda ma'lumot bersangiz nizomga ko'ra respublika olimpiyadachilari uchun qanday imtiyozlar bor ya'ni mablag' jihatdan yoki magistraturaga 100 % ball mi
online olimpiyada nizomga to'g'ri kelmaydi deyilgan holda diplom berilmadi
nega unda darslar online o'tildiku
Tushunarsiz holat
Izoh kutib qolamiz
Oldindan rahmat
Assalomu alaykum. Yuridik klinika kòrsatuvi birorta tv kanalda kòrsatilsa bòlmaydimi? Xamma ham you tubegakirolmaydi
صالحة
Ramazon
Uzbekistan hududidagi OTMlarda uqishni ko'chirishda ham imtihon bulishi kk bumasa tanishing zur bulsa utasan bulmasa qolasan iltimos shu masalani kutarib chiqsangiz faqat tanishi borlar utishi kkmas
Ха шунака килиш кере шекилли. Ички переводлани жавобини 1,5 ойдан бири кутвоммиза. Нега жавоб чикмотти. Хичким бу хакда гапрмотти
Chori_Zokirovich
Assalomu alaykum.
Savolim shundan iborat.
Yaqinda Prizdentimiz Shavkat Mirziyoyev Talabalarga arzon internet trafiklari joriy etish tòģrisida kursatmalar bergandi.
Uz Mobi va Ucell kompaniyalaridan shu topshiriq buyicha suragandim bu ish tòģrisida hech qanday ishlar bulmayapti deyishdi.
Prizdent topshiriği shunchaki qolip ketaveradimi???
Shu savolga aniqlik kiritsangiz hursand bulardim. Zero onleni darslar uchun juda kup internet trafiklari ishlatishga majbur bulyapmiz.
Bilasiz Uzbekistonda internet juda qimmat.
Alimova Xurshida
assalomu alaykum Xushnudbek. savolim men bu yil magistraruraga topshirganman kvota boyicha 6 talaba qabul qilinar ekan. qoshimcha talabalar qabul qiladimi magistraturada xam. nechchi bal toplanishi kk kirish uchun
Assalomu alaykum hozirgi kunda talim tizimiga ajratilyotgan bujjet mablaglari haqida malumot bersangiz. Bu mablaglar adolatli taqsimlanyaptimi yoki yoq sizning fikringiz
Show next 96 comments