❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Malika
Вахобов Мaхмуджон
ikkala yo‘nalish ham yaxshi ku
Perevot qsa boladimi super tolab ariza tawaganma javobi chqmayapti endi chqadi ddide
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni savolim shundan iboratki men bu yil Samarqand davlat chet tillari institutiga filologiya va tillarni o'qitish:nemis tili fakultetiga 95,55 ball bilan kontrakt kirdim.Shu ball bilan Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyot universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishiga yetar ekan.O'sha universitetga perevod qila olamanmi? Bu yil? Yo bu yil bo'lmaydimi?O'zi perevod qilish qanday bo'ladi,imtihon bo'ladimi yo boshqacha amalga oshiriladimi?Shu haqida batafsil to'xtalib o'tsangiz. ILTIMOOOOOOS!🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏
Make a Wish
S.MAHAMADJONOV
Necha barobarligi aniq emasku hozir
Unverdan kontraktini so'rab xisoblang
Зохид
ICHKI PEREVODNI ARZONLASHTIRISH KK
Талипова Малика
Бугун яна магистратура мандати чикмидими?!
Assalomu alaykum Men SamDU Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2 kurs talabasiman savolim quyidagidan iborat .
men Sportchi bo'lganligim bois Kunduzgi taʼlim shaklidan Sirtqi taʼlim shakliga pervod qilish uchun ariza topshirdim (transfer.edu.uz )
Meni Pervodim rad etilishi ham mumkinmi ?
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Iyun oyida chiqargan PQ5157 qarorning kichik ,,д'' bandiga muvofiq bizlarni Arizalarimizga ko'ra Sirtqi taʼlim shakliga o'tkazilishi kerak , bizlarga OTM dan rad javobi berilmaydimi shu savolga izoh beringlar??? Oldindan kattakon Rahmat
Зокиржон Хамиджонов
♡♡♡♡♡HAYOTIM MAZMUNISAN QIZALOG'IM♡♡♡♡♡♡♡
Assalomu aleykum Xushnudbek aka shu chatni 6 chida o'tkazishni iloji yo'qmi
Qancha erta bolsa shuncha yaxshiku hamma bir biridan savol sorayvermaydi kop narsaga oydinlik kiritiladi hatya bi 1 kun oldin
Men o'qishga kirolmaganlar qatorida birinchi o'rinda turibman kantrakga tushganladan birortasi atmen bersa meni qabul qilishadimi yoki superga ariza yozaymi man hozir ariza yozsami keyin joy ochilib qolsa pulimga kuymaymanmi qancha vaqt ichida aniq bo'ladi Kim o'qish o'qimasligi . ILTIMOS QILIB AYTAMANKI SHU SAVOLIMGA ETIBOR QARATING . JAVOB U N OLDINDAN RAXMAT.
Assalom aleykum yaxwimisz...!!!
Mana endi uqish ga kirgan 1 kurslar qachon perevod olsa buladi tanlagan yunalishi buyicha bulsa pul tulanmaydimi....
Oldindan rahmat
Zarina Norova
Assalomu alaykum. Menda 2ta savol bor. 1-savolim perevod masalasida perevod uchun to'lanadigan summani qancha muddatda to'lash kerak? 2-savolim, taklifim desam ham bo'ladi, shu yil imtihondan yetarli ball to'play olmagan, deylik 30-40 ball yetmagan abituriyentlar kontraktning minimal miqdorining 3 yoki 4barobarini to'lab, o'zi tanlagan OTMga o'qishga kirishi mumkinmi? Agar shunday qilinsa, yana ko'pchilik abituriyetlarga talaba bo'lish imkoni berilar edi. Tibbiyot, yurisprudensiya kabi yo'nalishlarning super-kontrakt narxi juda balandligi sababli, abituriyentlar yana 1yil yo'qotishga majbur bo'lishyapti. Javoblar uchun oldindan rahmat, taklifimni ko'rib chiqishingizdan umidvorman, ko'pchilik yoshlar uchun bu juda keng imkoniyat bo'lishi mumkin.
Assalomu alaykum. Xorijdan perevodga bal yetmay qolsan super kontrakt to‘lasa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa qanchaligi haqida ma‘lumot bering.
Assalomu alekum. Ichki pervotda boshqa viloyatdan o‘zini yashayotgan viloyatiga pervot qilsa rad etilish sabablari ham kuzatiladimi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka!

1-savolim: men Qoraqalpoq davlat universitetiga yurisprudensiya fakultetiga oʻqishga kirdim. Keyingi yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) yoʻnalishiga oʻqishimni koʻchira olamanmi. Dadamning va mening doimiy yashash manzilimiz Toshkent shahrida.

2-savol: Qoraqalpoqni 4-yoʻnalish qilib belgilangan edim 3-yoʻnalishda Yuridikaga biznes huquqqa 2.1 ball yetmay qoldi shunda tabaqalashtirilgan kontraktda oʻqisam boʻladimi?
Javob uchun oldindan katta raxmat!
Shoafzal Shoobidov
Ассалому алайкум. Кушни давлатдан перевод килиш учун 3 бал етмади. Супер контрактга качон ариза ёзиш мумкин ва тардиби качон тасдикланади. Жавоб учун олдиндан рахмат
Assalomu alaykum, avvalo shunday suhbatlar o‘tkazayotganingiz uchun kattakon rahmat Xushnudbek aka. Savollarim, xorijiy davlatlardan o‘qishini ko'chirgan talabalar ayrim sabablarga ko'ra test jarayonlarida qatnashaolmagan bo‘lsa, ularga qayta topshirish imkoniyati beriladimi? Berilsa qachon va qay tartibda amalga oshiriladi? Oilaviy sharoitiga ko‘ra xorijdan o‘qishini o'z yurtiga ko'chirish niyatida bo‘lsayu lekin yetarli bal ololmadi deylik bu holda tabaqalashtrilgan ya'ni xalq tilida aytganda super to‘lab o‘qishini davom ettirish bu qanday adolat mezonlariga to‘gri keladi, yuqorida oilaviy sharoiti xorijda o'qishga to‘g‘ri kelmasligi boisdan ya'ni oilasida moliyaviy ahvol yomonligi uchun ko'chirayotgan bo‘lsayu talaba qayoqdan super to‘layolsin. Shu savollarimga aniq va tushunarli javob berishsa degan umiddaman.
Behruz
Assalomaleykum. Savolim quydagicha? 2020-2021 o'quv yili uchun(o'qishni ko'chirish) o'tish ballari 56.7 balni tashkil qilgan. 2021-2022 o'quv yili uchun meditsina va yuridik OTM ballari mos ravishta 100 va 105 qilib belgilandi. E'tiborli tomoni o'tish ballari juda kech e'lon qilindi. Bu bir qator muommolarni keltirib chiqardi.
1. O'qishni xorijdan O'zbekiston ga ko'chiradigan talabalar tayyorgarlik ko'rmadi(56.7 ball bo'lishiga ishonish oqibatida)
2.DTM tomonidan tuzilgan savollar kambinatsiyasi juda kam. Ko'pchilikka bir hil variant bir hil savol tushdi ( qisman o'zgargan savollar) bu qanchalik o'qishni ko'chirish imtihon larida (o'yin) bo'lishiga olib keladi?
3.Tibbiyot va yuridik sohalarda kadirlar kerakligini
4.Yilning 5/3 qismi karantin sababli darslar online ko'rinishda o'tganligi ( pandimiya asorati)
sababli meditsina va yuridik sohalarda o'tish ballarini tushirish va qo'shimcha kvota ajratish mumkunmi?
O'ylaymanki bu savol siz uchun qiziq va siz bunga e'tibor qaratasiz. Rahmat!!!
♡♡♡♡♡HAYOTIM MAZMUNISAN QIZALOG'IM♡♡♡♡♡♡♡
Зокиржон Хамиджонов
Qancha erta bolsa shuncha yaxshiku hamma bir biridan savol sorayvermaydi kop narsaga oydinlik kiritiladi hatya bi 1 kun oldin
Yuu 5 va 6 da chiqadiku ariza javoblari shunda 6 da bo'lgani ma'qul edi
Show next 100 comments