❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Mana endi uqish ga kirgan 1 kurslar qachon perevod olsa buladi tanlagan yunalishi buyicha bulsa pul tulanmaydimi....
Oldindan rahmat
1-savolim: men Qoraqalpoq davlat universitetiga yurisprudensiya fakultetiga oʻqishga kirdim. Keyingi yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) yoʻnalishiga oʻqishimni koʻchira olamanmi. Dadamning va mening doimiy yashash manzilimiz Toshkent shahrida.
2-savol: Qoraqalpoqni 4-yoʻnalish qilib belgilangan edim 3-yoʻnalishda Yuridikaga biznes huquqqa 2.1 ball yetmay qoldi shunda tabaqalashtirilgan kontraktda oʻqisam boʻladimi?
Javob uchun oldindan katta raxmat!
1. O'qishni xorijdan O'zbekiston ga ko'chiradigan talabalar tayyorgarlik ko'rmadi(56.7 ball bo'lishiga ishonish oqibatida)
2.DTM tomonidan tuzilgan savollar kambinatsiyasi juda kam. Ko'pchilikka bir hil variant bir hil savol tushdi ( qisman o'zgargan savollar) bu qanchalik o'qishni ko'chirish imtihon larida (o'yin) bo'lishiga olib keladi?
3.Tibbiyot va yuridik sohalarda kadirlar kerakligini
4.Yilning 5/3 qismi karantin sababli darslar online ko'rinishda o'tganligi ( pandimiya asorati)
sababli meditsina va yuridik sohalarda o'tish ballarini tushirish va qo'shimcha kvota ajratish mumkunmi?
O'ylaymanki bu savol siz uchun qiziq va siz bunga e'tibor qaratasiz. Rahmat!!!
Oldindan rahmat.