❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Xorijdan perevodga bal yetmay qolsan super kontrakt to‘lasa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa qanchaligi haqida ma‘lumot bering.
Assalomu alekum. Ichki pervotda boshqa viloyatdan o‘zini yashayotgan viloyatiga pervot qilsa rad etilish sabablari ham kuzatiladimi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka!

1-savolim: men Qoraqalpoq davlat universitetiga yurisprudensiya fakultetiga oʻqishga kirdim. Keyingi yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) yoʻnalishiga oʻqishimni koʻchira olamanmi. Dadamning va mening doimiy yashash manzilimiz Toshkent shahrida.

2-savol: Qoraqalpoqni 4-yoʻnalish qilib belgilangan edim 3-yoʻnalishda Yuridikaga biznes huquqqa 2.1 ball yetmay qoldi shunda tabaqalashtirilgan kontraktda oʻqisam boʻladimi?
Javob uchun oldindan katta raxmat!
Shoafzal Shoobidov
Ассалому алайкум. Кушни давлатдан перевод килиш учун 3 бал етмади. Супер контрактга качон ариза ёзиш мумкин ва тардиби качон тасдикланади. Жавоб учун олдиндан рахмат
Assalomu alaykum, avvalo shunday suhbatlar o‘tkazayotganingiz uchun kattakon rahmat Xushnudbek aka. Savollarim, xorijiy davlatlardan o‘qishini ko'chirgan talabalar ayrim sabablarga ko'ra test jarayonlarida qatnashaolmagan bo‘lsa, ularga qayta topshirish imkoniyati beriladimi? Berilsa qachon va qay tartibda amalga oshiriladi? Oilaviy sharoitiga ko‘ra xorijdan o‘qishini o'z yurtiga ko'chirish niyatida bo‘lsayu lekin yetarli bal ololmadi deylik bu holda tabaqalashtrilgan ya'ni xalq tilida aytganda super to‘lab o‘qishini davom ettirish bu qanday adolat mezonlariga to‘gri keladi, yuqorida oilaviy sharoiti xorijda o'qishga to‘g‘ri kelmasligi boisdan ya'ni oilasida moliyaviy ahvol yomonligi uchun ko'chirayotgan bo‘lsayu talaba qayoqdan super to‘layolsin. Shu savollarimga aniq va tushunarli javob berishsa degan umiddaman.
Behruz
Assalomaleykum. Savolim quydagicha? 2020-2021 o'quv yili uchun(o'qishni ko'chirish) o'tish ballari 56.7 balni tashkil qilgan. 2021-2022 o'quv yili uchun meditsina va yuridik OTM ballari mos ravishta 100 va 105 qilib belgilandi. E'tiborli tomoni o'tish ballari juda kech e'lon qilindi. Bu bir qator muommolarni keltirib chiqardi.
1. O'qishni xorijdan O'zbekiston ga ko'chiradigan talabalar tayyorgarlik ko'rmadi(56.7 ball bo'lishiga ishonish oqibatida)
2.DTM tomonidan tuzilgan savollar kambinatsiyasi juda kam. Ko'pchilikka bir hil variant bir hil savol tushdi ( qisman o'zgargan savollar) bu qanchalik o'qishni ko'chirish imtihon larida (o'yin) bo'lishiga olib keladi?
3.Tibbiyot va yuridik sohalarda kadirlar kerakligini
4.Yilning 5/3 qismi karantin sababli darslar online ko'rinishda o'tganligi ( pandimiya asorati)
sababli meditsina va yuridik sohalarda o'tish ballarini tushirish va qo'shimcha kvota ajratish mumkunmi?
O'ylaymanki bu savol siz uchun qiziq va siz bunga e'tibor qaratasiz. Rahmat!!!
♡♡♡♡♡HAYOTIM MAZMUNISAN QIZALOG'IM♡♡♡♡♡♡♡
Зокиржон Хамиджонов
Qancha erta bolsa shuncha yaxshiku hamma bir biridan savol sorayvermaydi kop narsaga oydinlik kiritiladi hatya bi 1 kun oldin
Yuu 5 va 6 da chiqadiku ariza javoblari shunda 6 da bo'lgani ma'qul edi
Dildora Rashidova
Ertaga faqat turdosh yunalishni javoblari chiqadimi, turdosh bulmagan yunalishlarni javobi qachon chiqadi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men 2 kurs sirtqi taʼlim shaklini tamomladim, universitetga kunduzgi taʼlim shakliga oʻtkazish uchun ariza topshirib qoʻyganman ijobiy Xal boʻladimi shu qonuniy tomonlama 3 kursni kundizgida davom ettirsak boʻladimi
Mening doimiy yashash joyim Farģona viloyati( Qoqon zonasi) Qoraqolpoģiston tibbiyot institutini 1kusrni tugatdim . Yashash hududimga yaqin bòlgan Andijon davlat intitutiga ariza yozdim turdosh yonalishga yani yònlashim òzgarmagan, arizam ijobiy qabul qilanadimi ? Joy tòlib qoldi degan rad etilgan sabab ham kelishi mumkinmi yoki ?
Assalomu alekum Hurmatli soha xodimlari ! Sizlarga bir iltimos bilan murojaat etmoqchiman. Men Sayfiyeva Safura Faxriddin qizi 2002-yil 9-yanvarda Qashqadaryo v.Qarshi sh.tug'ilganman.O'tgan o'quv yili davomida Qozog'iston davlati Taraz shahridagi Taraz Xalqaro Gumanitar Institutida Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishida o'qigan edim. Mana shu pervod davomida arizam ham qabul qilindi,to'lovlarni ham amalga oshirgandim. Lekn oilaviy vaziyatim tufayli imtihonga kira olmadim. Chunki DTM tomonidan belgilangan imtihon kunim 24-avgust kuni soat 17:00 da edi. Men esa xuddi shu kuni soat 11:40 larda Qarshi shahar perinetal tug'ruq markaziga bordim. Meni u yerda dardim kelgani sababli duxtir nazoratida olib qolishdi. Soat 20:50 da o'g'il farzandli bo'ldim. Shu tufayli davlat imtihonida qatnasha olmadim.Lekin qayta imtihon o'tkazilmaydi deyishmoqda. Nahot, Davlatimizga kerakli kelajakda askar bo'ladigan o'g'lon dunyoga keltiraman-u ,menga va menga o'xshagan talaba qizlarga Davlat tomonidan amaliy yordam berilmasa? Axir, jannat onalar oyog'i ostida-ku ! Men va mendek yosh bolali, yosh oilali talaba xotin-qizlar har bir viloyatimizda bor-ku. Prizdentimiz hozirda Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir ko'pgina qarorlar chiqazganlar. Qozog'iztonda o'qishimni davom ettiraman desam yosh bolam bilan borishga oilaviy imkoniyatim yo'q. Shuning uchun so'ramoqdamanki, DTM tomonidan qayta imtihon olinishini yoki olinmasa menga amaliy yordam berishlaringizni iltimos qilib so'rayman.
МUSLIMA
Assalamu alaykum 1 ci qurslarga òqiw 6- sentabrdanmi 13-sentabrdanmi yoki🤔
Durdon
Perevodga ariza yozgan talabaga birinchi perevod qilinyotgan universtitetidan yollanma berilishi kerak ekan osha yollanma faqat talabani oziga beriladimi.oila azosiga berilmaydimi
Azimova Malohat.
Ertaga ta'lim shaklini almawtirganlarni ham arziasini javobi ciqadimi? Javob uchun oldindan raxmat
Ассалому алейкум Хушнунбек ака ман Россияда Синергия университетини 1 курсини юриспенденция факултетини тамомладим.Узбекистонга Наманган Давлат университетини юриспенденция факултетига кучириш учун тест синовидан 63 бал тупладим.Манга укиш учун базовый контрактни 3 баробарини тулашлигим мумкинлигини айтишди.Ман шу суммани тулашим учун нима килишим керак .Олдиндан рахмат
Show next 100 comments