❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
$HAHZOD
Jamshid
Sirtqini sentabrda ham chaqirmaydimi Men 1 kursmanda
Etvopmanu szga srtqiniki noyabr yoki dekabrda bowlidi db
Magistratura qachon chiqarkan madat
Медни балини туширмасмикан
💫👑💫
Assalomu aleykum men 126 Bal oldim lekin bitta yónalishimning kantrakning oxiri 130,2 ekan. Men shunda 3 barovar tóliymanmi yoki qoldiq ham hisobga olinadimi men shunda super kantrakga qancha beraman. Men 2 qoldiq uchun shuncha katta sómma tólimanmi🤔
Супер контракт нархлариничи
sodiq
Assalomualaykum Hurmatli oliy talim vazirligi xar yili kantrakt summa, oshganligi aniq summasi sentyabr 15- 20 sentyabrga qolib ketadi marketing oldida minglab talabalar sarson bulishadi, shuni aniq avgustni 25 gacha belgilashni tashkillashtirsa vazirlik qilaoladimi. Yoki dtm elon qilganidek natijalarni sizlarxam chuzin turishni, yaxshi kurasizlarmi yoki bizga boğliq emas deb yopilib olasizlarmi. Moliya vazirligi biladi deb.
Qachon bizning vazirliklar shu ovaragarchiliklarni qisqartirishga yordam beradi. Savol berilsin Xushnudbek iltimos.
Переводни саволларини езинглар
Ассалому Алейкум Хушнудбек ака.
Мени саволим шундан иборатки мен хориждан Тошкент давлат юридик университетига укишимни кучириш учун ариза топширганман. Тест синовларида катнашиб афсуски етарли балл туплай олмадим. Туплаган валим лекин Олий ва урта махсус та'лим вазирлиги тассвруфидаги ОТМ ларга кучириш учун етарли. Мен вилоятларга укишимни кучира оламанми йоки йукми.... кучира олиш ехтимоли борми бу йил?
Жавоб учун олдиндан рахмат каттакон.
Assalomu alaykum men Farģonadan qizim Òzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga kunduzgi ta'limga topshirib 115.5 ball oldi. Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakultetiga. Shuni kechki ta'lim bali 113 bòlibdi. Shunga kechki ta'limga òtkazishni iloji bormi. Kontraktini tòlardim. Iltimos javobini kutaman.
Ассалом алайкум. Илтимос шу саволимга жавоб сураб беринг. Мен втлоятдаги давлат ОТМдан Камолиддин Бехзод номидаги МРДИга укишимни кучирмокчиман. Кундузгидан сирткига, турдош лекин йуналиш узгараяпти (Яъни Амалий санъатдан дизайнга). Узрли сабабим, турмуш уртогим Тошкент Давлат Иктисодиёт университетида 2-таълимда укийдилар. Бу ерда менинг мурожаатимга узрли сабаб деб каралиб, ортикча туловсиз кучириладими ёки шартномани неччидир барабарини тулаб беришим керакми?
💫👑💫
$HAHZOD
4 barobar tolasaiz kk adawmasam
Yog'e ancha kópga tushamanku 2qoldiq uchun shunchami
Assalomu aleykum Xushnudbek aka man ovozli chatdan qolib ketibman yozib olingani bolsa kanalizga joylang biz ham bilaylik òqishni kòchirish haqida oldindan raxmat
$HAHZOD
Xa qaysi yonaliw
Jamshid
O'qishga topshirgan sim kartam yo'qolib qolganda men bn qanday bog'lanishadi
Xushnudbek aka Men hozir boshlanğich talimga super kantrak tóliman desam ham kirgan óqishimda óqish majburiy ekan yani SamDAQIda u ham óqiman desam 1 yildan keyin perevot bólmarkan óz hududimga Gulduga turdosh yoq ekan endi nima qilay. óqimiman kòchirishni super kantragi kòp deb Dakumentlarimni chetga olib ketaymi.. iltimos pervodni nima qilay‼‼‼‼‼‼Javob uchun Rahmat oldindan
Assalomu alekum men Toshkent viloyatida yashayman Navoiy viloyatida oqiyman o'qishimni Toshkent shahriga Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universitetiga perevod qilish uchun ariza topshirganman arizam qabul qilingan lekin yaqinda 1ta xabarda Toshkent viloyatidagila shaharga qilolmaydi uzrli sababga kirmaydi tabaqalashtirilgan kontrakt tolanadi degan xabar o'qib qoldim nima uchun bu bizga oldinroq aytilmadi ogohlantirilish kerak edi viloyatda universitet institutlar yo'qku bu noto'g'ri deb hisoblayman Iltimos bizga amaliy yordam korsatilsin
Ш Е Р З О Д
Assalomu alekum Xushnudbek aka sizga bir masala bo'yich murojot qilayotuvdim mening farzandim 2015 yilda yanvar oyida tug'ulgan bu yil 2014 chi yilda tug'ulgan bolalarni maktabga qabul qilmayabdi men ham bormoqchi edim nima qilsam bo'ladi erp degan sayt qabul qilmayabdi deyabdi iltimos yordam bering
Super kontrakt narxlari qachon chiqadi kimdir biladimi
Show next 100 comments