❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Ro'zimboyev Jur'at
Salomalaykum Xushnud aka men bu yil urdu turizm yo'nalishiga grant asosida o'qishga qabul qilindim lekin yuridik universitetga kontrakba balim yetarli o'qishimni yuridik universitetga kontrakka bo'lsayam o'zgartirishni iloji bormi
Assalomu alaykum. Men Ósh davlat universitetidan óqishimni Toshkent davlat Yuridik universitetiga kôchirmoqchi bôldim. Lekin 84,8 ball yiğa oldim holos. Samarqand davlat universitetining yurisprudensiya yónalishiga ótish bali 66.1 bólibdi. Biz yoshlar boshqa davlatda qiynalmay ózimizning davlatda óqishimiz uchun bunday vaziyatda nima qilsak bóladi.
Diyora Rasulova
Assalomu alaykum men Buxoro davlat universetetidan Samarqand davlat chet tillari institutiga perevodga ariza bergan edim eshitishim bòyicha kunduzgi ta'limdagilar perevodda sirtq bo'lib ko'chayotgan ekan shu rostmi. Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz yunalishida òqiymam bizning yònalishning sirtqi turi mavjudmi
Feruza Aminova
sirtqiga o'qishga kirdim 1-semestrdan keyin kunduzgiga ko'chirsam bo'ladimi
✓✓✓
Ertag qaysi o'qishga boramiz javob chiqani yogku
Magistr mandat qachon chiqadi
Muzaffar
Assalomu aleykum ichki perevot javoblari qachon chiqishi haqida ham tõliqriq ma'lumot bersangiz
Diyorbek
Assalomu aleykum Xushnud aka men Qarshi davlat universitetining agrokimyo va agrotuproqshunoslik yoʻnalishida oʻqiyman.Men hozir oʻqishimni shu universitetining kimyo yoʻnalishiga perivod qilish uchun ariza topshirganman.Bitta universitetining oʻzida fakultetam bitta faqat yoʻnalish oʻzgaryapdi.Menam hozir super kontrakt toʻlasam perivod qila olamanmi.
Хушнудбек ака кул учизни сузинг бизага.Халк билан бирга булинг.Тиббийотни вилоятга 66.1 клиб беришсин утиш балини.Уткан йили 56.7 булгандику вилоятга.
Assalomu alaykum! Men 1- bosqich Qozog'iston Shimkent davlat universitetida yurisprudensiya fakultetidan SamDU yurisprudensiya fakultetiga chet eldan uqishimni kuchirishga ariza berib test sonovida 110 ball to'pladim kerakli ball 66.1 ball edi Toshkent YU da kerakli ball 101 ball edi ! Savolim men uqishimni Toshkent YU ga o'tkazmoqchiman shu uchun nima qilishim kerak?
Jo‘rayeva
Assalomu alaykum men 4 tasi boshlang‘ich 1 tasi Toshketga kutubxonachilikga topshirgandim boshlang‘ichga 2ball yetmadi lekin kutubxonachilikga kirib qolibman endi kutubxonachilikdan boshlang‘ichga pervot qilsam bo‘ladimi oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka 5-sentabrda 10:00 dan boshlab elon qilinadi degansz ammo unaqa bulmadi bu ta‘lim tizimiga nma bo‘lyabdi o‘zi shunaqa bir ochiqcha savol bering qani kechikganlaringni sababi nmada loqaydlikmi yoki kimnidur qarorini kutibmi ariza yozgan talabalar qaysi OTM ga borishni bilmay turibmiz iskisi yoki yangisi
Gulshoda Baxodirovna
Ertadan bizning darslar 8:30 dan boshlanar ekan arizamni javobi kelmasa usha o'qishimga borishim shartmi
Assalomu alaykum. Men Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filialida oʻqiyman. Oʻzim Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashayman.Toshkent viloyatida mening mos va turdosh yoʻnalishim yoʻqligi sababli Toshkent davlat Politexnika universitetiga mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishimni koʻchirish uchun ariza topshirdim. Arizam qabul qilindi. Arizamga ijobiy javob berilsayu koʻchirish uchun super kontrakt toʻlash kerak boʻlsa mening sharoitim bunga toʻgʻri kelmaydi. Uzrli sababi boʻlsayu oʻz hududida mos va turdosh yoʻnalish boʻlmasa oʻz hududidagi mazmunan yaqin yoʻnalishga koʻchirishga ruxsat berilishi aytib oʻtilgandi. Endi hozirgi vaziyatda ishchi komissiya oʻz hududimdagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga mazmunan yaqin yoʻnalishga oʻqishimni koʻchirishimga tavsiya beradimi? Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bering!
D.Faridjan
Assalomu aleykum "переводни" javobi qachon chiqadi
Фазлиддин
Хушнидбек ака ассалому алайкум 5.йўналишдан 1чис кантрак бўлиб қолган 4таси гранд асосида кирганман.грантда ўқсам бўладими? 1чи йўналишга 1бал етмай қолган кантракда ўқишга имконим йўқ. 2 йилдан буйон тайорланаман.қандай йўли ва имконияти бор грантлар ўқишмни.акс холда бу йил хам ўқий олмайман илтимос маслахат беринг?
Show next 100 comments