❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Хушнудбек ака кул учизни сузинг бизага.Халк билан бирга булинг.Тиббийотни вилоятга 66.1 клиб беришсин утиш балини.Уткан йили 56.7 булгандику вилоятга.
Assalomu alaykum! Men 1- bosqich Qozog'iston Shimkent davlat universitetida yurisprudensiya fakultetidan SamDU yurisprudensiya fakultetiga chet eldan uqishimni kuchirishga ariza berib test sonovida 110 ball to'pladim kerakli ball 66.1 ball edi Toshkent YU da kerakli ball 101 ball edi ! Savolim men uqishimni Toshkent YU ga o'tkazmoqchiman shu uchun nima qilishim kerak?
Jo‘rayeva
Assalomu alaykum men 4 tasi boshlang‘ich 1 tasi Toshketga kutubxonachilikga topshirgandim boshlang‘ichga 2ball yetmadi lekin kutubxonachilikga kirib qolibman endi kutubxonachilikdan boshlang‘ichga pervot qilsam bo‘ladimi oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka 5-sentabrda 10:00 dan boshlab elon qilinadi degansz ammo unaqa bulmadi bu ta‘lim tizimiga nma bo‘lyabdi o‘zi shunaqa bir ochiqcha savol bering qani kechikganlaringni sababi nmada loqaydlikmi yoki kimnidur qarorini kutibmi ariza yozgan talabalar qaysi OTM ga borishni bilmay turibmiz iskisi yoki yangisi
Gulshoda Baxodirovna
Ertadan bizning darslar 8:30 dan boshlanar ekan arizamni javobi kelmasa usha o'qishimga borishim shartmi
Assalomu alaykum. Men Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filialida oʻqiyman. Oʻzim Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashayman.Toshkent viloyatida mening mos va turdosh yoʻnalishim yoʻqligi sababli Toshkent davlat Politexnika universitetiga mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishimni koʻchirish uchun ariza topshirdim. Arizam qabul qilindi. Arizamga ijobiy javob berilsayu koʻchirish uchun super kontrakt toʻlash kerak boʻlsa mening sharoitim bunga toʻgʻri kelmaydi. Uzrli sababi boʻlsayu oʻz hududida mos va turdosh yoʻnalish boʻlmasa oʻz hududidagi mazmunan yaqin yoʻnalishga koʻchirishga ruxsat berilishi aytib oʻtilgandi. Endi hozirgi vaziyatda ishchi komissiya oʻz hududimdagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga mazmunan yaqin yoʻnalishga oʻqishimni koʻchirishimga tavsiya beradimi? Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bering!
D.Faridjan
Assalomu aleykum "переводни" javobi qachon chiqadi
Фазлиддин
Хушнидбек ака ассалому алайкум 5.йўналишдан 1чис кантрак бўлиб қолган 4таси гранд асосида кирганман.грантда ўқсам бўладими? 1чи йўналишга 1бал етмай қолган кантракда ўқишга имконим йўқ. 2 йилдан буйон тайорланаман.қандай йўли ва имконияти бор грантлар ўқишмни.акс холда бу йил хам ўқий олмайман илтимос маслахат беринг?
Assalom aleykum men sirtiqi yonalishda 3 kurs boldm boshqa instga perevod hozr qilsam kech qolmadimi va qanday perevod qlaman
D.Faridjan
Onlayn ariza topshirganlarni javoblari qay tarzada chiqadi
Assalomalekum man Qozog'istondan o"qishimni ko'chirimoqchi edim va imtixon topshirdim va shunda 92.1 bal tupladim utish bali esa 100 edi man shuning uchun super kontrakt qilmoqchi edim super kantraktning narxi qanday buladi men xam xudi abituriyentlarday pul tulaymanmi yoki maniki arzonroq buladimi axir bor yugi 7.9 bal yetmayptiku javob uchun oldindaan raxmat
❤Xonnazarova Dilfuza ❤
Assalomu aleykum men Jizzax davlat pedagogika institutini pedagogika va psixalogiya yonalishida sirtqi bolim 1kursni tugatdim. Yashash joyim sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetiga pisixalogiya amaliy psixalogiyaga ariza yozdim . Men tabaqalashtirilgan kontrak tolamaymanmi perevod uchun yonalishim ozgargani uchun.
Фазлиддин
Саволларни жавобни қандай оламиз.
Нодира Наврузовна
Ассалому алайкум Хушнудбек хорижий перевод баллари кайта куриб чикиладими. Шунга аник жавоб керак. Чунки биз кутиб утирибмиз кетмай имтиез борми.
Ahmedova Sarvinoz
Assalomu alaykum men ushdan uzbekistonga perevod qildim imtixondan 65.9bal oldim uqishga utdimmi bilolmayabman
Show next 100 comments