Prezidentimiz qarori bilan Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etilgan edi.
27-dekabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi IT maktab ochilishidagi uchrashuvda yurtboshimiz menga qarata
“Senga rahmat, seni ishga tavsiya qilganimda yurtimizda fan olimpiadalari harakatini vujudga keltirishingni kutgandim, sen buni uddalayapsan. Seni kuzatib yuribman, to’xtama! Menga qolsa har kuni olimpiada o’tkaz, shunda o’quvchilar ertaga olimpiada bo’lar ekan deb bugun kitob ochib o’qiydi, menga shu kerak!
degandilar. Shu bir yil davomida butun kuch-g’ayratimni olimpiadalarni ommalashtirishga, iqtidorli o’quvchilarni qo’llab quvvatlashga bag’ishladim. Meni qo’llab quvvatlagan ustozlarim, departament jamoasi a’zolari, shogirdlarim va albatta sizga minnatdorchilik bildiraman. Har doim sizdan kelgan takliflarni inobatga olib ishlaganman, bundan keyin ham aynan shu yo’ldam borishga harakat qilaman.
Quyidagi manbaalarda ish boshlaganim haqida xabar e’lon qilingan ekan:)
Assalomu alaykum Juda to'g'ri va ulug' ishni amalga oshirayapsiz Har kuni yangi, bir- biridan qiziqarli, antiqa savollar hattoki biz ustozlarni ham o'yga toldiradi. Kelgusida ijodingizga rivoj, baraka tilayman, sog'-omon bo'ling
Оллох омадингизни берсин.Жуда савобли ишни амалга оширяпсиз. Сиздек билимдонлар куп булсин. менинг укувчиларим, фарзандларим хам сиздек билимдон булсин. РАХМАТ сизга
Ashurova Muhabbat
Sardorbek juda yaxshi ishga qo'l urgansiz.Savollar juda qiziqarli,hattoki biz o'qituvchilar ham qiziqib har kuni savollaringizni kutamiz.O'quvchilarimiz ham sizdek iqtidorli bo'lishini xohlayman.Ishlaringizga omad,hech qachon to'xtamang,olg'a!!!
Assalomu alaykum! Farzandlarimizni bilim olishga undaydigan xayrli ishlaringiz uhun sizga katta raxmat! Ishlaringizga omad tilayman!
Muxammadali
Assalomu aleykum hurmatli Sardor Bazarbayev.Men Buxoro viloyati Ğijduvon tumani 3 sinf òquvchisi. Sizning kanalingizga endi qòshilganimga atigi 25 kunlarcha bòlib qoldi. Lekin bilimimiz oshirish uchun shuncha mehnat qilyapsiz. Sizdan minnatdorman.Ishingizga omad .Oilangizga salomatlik tilayman. Xuddi sizdek xalqqa kerakli inson bòlishni olloxdan sòrab qolaman.
Шахбоз
Farzandlarimizni el-yurt uchun xizmati tegadigan ,katta yutuqlarga erishadigan ,kelajagi porloq qilib tarbiyalashda xizmat qilayotganingiz uchun sizga katta minnatdorchilik bildiraman.Kelajakdagi ishlaringizda omad tilab qolaman va biz sizni qullab-quvvatlaymiz
Sardorbek mashaqattli ishning ohiri hayrli boladi Siz farzandlarimizni karantin davrida matematikaga qiziqishini ortirdingiz,bunday vaziyatda ularni foydali ishga undadingiz.Farsandlariz oquvchilarim sizni olimpiadalaringizni sabrsizlik bilan kutishib oz bilimlarini mustahkamlashdi.Sizga ona sifatida ustoz sifatida minnatdorchilik bildiraman.Kelgusi ishlarizga omad tilayman
Òģlim, men sizga duolar qilaman.Chunki, farzandlarim va òzim shuningdek, òquvchilarim sizning kanalingiz va ilimpiadalringiz shaydosi. Alloh hamisha yor bòlsin. Farzandlarimiz sizday matematik bòlsin.
Dilnoz
Ishlaringizga omad. Sizdek bo'lishga harakat qilmoqda farzandlarim. Katta raxmat.
Салом Сардорбек! Энг аввало президентимиз сизни танлаб адашмаган эканлар. Сизнинг самарали мехнатларингиз туфайли узини факат мактабдаги "энг зур укувчиман" деб уйлаган укувчилар туман, вилоят хаттоки республика микёсида уз тенгдошлари билан беллашиш имкониятига эга булди. Ундан ташкари укувчилар дарсликдек аталмиш тор доирадан чикиб кичик олимпиада масалаларни ечишни бошлашди. Улар бу билан узларининг янада куп изланишлари лозимлиги ва бетакрор математиканинг канчалик серкирра эканлигига амин булишди. Биз фарзандларимизни сизга ишонамиз! Сизга бутун Узбекистон ишонади! ОМАД! 👏👏👏
Farzandlarim sizga o'xshab el nazariga tushgan inson bo'lishini xohlayman.
РАХМАТ сизга
Ал-Фароб авлодидан,
Асли насли балки узлук
Балки тархон узбегим