01.06.2019 πŸ—“

1 yil oldin aynan shu kuni Prezidentimiz takliflari bilan Xalq ta’limi vazirligida faoliyatimni boshlagan edim.

Prezidentimiz qarori bilan Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etilgan edi.

27-dekabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi IT maktab ochilishidagi uchrashuvda yurtboshimiz menga qarata

β€œSenga rahmat, seni ishga tavsiya qilganimda yurtimizda fan olimpiadalari harakatini vujudga keltirishingni kutgandim, sen buni uddalayapsan. Seni kuzatib yuribman, to’xtama! Menga qolsa har kuni olimpiada o’tkaz, shunda o’quvchilar ertaga olimpiada bo’lar ekan deb bugun kitob ochib o’qiydi, menga shu kerak!

degandilar. Shu bir yil davomida butun kuch-g’ayratimni olimpiadalarni ommalashtirishga, iqtidorli o’quvchilarni qo’llab quvvatlashga bag’ishladim. Meni qo’llab quvvatlagan ustozlarim, departament jamoasi a’zolari, shogirdlarim va albatta sizga minnatdorchilik bildiraman. Har doim sizdan kelgan takliflarni inobatga olib ishlaganman, bundan keyin ham aynan shu yo’ldam borishga harakat qilaman.

Quyidagi manbaalarda ish boshlaganim haqida xabar e’lon qilingan ekan:)

πŸ‘‰ https://minbar.uz/uz/dm5
πŸ‘‰ https://kun.uz/uz/77010528
πŸ‘‰ https://olympiad.uzedu.uz/Site/Event?id=6
πŸ‘‰ http://xs.uz/uz/post/prezident-kobalt-sovga-qilgan-talaba-vazirlikda-ish-boshladi
πŸ‘‰ https://www.uzedu.uz/uz/yangilik-30-8-208-38
πŸ‘‰ http://marifat.uz/marifat/ruknlar/yoshlar/3105.htm
πŸ‘‰ https://aniq.uz/yangiliklar/prezident-kobalt-sovga-qilgan-talaba-vazirlikda-ish-boshladi
πŸ‘‰ https://everyday.uz/society/1319-news.html
πŸ‘‰ https://manzur.uz/?p=2107

56 comments

Show 39 more comments
Kadirova Muazzamxon
ΠžΠ»Π»ΠΎΡ… ΠΎΠΌΠ°Π΄ΠΈΠ½Π³ΠΈΠ·Π½ΠΈ бСрсин.Π–ΡƒΠ΄Π° савобли ишни Π°ΠΌΠ°Π»Π³Π° ΠΎΡˆΠΈΡ€ΡΠΏΡΠΈΠ·. Π‘ΠΈΠ·Π΄Π΅ΠΊ Π±ΠΈΠ»ΠΈΠΌΠ΄ΠΎΠ½Π»Π°Ρ€ ΠΊΡƒΠΏ булсин. ΠΌΠ΅Π½ΠΈΠ½Π³ ΡƒΠΊΡƒΠ²Ρ‡ΠΈΠ»Π°Ρ€ΠΈΠΌ, Ρ„Π°Ρ€Π·Π°Π½Π΄Π»Π°Ρ€ΠΈΠΌ Ρ…Π°ΠΌ сиздСк Π±ΠΈΠ»ΠΈΠΌΠ΄ΠΎΠ½ булсин.
РАΠ₯МАВ сизга
Ashurova Muhabbat
Sardorbek juda yaxshi ishga qo'l urgansiz.Savollar juda qiziqarli,hattoki biz o'qituvchilar ham qiziqib har kuni savollaringizni kutamiz.O'quvchilarimiz ham sizdek iqtidorli bo'lishini xohlayman.Ishlaringizga omad,hech qachon to'xtamang,olg'a!!!
Assalomu alaykum! Farzandlarimizni bilim olishga undaydigan xayrli ishlaringiz uhun sizga katta raxmat! Ishlaringizga omad tilayman!
Muxammadali
Assalomu aleykum hurmatli Sardor Bazarbayev.Men Buxoro viloyati Ğijduvon tumani 3 sinf òquvchisi. Sizning kanalingizga endi qòshilganimga atigi 25 kunlarcha bòlib qoldi. Lekin bilimimiz oshirish uchun shuncha mehnat qilyapsiz. Sizdan minnatdorman.Ishingizga omad .Oilangizga salomatlik tilayman. Xuddi sizdek xalqqa kerakli inson bòlishni olloxdan sòrab qolaman.
Π¨Π°Ρ…Π±ΠΎΠ·
Farzandlarimizni el-yurt uchun xizmati tegadigan ,katta yutuqlarga erishadigan ,kelajagi porloq qilib tarbiyalashda xizmat qilayotganingiz uchun sizga katta minnatdorchilik bildiraman.Kelajakdagi ishlaringizda omad tilab qolaman va biz sizni qullab-quvvatlaymiz
Omad sizga sizdek bo'lish bizga ham nasib qilsin
Sarvinoz
Sardorbek mashaqattli ishning ohiri hayrli boladi Siz farzandlarimizni karantin davrida matematikaga qiziqishini ortirdingiz,bunday vaziyatda ularni foydali ishga undadingiz.Farsandlariz oquvchilarim sizni olimpiadalaringizni sabrsizlik bilan kutishib oz bilimlarini mustahkamlashdi.Sizga ona sifatida ustoz sifatida minnatdorchilik bildiraman.Kelgusi ishlarizga omad tilayman
Γ’Δ£lim, men sizga duolar qilaman.Chunki, farzandlarim va Γ²zim shuningdek, Γ²quvchilarim sizning kanalingiz va ilimpiadalringiz shaydosi. Alloh hamisha yor bΓ²lsin. Farzandlarimiz sizday matematik bΓ²lsin.
Dilnoz
Ishlaringizga omad. Sizdek bo'lishga harakat qilmoqda farzandlarim. Katta raxmat.
Ал-Π‘Π΅Ρ€ΡƒΠ½ΠΈΠΉ, Ал- Π₯ΠΎΡ€Π°Π·ΠΌΠΈΠΉ,
Ал-Π€Π°Ρ€ΠΎΠ± Π°Π²Π»ΠΎΠ΄ΠΈΠ΄Π°Π½,
Асли насли Π±Π°Π»ΠΊΠΈ ΡƒΠ·Π»ΡƒΠΊ
Π‘Π°Π»ΠΊΠΈ Ρ‚Π°Ρ€Ρ…ΠΎΠ½ ΡƒΠ·Π±Π΅Π³ΠΈΠΌ
Π‘Π°Π»ΠΎΠΌ Π‘Π°Ρ€Π΄ΠΎΡ€Π±Π΅ΠΊ! Π­Π½Π³ Π°Π²Π²Π°Π»ΠΎ ΠΏΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚ΠΈΠΌΠΈΠ· сизни Ρ‚Π°Π½Π»Π°Π± адашмаган эканлар. Π‘ΠΈΠ·Π½ΠΈΠ½Π³ самарали ΠΌΠ΅Ρ…Π½Π°Ρ‚Π»Π°Ρ€ΠΈΠ½Π³ΠΈΠ· Ρ‚ΡƒΡ„Π°ΠΉΠ»ΠΈ ΡƒΠ·ΠΈΠ½ΠΈ Ρ„Π°ΠΊΠ°Ρ‚ ΠΌΠ°ΠΊΡ‚Π°Π±Π΄Π°Π³ΠΈ "энг Π·ΡƒΡ€ ΡƒΠΊΡƒΠ²Ρ‡ΠΈΠΌΠ°Π½" Π΄Π΅Π± ΡƒΠΉΠ»Π°Π³Π°Π½ ΡƒΠΊΡƒΠ²Ρ‡ΠΈΠ»Π°Ρ€ Ρ‚ΡƒΠΌΠ°Π½, вилоят Ρ…Π°Ρ‚Ρ‚ΠΎΠΊΠΈ рСспублика микёсида ΡƒΠ· Ρ‚Π΅Π½Π³Π΄ΠΎΡˆΠ»Π°Ρ€ΠΈ Π±ΠΈΠ»Π°Π½ бСллашиш имкониятига эга Π±ΡƒΠ»Π΄ΠΈ. Π£Π½Π΄Π°Π½ Ρ‚Π°ΡˆΠΊΠ°Ρ€ΠΈ ΡƒΠΊΡƒΠ²Ρ‡ΠΈΠ»Π°Ρ€ дарсликдСк Π°Ρ‚Π°Π»ΠΌΠΈΡˆ Ρ‚ΠΎΡ€ Π΄ΠΎΠΈΡ€Π°Π΄Π°Π½ Ρ‡ΠΈΠΊΠΈΠ± ΠΊΠΈΡ‡ΠΈΠΊ ΠΎΠ»ΠΈΠΌΠΏΠΈΠ°Π΄Π° масалаларни Π΅Ρ‡ΠΈΡˆΠ½ΠΈ бошлашди. Π£Π»Π°Ρ€ Π±Ρƒ Π±ΠΈΠ»Π°Π½ ΡƒΠ·Π»Π°Ρ€ΠΈΠ½ΠΈΠ½Π³ янада ΠΊΡƒΠΏ ΠΈΠ·Π»Π°Π½ΠΈΡˆΠ»Π°Ρ€ΠΈ Π»ΠΎΠ·ΠΈΠΌΠ»ΠΈΠ³ΠΈ Π²Π° Π±Π΅Ρ‚Π°ΠΊΡ€ΠΎΡ€ ΠΌΠ°Ρ‚Π΅ΠΌΠ°Ρ‚ΠΈΠΊΠ°Π½ΠΈΠ½Π³ ΠΊΠ°Π½Ρ‡Π°Π»ΠΈΠΊ сСркирра эканлигига Π°ΠΌΠΈΠ½ Π±ΡƒΠ»ΠΈΡˆΠ΄ΠΈ. Π‘ΠΈΠ· Ρ„Π°Ρ€Π·Π°Π½Π΄Π»Π°Ρ€ΠΈΠΌΠΈΠ·Π½ΠΈ сизга ишонамиз! Π‘ΠΈΠ·Π³Π° Π±ΡƒΡ‚ΡƒΠ½ УзбСкистон ишонади! ΠžΠœΠΠ”! πŸ‘πŸ‘πŸ‘
ToΚ»lqinbek
Π‘Π°Ρ€Π΄ΠΎΡ€Π±Π΅ΠΊ, сиз Π°ΠΌΠ°Π»Π³Π° ΠΎΡˆΠΈΡ€Π°Ρ‘Ρ‚Π³Π°Π½ ΠΈΡˆΠ»Π°Ρ€ тахсинга сазовор. Π˜ΡˆΠ»Π°Ρ€ΠΈΠ½Π³ΠΈΠ·Π³Π° Ρ€ΠΈΠ²ΠΎΠΆ Ρ‚ΠΈΠ»Π°Π³Π°Π½ Ρ…ΠΎΠ»Π΄Π° ΠΎΠ·Π³ΠΈΠ½Π° Ρ‚Π°ΠΊΠΎΠΈΡ„ΠΈΠΌ Π±ΠΎΡ€ эди. ΠœΠ°ΠΊΡ‚Π° Π±Π°Π»Ρ€Π΄Π° ΡƒΡ‚ΠΊΠ°Π·ΠΈΠ»Π°Ρ‘Ρ‚Π³Π°Π½ Ρ…Π°Ρ€ Π‘ΠΈΡ€ Ρ„Π°Π½ олимпиадасини Ρ‚ΡƒΠΌΠ°Π½, ΡˆΠ°Ρ…Π°Ρ€ Π²Π° вилоят боскичларини Π°Π΄ΠΎΠ»Π°Ρ‚Π»ΠΈ Π°ΠΌΠ°Π»Π³Π° ΠΎΡˆΠΈΡ€ΠΈΡˆ ΡƒΡ‡ΡƒΠ½ ΠΎΠ»ΠΈΠΌΠΏΠΈΠ°Π΄Π° ΠΆΠ°Ρ€Π°Ρ‘Π½ΠΈΠ½ΠΈ Π²Π° ΡƒΠ½ΠΈ Ρ‚Π΅ΠΊΡˆΠΈΡ€ΠΈΡˆ ΠΆΠ°Ρ€Π°Ρ‘Π½ΠΈΠ½ΠΈ Π²ΠΈΠ΄Π΅ΠΎΠΊΠ°ΠΌΠ΅Ρ€Π°Π³Π° Ρ‘Π·ΠΈΠ± Π±ΠΎΡ€ΠΈΡˆ ΠΊΠ΅Ρ€Π°ΠΊ. Ёки ΠΎΠ»ΠΈΠΌΠΏΠΈΠ°Π΄Π°Π΄Π° ΠΈΡˆΡ‚ΠΈΡ€ΠΎΠΊ этаётган ΡƒΠΊΡƒΠ²Ρ‡ΠΈΠ»Π°Ρ€, Π½Π°Π·ΠΎΡ€Π°Ρ‚Ρ‡ΠΈΠ»Π°Ρ€ Π²Π° Ρ‚Π΅ΠΊΡˆΠΈΡ€ΡƒΠ²Ρ‡ΠΈΠ»Π°Ρ€Π½ΠΈ Π±ΠΎΠ΄ΠΈ ΠΊΠ°ΠΌΠ΅Ρ€Π° Π‘ΠΈΠ»Π°Π½ Ρ‚Π°ΡŠΠΌΠΈΠ½Π»Π°Ρˆ ΠΊΠ΅Ρ€Π°ΠΊ. Π¨ΡƒΠ½Π΄Π° Π°Π΄ΠΎΠ»Π°Ρ‚Π½ΠΈ ΡƒΡ€Π½Π°Ρ‚ΠΈΡˆΠ³Π° ΡΡ€Ρ‚ΡˆΠΈΠ»Π³Π°Π½ Π±ΡƒΠ»Π°Ρ€ΠΌΠΈΠ΄ΠΈ. Π‘Ρƒ Ρ…Π°ΠΌ Π±ΠΈΡ‚Ρ‚Π° Ρ‚Π°ΠΊΠ»ΠΈΡ„...
Assalom aleykum juda ajoyib taklifβœ… Albatta amaliyotga tadbiq etishga harakat qilamiz, rahmat!
Assalom aleykum azizlar! Barcha iliq fikrlar uchun boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman. Bu gaplar yanada katta quvvat olib ishlashimizga za’min yaratadi! Farzandlaringiz va umuman kim havas qilgan bo’lsa, bizdanda katta yutuqlarga erishishsin. Oilangizga sog’lik va baxt tilayman! Rahmat!
Shodiyorbek Ne'matov
Ассалому Π°Π»Π°ΠΉΠΊΡƒΠΌ, ΠΌΠ΅Π½ΠΈΠ½Π³ Ρ…Π°ΠΌ Ρ„Π°Ρ€Π·Π°Π½Π΄ΠΈΠΌ ΠΊΠ΅Π»Π°ΠΆΠ°Π³ΠΈ ΠΏΠΎΡ€Π»ΠΎΠΊ булсин.ΠšΠ°Π½Π°Π»ΠΈΠ»Π°Ρ€Π³Π° ΠΎΠΌΠ°Π΄.