⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Nigora Muhammadjonovna
Turgʻunboyeva Mohidil
Talabaga berilatte kontrakta talaba oʻqiydiku .☺️ota-onasi vakil boʻlishi mumkin
Ha rahmat.Men talabaning ota onasi nomiga talaba uchun beriladi debman.Chunki oʻtgan yili ham bermagan edi
Нигора Рустамовна
Ассалому алайкум .Ўғлим ЁДЖУ га институтга кирганди.Банкка талаба кридити сўраб боргандик.Халқарога институтга берилмайди дейишды
Нигора Рустамовна
Аниқлик киритиб беринг
Я.Ш.М
Кантракт ошмасин энг яшхиси шу
Kambarova
Assalomu aleykum Xushnudbek aka, iltimos sirtqi ta'lim, kechki ta'limga ta'lim krediti beriladimi, iltimos shu haqida ham ozgina ma'lumot berib yuboring .
Bunyod
Assalomu aleykum Hushnudbek aka ta'lim kreditini super kontarkni to'lash uchun ham olsa buladimi. MAn bu yil uqishga topshrgandm 61.95 bal yig'ipman ekeltr energetikasi yo'nalishiga agar kontraktga ilinmasam super kontrakt qmoqci edim. Javobiz uchun oldindan raxmat
Maxliyo
Sirtqilarga yoqmi yana faqat kunduzgilargami nega sirtqilarga yoq. Ishga xam sirtiqlardi olishi qiyin. Olsa xam tarif qilinmedi.Ozi nima maqsada ochilgan sirtqilar. Sirtqilarga xech qanaqa imkonyat yoq
Super kontrakt uchun ham berilsami
Nigora Muhammadjonovna
Talaba krediti necha million boʻlishi mumkin.Stipendiyali va stipendiyasiz boʻladimi
Stipendiyasiz kontraktgamikan faqat 6mln
Stipemdiyali ham olsa bo'larmikan 11mln
3 shaxs kafilligi xaqida tushunchalar bersangiz oldindan raxmat
Assalomu aleykum. Rasmiy òqish muddati tugagandan sòng 7 oydan keyin tolanadi deyaptiku, usha mana shu yil kursni tamomlaganimizdan keyngi 7 oydan keyinmi yoki umuman 4-kursni tamomlaganimzdan keyngi 7oydan keyinmi?
Ta'lim krediti haqida ovozli chat tashkil qilinglar
Magistrlarga xam beriladimi
Princessa
Kechki talimga ham bormi kredit bu haqida batafsil maʼlumot berib ketinglar iltimos
Ovozli chat qilsangiz yaxshiroq tushunar edik
ODINABUNU
Iltimos ta'lim yonalishi ustuvorligi qanday bilsa bdi? Agar 3chi Yoko 4chi OTMga kirgan bolsa, birinchi Otmda supper kontrakt tolab o'qisa bdimi?
Assalomu alaykum. Kechki Ta'limga ham sal e'tiborli bo'lishini so'rab qolardim. Nega kechkilarga ajratilmayabdi. Kerak bo'lsa kunduzgilardan bilimi kuchli qizlar bolla bor.
Shu masalani ham ko'taring Hushnud aka iltmos. Iltmos. Iltmos. Javobizni albatta kutaman.
Show next 100 comments