⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Bunyod
Assalomu aleykum Hushnudbek aka ta'lim kreditini super kontarkni to'lash uchun ham olsa buladimi. MAn bu yil uqishga topshrgandm 61.95 bal yig'ipman ekeltr energetikasi yo'nalishiga agar kontraktga ilinmasam super kontrakt qmoqci edim. Javobiz uchun oldindan raxmat
Maxliyo
Sirtqilarga yoqmi yana faqat kunduzgilargami nega sirtqilarga yoq. Ishga xam sirtiqlardi olishi qiyin. Olsa xam tarif qilinmedi.Ozi nima maqsada ochilgan sirtqilar. Sirtqilarga xech qanaqa imkonyat yoq
Super kontrakt uchun ham berilsami
Nigora Muhammadjonovna
Talaba krediti necha million boʻlishi mumkin.Stipendiyali va stipendiyasiz boʻladimi
Stipendiyasiz kontraktgamikan faqat 6mln
Stipemdiyali ham olsa bo'larmikan 11mln
3 shaxs kafilligi xaqida tushunchalar bersangiz oldindan raxmat
Assalomu aleykum. Rasmiy òqish muddati tugagandan sòng 7 oydan keyin tolanadi deyaptiku, usha mana shu yil kursni tamomlaganimizdan keyngi 7 oydan keyinmi yoki umuman 4-kursni tamomlaganimzdan keyngi 7oydan keyinmi?
Ta'lim krediti haqida ovozli chat tashkil qilinglar
Magistrlarga xam beriladimi
Princessa
Kechki talimga ham bormi kredit bu haqida batafsil maʼlumot berib ketinglar iltimos
Ovozli chat qilsangiz yaxshiroq tushunar edik
ODINABUNU
Iltimos ta'lim yonalishi ustuvorligi qanday bilsa bdi? Agar 3chi Yoko 4chi OTMga kirgan bolsa, birinchi Otmda supper kontrakt tolab o'qisa bdimi?
Assalomu alaykum. Kechki Ta'limga ham sal e'tiborli bo'lishini so'rab qolardim. Nega kechkilarga ajratilmayabdi. Kerak bo'lsa kunduzgilardan bilimi kuchli qizlar bolla bor.
Shu masalani ham ko'taring Hushnud aka iltmos. Iltmos. Iltmos. Javobizni albatta kutaman.
Fazliddin Tursoatov
Stipendiyasiz kontraktgamikan faqat 6mln Stipemdiyali ham olsa bo'larmikan 11mln
Sitipendiyali olishni foydasi yoʻq nega aynan 6 mln dediz kreditni oʻqish turiga qarab ya'ni ( kontragiz qancha boʻlsa oʻshancha berilatte)
Ассалому алейкум. Таълим кредитини олиш шартлари канака , кафел, гаров керакми. Илтимос имкон кадар тушунча берсайиз. Беминнат ёрдамингиз учун ташаккур.
Sirtqida oqiyman talab krediti olsam bòladimi
Ozoda Ashuraliyeva
Shunda 4 yil davomida kantirakt to‘lanmaydimi shu 4 yil davomida kredit ham to‘lanmaydiya
Show next 100 comments