Ba’zi saytimiz a’zolari saytdagi kichik xatolikdan foydalanib kelishyotganligi aniqlandi!
Plastik raqamda yetarli mablagʻ bo’lmasa ham shu karta raqami orqali toʻlash bosilsa sayt hisobda pulni paydo qilar ekan. Bu holatni shu vaqtga qadar bilmagan ekanmiz, bugun vijdoni va ollohni tanigan a’zolarimizdan biri bu xato haqida xabar berdi, olloh ulardan rozi boʻlsin.
Bu xatolik ertagayoq tuzatiladi, shunday usulda toʻlaganlar hisobidan ayiriladi (minus balansga tushib qolishi ham mumkin), agar insof boʻlsa qarzlarini toʻlashadi. Aks holda odil hakam, olloh hech kimning haqini boshqada qoldirmaydi.
Shu oʻrinda siz azizlarga bitta narsani tushunishlaringizni xohlardik. Ushbu sayt ortida 50 dan ortiq inson mehnat qiladi. Saytda olimpiadalar narxi 5000 soʻmdan belgilanganidan ham bilishingiz mumkinki, maqsad pul topish emas, balki yoshlar uchun foydali tizim oʻz-oʻzini ta’minlashiga erishish. Hozirgi kunda shu internetga kirish uchun ham “mb” sotib olasizku. Hech bir tizim moddiy mablagʻsiz uzoqqa bormaydi. Shu jamoa karantin davrida 5 oy ichida 500 ga yaqin bepul olimpiada oʻtkazishdi. Bilib yoki bilmay yuqoridagi ishni qilganlarga ollohdan insof soʻraymiz.
P.S: Bizda ushbu insonlarning ism-familiya, viloyat, tuman, maktab, telefon raqamlari bor. Qonuniy harakat qilishimiz mumkin, lekin ulardan insof kutamiz.
Onasi bilan gaplashdik, bu ish toʻgʻri emasligini tushundilar, qaytaramiz deyishdi.
Lekin bosga 3.000 dan ortiq shunaqa holat roʻy bergan, 5000-6000 soʻmdan tortib 100-200 minglab shunday usulda toʻlangan.