Jiddiy murojaat!

Ba’zi saytimiz a’zolari saytdagi kichik xatolikdan foydalanib kelishyotganligi aniqlandi!

Plastik raqamda yetarli mablagʻ bo’lmasa ham shu karta raqami orqali toʻlash bosilsa sayt hisobda pulni paydo qilar ekan. Bu holatni shu vaqtga qadar bilmagan ekanmiz, bugun vijdoni va ollohni tanigan a’zolarimizdan biri bu xato haqida xabar berdi, olloh ulardan rozi boʻlsin.

Bu xatolik ertagayoq tuzatiladi, shunday usulda toʻlaganlar hisobidan ayiriladi (minus balansga tushib qolishi ham mumkin), agar insof boʻlsa qarzlarini toʻlashadi. Aks holda odil hakam, olloh hech kimning haqini boshqada qoldirmaydi.

Shu oʻrinda siz azizlarga bitta narsani tushunishlaringizni xohlardik. Ushbu sayt ortida 50 dan ortiq inson mehnat qiladi. Saytda olimpiadalar narxi 5000 soʻmdan belgilanganidan ham bilishingiz mumkinki, maqsad pul topish emas, balki yoshlar uchun foydali tizim oʻz-oʻzini ta’minlashiga erishish. Hozirgi kunda shu internetga kirish uchun ham “mb” sotib olasizku. Hech bir tizim moddiy mablagʻsiz uzoqqa bormaydi. Shu jamoa karantin davrida 5 oy ichida 500 ga yaqin bepul olimpiada oʻtkazishdi. Bilib yoki bilmay yuqoridagi ishni qilganlarga ollohdan insof soʻraymiz.

P.S: Bizda ushbu insonlarning ism-familiya, viloyat, tuman, maktab, telefon raqamlari bor. Qonuniy harakat qilishimiz mumkin, lekin ulardan insof kutamiz.

28 comments

Jumaniyazova Malika Mirzayevna
Omad
Jumaniyazova Malika Mirzayevna
Bularni Allah jazolasin
Урманова
Хафа болмен шундай инсонлар хам бор. Инсоф берсин
Quchqarova Zilola
Инсофини еган инсонлар екан очикчасига айтиш керак кимлигини виждонсизлар килади бу ишни
KHISO shuncha ish qildi, ammo, uni qilgan odamni jazosiz qoldirmanglar!!!
Xafiza
Insofsizlar ollohdan qo'rqishmaydi xudo jazosini bersin
Quchqarova Zilola
KHISO жамосини мехнатини кадрлаган инсонлар бу ишни килмайди буюрмайди тешиб чикади пулни тулаб узр сурашсин
Quchqarova Zilola, siz qaysi viloyat va qaysi tumandansiz.
Behruzbek Xamdam o'g'li
Salom ishlaringizga Omad.insobsizlarni aytib uyaltiringlar.
Behruzbek Xamdam o'g'li
Soğ salomat bõlinglar
Madina Qosimova
Salom ishlaringizda omad, saytni tashkil etgan, hkiso jamoasiga katta rahmat, insofsizlarni jozolanglar
👨‍👩‍👧‍👧
Ким эканини исм фамилия сини очик айтган яхши эди.хозирга кадар утган хамма олимпиядага катнашган булса керак.шунча маблагни ишлатганга кура.Манимча билиб килган Оллох инсоф берсин бунака инсонларга.
👨‍👩‍👧‍👧
Ким эканини исм фамилия сини очик айтган яхши эди.хозирга кадар утган хамма олимпиядага катнашган булса керак.шунча маблагни ишлатганга кура.Манимча билиб килган Оллох инсоф берсин бунака инсонларга.
Hammasini ishlatmagan, eng soʻnggi marta 16.000.000 tashlagan, 15.827.000 soʻm bor hozirgi balansida.

Onasi bilan gaplashdik, bu ish toʻgʻri emasligini tushundilar, qaytaramiz deyishdi.


Lekin bosga 3.000 dan ortiq shunaqa holat roʻy bergan, 5000-6000 soʻmdan tortib 100-200 minglab shunday usulda toʻlangan.
Bu bugunni oʻzida shunday holatlar.
👨‍👩‍👧‍👧
Улар балансини шунака йук пул билан тулдириб юрган эканда.
Yaxshiyam aniqlabsizlar! Sizlarni mehnatingizni doimiy qadrlaymiz. Sog‘-salomat bo‘linglar.
Show next 11 comments