Ba’zi saytimiz a’zolari saytdagi kichik xatolikdan foydalanib kelishyotganligi aniqlandi!
Plastik raqamda yetarli mablagʻ bo’lmasa ham shu karta raqami orqali toʻlash bosilsa sayt hisobda pulni paydo qilar ekan. Bu holatni shu vaqtga qadar bilmagan ekanmiz, bugun vijdoni va ollohni tanigan a’zolarimizdan biri bu xato haqida xabar berdi, olloh ulardan rozi boʻlsin.
Bu xatolik ertagayoq tuzatiladi, shunday usulda toʻlaganlar hisobidan ayiriladi (minus balansga tushib qolishi ham mumkin), agar insof boʻlsa qarzlarini toʻlashadi. Aks holda odil hakam, olloh hech kimning haqini boshqada qoldirmaydi.
Shu oʻrinda siz azizlarga bitta narsani tushunishlaringizni xohlardik. Ushbu sayt ortida 50 dan ortiq inson mehnat qiladi. Saytda olimpiadalar narxi 5000 soʻmdan belgilanganidan ham bilishingiz mumkinki, maqsad pul topish emas, balki yoshlar uchun foydali tizim oʻz-oʻzini ta’minlashiga erishish. Hozirgi kunda shu internetga kirish uchun ham “mb” sotib olasizku. Hech bir tizim moddiy mablagʻsiz uzoqqa bormaydi. Shu jamoa karantin davrida 5 oy ichida 500 ga yaqin bepul olimpiada oʻtkazishdi. Bilib yoki bilmay yuqoridagi ishni qilganlarga ollohdan insof soʻraymiz.
P.S: Bizda ushbu insonlarning ism-familiya, viloyat, tuman, maktab, telefon raqamlari bor. Qonuniy harakat qilishimiz mumkin, lekin ulardan insof kutamiz.
Hurmatli khiso.uz jamoasi, sizlarni mashaqqatli va o‘ta professional mehnatlaringizni juda qadrlayman, chunki bunaqa yuqori saviyali olimpiadalarni boshqa hech qaysi sayt yoki kanalda uchratmadim. Shuni bilmay nonko‘rlik qilib, har xil usullardan foydalangan noinsoflarni esa albatta Alloh jazosini bersin. Lekin shu o‘rinda o‘zinglar ham juda be‘etiborlik qilgansizlar, shunaqa imkon borligini ulardan oldin o‘zinglar aniqlab, hisob to‘ldirishni haqqoniy yo‘lini qilib qo‘yishinglar kerak edi.
Juda oʻrinli gapirdingiz, click bilan toʻlov tizimi integratsiya qilinganda xatoliklarga tekshirib koʻrmagan edik. Bu dasturchilarimizni va bizni ularga ishonganimizdagi aybimiz, kamchiligimiz.
5000 yoki 6000 ni adashib shu usulda toʻlaganlar bor ekan, oʻzlari bizga murojaat qilishdi. Lekin 100.000 lab, millionlab toʻlaganlar qasddan qilganlar.
3000 ta shunday holat kuzatilgan, hammasini ma’lumotlari bor bizda.
Qancha mablagʻni shu usulda toʻlagan boʻlsa hisobiga shu mablagʻni minus (qarz) qilib qoʻyamiz va toʻlash imkonini beramiz. Agar 1 hafta ichida toʻlashmasa tegishli joylarga murojaat qilamiz.
Quchqarova Zilola
KHISOжамоасига омад ишларига ривож кизим олимпиадаларда катнашиб медаллар олиб яна кизикиши ортиб купрок медал олишга харакат киляпди мен жамоага катта Рахмат айтаман фарзандларимиз учун катта имконият бу ноинсофларни жазосини оллох берсин
Quchqarova Zilola
Хеч качон харакатдан тухтаманг чунки галаба маглубиятлар натижасидир ушбу гапни узи интилишга харакат килишга ундайди оллохим хамиша кулласин
Ular sizni pulizni o'g'irlagan hisoblanmaydi. Sizni xatoyingiz uchun ular javob bermaydi. Hech qanday qonuniy chora ko'ra olmaysiz. Qovun tushirilganini tan olish kerak tamon.
Onasi bilan gaplashdik, bu ish toʻgʻri emasligini tushundilar, qaytaramiz deyishdi.
Lekin bosga 3.000 dan ortiq shunaqa holat roʻy bergan, 5000-6000 soʻmdan tortib 100-200 minglab shunday usulda toʻlangan.
5000 yoki 6000 ni adashib shu usulda toʻlaganlar bor ekan, oʻzlari bizga murojaat qilishdi. Lekin 100.000 lab, millionlab toʻlaganlar qasddan qilganlar.
Qancha mablagʻni shu usulda toʻlagan boʻlsa hisobiga shu mablagʻni minus (qarz) qilib qoʻyamiz va toʻlash imkonini beramiz. Agar 1 hafta ichida toʻlashmasa tegishli joylarga murojaat qilamiz.