Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Shomurodova Nazokat
Tushde otib ketdi eslasam vohma bosadi
Assalomu Alekum
Tez Tibbiy Yordamda ishlayman
Karantin Rosa kuchayib yollar kochalar berkilgan xatto mashinalar xam kochada yoq ishka bazida kech qolib piyoda borardik
Juda qorqinchli kunlarni kordik
Allohga ozimizni omonat topshirib ishladik
Allohka bexisob shukurki mana 2 yildan buyon xali oddly grip xam bolmay sog' salomat ishlab yuribman.
Allohim barchamizni sog' salomat panoxida asrasin.
Yurtimiz tinch bolib yurtboshimiz xamisha sog' omon bolsin.
Xammaga sog'lik oilaviy xotirjamlik baxt omad tilab qolaman.
Malohat
Men o'qituvchiman, menga o'sha yil juda yoqqan. Hammamiz oila davrasida uyda o'tirganmiz ))
Мирсаид Мирвохидов
Usha kuni So'qoqqa ketvorganman😁
Укишда укирдик тошкентдан куконга кеганмиз нархлар дахшат хамма вахимада еди
U kunlar hamma uchun ibrat maktabi bo'ldi menimcha. Atrofga boshqacha ko'z bilan qaray boshladik. Asosiysi insonlarda mehr- muruvvat tuyg'usi kuchaydi. Ko‘pchilik o‘tib ketayotgan umriga nazar soldi anglashimcha. Nima qila oldimu , nima qila olmadim?
Shomurodova Nazokat
Xushnudbek sizga savolim bor men shu yil medtehnikumga oqishga kirdim 2 farzandim bor bazibir sabablarga kora oqishga borishga azgina qiynalvoman shu sababdan men ham Masofaviy talimdan foydalansam boladimi yol yoriqlari bolsa ayting iltimos
Nasiba Tojiyeva
Tushimizga ham kirmaydigan ishlar bòldi. Kòp narsalarni anglab yetdik. Ollohga shukur yaqinlarimiz joni soģ òtib oldik òsha kunlardan. Karantin esda qolarli esdalik qoldirgan. 5 yil kutgan farzandimiz tuģilgan ollohga beadad shukur
Shu covid bilan online oqish ham tugadi
Qat'iy gigenaga rioya etib odam kam bog'larda dalalarda mehnat qilib kungil yozdik. Maktabni sog'indik, oyligimizdan xavotir oldik. Raxmat bemminat ko'mak uchun. Xullas oylik uchunmas qo'shimcha dehqonchilik ham qildik. Oilani boqish uchun doim hayot uchun xalol kurashish imkoni bo'larkan
Usmonova Zulhumor
Зиёратингиз кабул булсин Бизларга хам насиб килсин.1нчисида куркиб уйда дарс утардим.Утмай куйдим.Ховлига пиёз эккандим факат шунга карар эдим.Кейин узим касал булдим .уйда укол килишди Температуратуша яна пиёзни утини Ягонасини килардим.2нчи марта яна касал булдим энди Кучли булдим.Врачга бордим укол олдим .кейин яхши булдим .3нчи марта яна озрок Температуракилдим Яна укол олдим Хозир яхшиман Вирус куркинчли хеч кимникига бормай куйдик
Guldek oltin davrimni sarobga chiqardi bu karantin
&&&&&&&
Xuddi tushday òtib ketdi
Oʻsha paytlar.Harbiy Hizmatda edim karantinni oʻzidan vahimasi kuchli boʻldi karantin boshlanganidan 1 oydan keyin akamdan ayrilganmiz
Assalomu alaykum shunday sinovli kunlarni ham xalqimiz bir yoqadan bosh chiqarib. Insha olloh yengib o'tdi.shu o'rinda tibbiyot xodimlariga hamda ichki ishlar organlari xodimlari . Minnatdorchilik bildiraman. Xalqimiz qanday oqibatli ekanligini yana bir bor isbotlab qoydi.
Hayitboy
Osha kuni tugulgan kunim edi
Oramizdan kòp odamlarni olib kettiyu lekin Òzbekistonni raqamli iqtisodiyotga òtishini tezlashtirdi. Agar karantin bòmaganda haliham raqamli iqtisodiyotga òtolmagan bòlardik
&&&&&&&
Xushnudbek ziyoratlar qabul bòlsin.Ollohim dargohiga qabul qilsin
Show next 100 comments