Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Shomurodova Nazokat
Xushnudbek sizga savolim bor men shu yil medtehnikumga oqishga kirdim 2 farzandim bor bazibir sabablarga kora oqishga borishga azgina qiynalvoman shu sababdan men ham Masofaviy talimdan foydalansam boladimi yol yoriqlari bolsa ayting iltimos
Nasiba Tojiyeva
Tushimizga ham kirmaydigan ishlar bòldi. Kòp narsalarni anglab yetdik. Ollohga shukur yaqinlarimiz joni soģ òtib oldik òsha kunlardan. Karantin esda qolarli esdalik qoldirgan. 5 yil kutgan farzandimiz tuģilgan ollohga beadad shukur
Shu covid bilan online oqish ham tugadi
Qat'iy gigenaga rioya etib odam kam bog'larda dalalarda mehnat qilib kungil yozdik. Maktabni sog'indik, oyligimizdan xavotir oldik. Raxmat bemminat ko'mak uchun. Xullas oylik uchunmas qo'shimcha dehqonchilik ham qildik. Oilani boqish uchun doim hayot uchun xalol kurashish imkoni bo'larkan
Usmonova Zulhumor
Зиёратингиз кабул булсин Бизларга хам насиб килсин.1нчисида куркиб уйда дарс утардим.Утмай куйдим.Ховлига пиёз эккандим факат шунга карар эдим.Кейин узим касал булдим .уйда укол килишди Температуратуша яна пиёзни утини Ягонасини килардим.2нчи марта яна касал булдим энди Кучли булдим.Врачга бордим укол олдим .кейин яхши булдим .3нчи марта яна озрок Температуракилдим Яна укол олдим Хозир яхшиман Вирус куркинчли хеч кимникига бормай куйдик
Guldek oltin davrimni sarobga chiqardi bu karantin
&&&&&&&
Xuddi tushday òtib ketdi
Oʻsha paytlar.Harbiy Hizmatda edim karantinni oʻzidan vahimasi kuchli boʻldi karantin boshlanganidan 1 oydan keyin akamdan ayrilganmiz
Assalomu alaykum shunday sinovli kunlarni ham xalqimiz bir yoqadan bosh chiqarib. Insha olloh yengib o'tdi.shu o'rinda tibbiyot xodimlariga hamda ichki ishlar organlari xodimlari . Minnatdorchilik bildiraman. Xalqimiz qanday oqibatli ekanligini yana bir bor isbotlab qoydi.
Hayitboy
Osha kuni tugulgan kunim edi
Oramizdan kòp odamlarni olib kettiyu lekin Òzbekistonni raqamli iqtisodiyotga òtishini tezlashtirdi. Agar karantin bòmaganda haliham raqamli iqtisodiyotga òtolmagan bòlardik
&&&&&&&
Xushnudbek ziyoratlar qabul bòlsin.Ollohim dargohiga qabul qilsin
2 hafta karantin deyilgandi xursand bo‘lgandim bir tarafdan qishloqqa borib 2 hafta o‘qishdan dam olib kelarkanmiz deb kn esa o‘qish boshlanishini kutaverib deyarli 2 yilni o‘tkazib yaqinda diplom olish arafasidamiz
Элер
Xarnasada bir xikmat bor , virus chiqqanida ósha insondi tushinmay kópchilik yomon kórgan, vaqt xarnasaga davo ótibketgani rost bólsin virusdi
Хайотимдан шу йилни кесиб ташлардим иложи булганда.
Assalomu alaykum menda umuman xavotir yoki boshqa narsa qoʻrqinch boʻlgani yoʻq.
Avval boshdan qanday boʻlsa shundayligicha yashadim
Alloh asrasin. Boshqa barcha narsa bir tiyin.
Bir yomonni yahshisiyam bor ekan tadbirlarni kamchiqim qilsa bo’larkan tug’ilgan kun yubiley qilmasa ham inson yashovrarkan asosiysi kimni kim ekanligini bilib oldik
Assalomu aleykum karantin elon qilingan kuni manimcha o'zbekistonliklarni barchasi vahimaga tushgan kun edi manimcha oilamizda ayajonim dadajonim vahimalari karantinga amal qilish kerakligi xatto oddiy do'konlarga chiqishga qo'rqqan damlar ham bo'ldi eng achinarlisi bu dadam 2020yil oktabr oyida covid sabab vafot edi. Virus dadajonimni olib ketdi men uchun 2020 yil hec qachon esdan chiqmaydigan yil sifatida muhrlandi Allohim dadajonimni oxiratlarini obod qilsin ilohim🤲🤲🤲
Show next 100 comments