Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Ғуломжонов Рустамжон
Odam agar vadasini bajarmasa unga bo'lgan ishonch yo'qoladi. Davlat vada berdi lekin.... Shaxsan man endi davlat ishxonasida ishlamayman. Gapimizni shu yerga yozdikda. Baribir kim ham eshitardi.
Ha afsus diymizde😔balkim kimla uchundur bu va'dala bajarilgandur ammo man o'zim guvohi bo'gan odamlarim shuncha bizaga qarab qilgan mehnatlarini haqqini olishda juda qiynalishti😔😔
Salom men 1oy uydan chiqmadim
Dukonda 2 kishi ishlaymiz sherigim ishladi
Menga virus tegmadi sherigimga man ishga chiqdim keyin tegdi unga virus menga olloxga shukur tegmadi
карантин бошланди деган кунлардан сунг бир хафталардан касал булдим йутал лекин иситмам йук. Якинларим вызов шакиришга куймайди касалханада касал йуктирасанг деб. Касалханага бориб куриналмайсанг. 3ой деганда сал вазият йумшаб бошлаганда поликлинига куриндим ёзган дорисининг тасири булмади. Юрак касаллисги буйича докторга бордим у 1,5 млнлик дори ёзди тасири булмади. Охири частный клиникага куриндим. аллергик йутал экан оддий 300минглик дори ёзди джосет сироп бор ишида. Шундан шифаси тегди 4ой кийландим Алхамдулилах, яхшиман.Карантин булмаганда касалликни хохлаган врсчимизга бориб куринган булардим.Унитилмас кунлар булди
😊Gulmira
Assalomu aleykum Xushnudbek aka Umra safaringiz qabul bo‘lsin
Bizga ham borish ,ota-onamizni olib borish nasib qilsin 🤲
Yuqoridagi xabarga kelsak, hayotimizni o‘zgartirib yubordi bu narsa. Men o‘zim ijtimoiy tarmoqlardi foydalanishni bilmasdim ishim sababli o‘rgandim🙈 Allohim bergan sinov, o‘zi bilguvchi,yaxshilikka bo‘ladi INSHOLLOH
Hozir Rossiya va Ukrainadagi holatlar odamni larzaga soladi, karantin bo‘lsa jim o‘tirisharmidi deb ham o‘ylayman🤦‍♀️
Umarova 21 21 guruh
Bu bizga olloh tomonidan bir sinov dib tushundim karantinda oila davrasida boldim dehqonchili qildi😂 tik toker bub kitdim telefon hayotim mazmuniga aylanib qogandi😂😂 buvim buvamlani sogindim🥺sinfdoshlarimni korgim kilardi😭 karona bub qoldim karantinga olindim xuddi hayot tugagande bub kitdi kasal bub qolganimda hattoki ukol oldim😬juda juda qorqardim ukoldan eng yomoni kasal bub qolganligim tufayli odamla mani aylanib ota boshladi bu manga qattu tasir qildi 4ta devor mani yutvarey dirdi😒 oila azolarim ham oldimga kildirilmadi telefon ovunchogim bob qoldi ollohga shukur bu kunladan ham otib oldim ollohni qudratida bu ham qurtni ichiga qurt solgan olloh havodan kasallik tarqaledigan qilib qoydi oylaymanki hamma bunda oziga yarasha hulosa chiqargan😊😊
Нигора Рустамовна
Кўринмас душман билан олишдик
❄️JaNNaT GuLi❄️
Ha afsus diymizde😔balkim kimla uchundur bu va'dala bajarilgandur ammo man o'zim guvohi bo'gan odamlarim shuncha bizaga qarab qilgan mehnatlarini haqqini olishda juda qiynalishti😔😔
Koviddan o'lgan doktorlarni yaqinlariga pull vada qilingandi.
Lekin. O'z extiyotsizligi tufayli o'ldi degan tamg'a bilan ketdi.
Odamlarimiz ham doktorlarni tushunmadi shu vaqtlar.
Vada qilingan pull berilmagan edi 2020 yil yashnabodni 103 xodimlari yoppsiga ish tashladi.
3 soat ishlamdi.Juda qiyomat ish bo'lgan o'shanda.


Bizni halqimizga doktorlar uvol
Ustozlarim viloyatga ketib qolishi shgandi darslarim toxtab qogan menimcha hayotimdagi eng achinarli hol shu bosa kerak
Nilufar Akramova
Usha kunlarni utgani bulsin . Vahimali holat esiz kovit 19 qurbonlari
Bu ham bir sinov boldida odamlarning ancha kòzi ochildi. Farzandlar ota onalari bilan uyda koproq vaqt ajratishdi, saxovatpeshalar kopaydi , savob ishlar qilindi yaxshi taraflari ham boldi lekin
Кўп йўқотишлар йили бўлди. Оилавий касалга бўлдик. Онамни, қариндошларимни йўқотдим кўплари касал туфайли оламдан ўтишти. Бу бало йўқ бўлиб кетсин! Худога шукур ҳозир яхшимиз, ўтганларимизни Аллоҳ раҳматига олган бўлсин! Бу кунлар бутун умр эсда қоладиган бўлди. Ҳаммага соғлик тилайман!
Xuddiki yangi jaxon urushi boʻladigandek. Hayotimiz shu bn tugab qoladigandek tuyulgan.
Ortda qolgani rost bo'lsin🤲🤲🤲🤲🤲
Gulnora Saliyeva
Коранавирус,пневмония сўзларини ёмон кўраман.Эсласам,фақат оғриқ,йўқотиш бор менда
Qishloqda kimnidir davleniyasi chiqib skoriy chaqirsa avval isitmasi bormi deb sorardi. Yoq desa kelishardi. Isitmasi ozgina kotarilibdi desa kelishmasdi.
Pandemiya sabab oyliklar tushirilgan edi. Bu qurmagur oylik virusni qattigini yuqtirganmi nima balo xali o‘z xoliga qayta olmayapti.
Dildora
Men uchun eng yomoni oilam parokanda boʻlib ketdi ,menimcha covid odammi miyasiga ham taʼsir qiladiyov. Qaynonam covid boʻgandan keyin bizni hayotimizni buzib yubordi
Зарина Пирназарова
Biz dexqon bulib ketdik hamma joylar yopilib hattoki kuchalarga chiqmasdek judayam sokinlik hukm surgandi butun yurtimizda... man bir narsadan qurqqan edim endi shu hayotda yasharkanmizmi deb😄😄😄lekin ollohga shukur barchasi sinov yengib utdik bir narsasi yomon qanchadan qancha yaxshi insonlarni yuqotdik😪😪 shu covid tufayli barchalarini olloh rahmatiga olgan bulsin🤲
Show next 100 comments