Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Ustozlarim viloyatga ketib qolishi shgandi darslarim toxtab qogan menimcha hayotimdagi eng achinarli hol shu bosa kerak
Nilufar Akramova
Usha kunlarni utgani bulsin . Vahimali holat esiz kovit 19 qurbonlari
Bu ham bir sinov boldida odamlarning ancha kòzi ochildi. Farzandlar ota onalari bilan uyda koproq vaqt ajratishdi, saxovatpeshalar kopaydi , savob ishlar qilindi yaxshi taraflari ham boldi lekin
Кўп йўқотишлар йили бўлди. Оилавий касалга бўлдик. Онамни, қариндошларимни йўқотдим кўплари касал туфайли оламдан ўтишти. Бу бало йўқ бўлиб кетсин! Худога шукур ҳозир яхшимиз, ўтганларимизни Аллоҳ раҳматига олган бўлсин! Бу кунлар бутун умр эсда қоладиган бўлди. Ҳаммага соғлик тилайман!
Xuddiki yangi jaxon urushi boʻladigandek. Hayotimiz shu bn tugab qoladigandek tuyulgan.
Ortda qolgani rost bo'lsin🤲🤲🤲🤲🤲
Gulnora Saliyeva
Коранавирус,пневмония сўзларини ёмон кўраман.Эсласам,фақат оғриқ,йўқотиш бор менда
Qishloqda kimnidir davleniyasi chiqib skoriy chaqirsa avval isitmasi bormi deb sorardi. Yoq desa kelishardi. Isitmasi ozgina kotarilibdi desa kelishmasdi.
Pandemiya sabab oyliklar tushirilgan edi. Bu qurmagur oylik virusni qattigini yuqtirganmi nima balo xali o‘z xoliga qayta olmayapti.
Dildora
Men uchun eng yomoni oilam parokanda boʻlib ketdi ,menimcha covid odammi miyasiga ham taʼsir qiladiyov. Qaynonam covid boʻgandan keyin bizni hayotimizni buzib yubordi
Зарина Пирназарова
Biz dexqon bulib ketdik hamma joylar yopilib hattoki kuchalarga chiqmasdek judayam sokinlik hukm surgandi butun yurtimizda... man bir narsadan qurqqan edim endi shu hayotda yasharkanmizmi deb😄😄😄lekin ollohga shukur barchasi sinov yengib utdik bir narsasi yomon qanchadan qancha yaxshi insonlarni yuqotdik😪😪 shu covid tufayli barchalarini olloh rahmatiga olgan bulsin🤲
Ғуломжонов Рустамжон
Ishiyizga yarasha oylik olmasayiz Oylikka yarasha ishlayvering. Ex Mayli... Oz qoldi suraman
Ha mayli Alloh har bandasiga insof bersn diymizade bizani xalq faqatgina dardini yozib gapirib qolaveradi doim shunaqa bo'lgan.....
Ha nomi o'chsin yaqinlarimni olib ketdi bu balo endi kelmasin
Elyor Mamadaliyev
Allohim qayta yuzlashtirmasin bu baloni. Qancha daholarni olib ketdi oramizdan
eslameylik.HAMD aytaylik
Юрист🇺🇿
Menimcha kopchilik oilalarda iqtisodiy inqiroz bolgandi shu paytlaer
Boshqa bunday virus degan balolarga duch kelmaylik,duch kelmasinlar insoniyat
Show next 100 comments