Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Ra'no Saforova
Madina Temirova
Manam virus bo'lganimda o'lib qolsama degan hayollar o'tgan edi inson o'limini eslasa nima bilan ketyapman deb o'ylarkin
Albatta inson aslida nima qildimu nimalarni qilolmadim deb oylarkan to boshga tushmaguncha koronavirusni ertak deb oylardim
Muhammadjon
Har ishda hikmat bor ekan!!! Karantin bo'lgani ko'pchilikni ko'zini ochdi ochilmagan yuzlar ochildi. Karantinning 2 chi oyida yani 28 aprel kuni Buxorodo katta talofat bo'ldi ayni ro'za paytlari edi. Iftorlik paytida birdan shamol turub yomgir yog'ib katta talofatlarga sabab bo'ldi. Lkn shu ish karantin vaqtida bo'lganiga shukurlar aytaman agar osha payti karantin bo'lmaganda hamma odamlar bir birlarini uylarida kochada oshxonalarda restoranlarda odamlar kattadan katta iftorlik dasturxonlarini yozib ehsonlar qilayotgan bo'lardilar bolalar esa kocha kuyda o'ynab yurgan bolardi va talofat bundanda kattaroq bolardi. Insonlarga ancha muncha zarar yetardi balki oqibatlari o'limlarga ham olib kelishi mumkin edi. Chunki katta katta daraxtlarni katta katta temir ustunlarni uchurgan shamolga biz hech nima qilolmasdik. Xalqning insonlarning bir biriga bolgan munosabatlari qay darajada ekanligi malum bo'ldi. Undan sal kyn esa Sirdaryo Sardoba fojeasi. Unda shunday ham talofat zarar kam bo'lmadi. Nu karantin bo'lganligi sababli yo'llarda mashinalar aniqrogi viloyatlararo yuradigan avtobus taxsilar yoq edi. Katta hajimdagi yuk tashuvchi avtomobillarni qatnovi ham kam edi. Faraz qiliaylik agar shu voqelar ayni karantin bolmagan davrda bo'lgan bo'lsa oqibatlari qandey bo'lardi..
Hamma dam olish joylari magazinlar do'konlar oshxona restoranlar parklar zaprafkalar yo'ldagi xarakatlanayotgan mashinalar barcha avtomobillar poyezdlar ulardagi yuklar yo'lovchilar...... Yehee aytaman desak sanayman desak ancha buncha narsala bor..(Buxoroda 19:40, sirdaryoda esa tongi 3, 4 lar atrofida bolgan edi. )Karantin bizning xalqimiz va yurtumiz uchun qaysidir manoda allohning sinovi va asragani bo'ldi.!!!
Sarbinaz Dauekeeva
Худди уриш бошлангандек сездим. Укув ишлари буйича муовин булганим учун иш жойимда директор, мен ва битта коровул колганмиз. Дунё гузаллиги инсон эканлигини тушинганман. Ишга боришда хам кайтишда хам йул буйи одам курмайсан,машиналар йук. Олисрокдан одам куриб колсанг якин кишингдек куришга шошиласанг. Хозир эсласам,ичимдан ёкимсиз бир нарса утади.
Qizigʻi obunachilar sonida oʻzgarish boʻlmagan deyarli
Ziyoratingiz qabul bo'lsin, Xushnudbek! Karantin paytlari zo'r hikoyalarning havolalarini yozar edingiz, shu ishni davom ettirsangiz!...
Karantin boshlangan kunning ertasiga 17-mart kuni qiz farzandli bo'lgan edik, allohga shukr! Karantin bo'lmaganida chillada rosa zerikar edim, yaxshi bo'ldi hamma atrofimda, uyda bo'lishdi, har yomon ishning bir yaxshi tomoni bor deb kulgan edik. Men uchun karantin yaxshilikka bo'ldi...
Madina Temirova
Umidjon Shukurov
Шифокорман 2 йил ковид касаллар билан ишладим. Шунаканги огир беморларни курдик энг куп ва энг оддий, бепул булган хаводан нафас ололмаётганини курдик. Рости кечалари ухламасдик, овкат хам ейишга вакт булмасди, бу ерда узимиз хам касал эдик, таблеткаларни ичвол ва ишда давом этиш шарт эди! Канча беморлар кулимизда жон берди, канчаси тузалиб кетди! Сан кулингдан келган хамма нарсани киласан, бемор яшагиси келиб сандан умидвор булиб кузинга мултираб туради, лекин... Шунака огир беморлар булади тузалармикан деб уйлайсан, хавотирланасан лекин тузалади, куриб ич ичингдан шунака хурсанд буласан буни суз билан тарифлаб булмайди, ман тушуниб етдимки дардни хам шифони хам факат узи беради. Ман шуни тушуниб еттим, бу дунёда хамма мехмон, хамма синов учун келган, пул, мансаб, таниш билиш буларнинг аллохнинг каромати олдида заррача хам киймати йук экан. Бир неча кунлаб кийналиб нафас ололмаётган одамларни курдим, улар тезрок жони узилиб у азобдан кутулишни истарди, лекин, лекин агар сан дузахга тушсанг уни азобидан улибам кутила олмаслик мумкинлигини тушундим. Бу дунёда топган мол дунёинг аслида сан учун заррача кадрсиз нарса эканлигини тушундим! Бир оиланинг бир нечта аьзоси бирдан йуколганини куриб аслида факат аллохгагина суяниш керак эканлигини тушундим! Вирус юкмасин деб ойлаб уйилан чикмаган ва барибир охир окибат шу вирусдан улиб кетган одамларни куриб тушундимки аллох пешонамизга битган такдирига рози булиш керак экан. Тушуниб етдимки вирус хам аллох юборган синов булди ва шу синовни деб улгайдим, кузим очилди, борини кадрлашни, якинларимни кадрлашни, шукр килишни янада ургандим, аллохга янада якин булдим (алхамдулиллах)!
Man buncha uzun xabarni o'qigim kelmasdi lekin sizni xabarizni o'qib chiqdim va ko'zimga yosh keldi manda virus yengil o'tdi lekin talaba bo'lganim uchun vaksina olganlarga kontrakt summasini malum miqdori to'lab beriladi deganga vaksina oldim vaksina qayerizda og'riq bolsa shu joyga tasir qilarkan mani oshqozonim juda qattiq ogrib bu ogriq yuragimga ham ta'sir qildi judayam ko'p yig'ladim shu payt Xuddiki o'lib qolaman deb o'yladim bu og'riqdan yurak sanchsa yomon bo'larkan 5kunlar bu og'riq umuman ketmadi Allohim jonimni olmagin hali yaxshiliklar qilishim kerak deya yolvorgan vaqtim boldi Alloh bizni dard bilan sinarkan Allohga ming shukr hozir hamma si yaxshi
Öz yaqinlarimiz bn korishaolmasdik hamma vahimaga tushgan edi ammo eng muhimi men necha yillardan beri boshqa viloyatda öqir edim va karantin vaqtida uyimga ota onam yonida böldim.
16-mart tongda Rossiyadan yurtimizga qaytib kelgandim regular ohirgi reys edi, shundayam vahimada bo'lganmiz, reysimiz qoldirilsa nima bo'ladi, aeroportda qob ketamizmi endi deb, shukr uchdik, undan keyin esa charter reysla bo'b ketdi, narhlar osmon.. Vopshe qiyin bo'ldi.. Armiyaga ketishim kerak edi, 3oy kutdim.. Shukr Ollohga u kunlar ham ortda qoldi
Eh oʻsha damlar-a!
Gulnoza Akramova
Karantin oltin davrimni oltin daqiqalarini oʻgʻirlagan,har kun karantin tugashini hohlardim.
Insofli odamlar oddiy maskani qimmat sotganini eslayman
Umr oqar daryo degani to'g'ri gap, bir pasda 2 yil ham o'tdi va alhamdullillah bu sinovdan ham o'tdik. 2020yil mart oyida(2-15 mart) Yevropaga biznes safarimni 29 Fevral kuni bekor qilganman: to'g'ri otel va aviabilet bronlardan jarimalar to'lashga majbur bo'lganman, lekin hammasi hayrli ekan: bo'lmasa kovid markazlarida 3-4 oy qolib ketardim. Ayniqsa eng qizig'i: aynan 15 mart kuni Parij-Toshkent reysi edim qaytish biletim, bu degani O'zbekistonga birinchi kovidni olib kelgan deb malomatga qolardim hammadan:).
Assalomu alaykum, men maktab bitiruvchisiman, oʻsha yili 9-sinf oʻquvchisi edim litseyga tayyorgarlik koʻrayotgan edim. Lekin litseyga kirolmadim. Mana tezlik bilan 2 yil oʻtibdi, hozir oliygohga tayyorlanyapman. (oʻzim Bahmal tumanida yashardim Jizzax shahrida oʻqirdim, hozir ham shunday)
Oʻsha payti bu virusni ancha xavfli boʻlsa kerak deb oʻylagandim, men oʻylaganimdan biroz xavfsizroq ekan. Oʻshanda toʻgʻrisi men uyga ketayotganimdan xursand edim, karantinni 2 hafta boʻladi deb oʻylaganman😁, lekin uzoq davom etdi. Oʻsha payti oilam bilan boʻlganimgami bir tomondan baxtiyor edim, yomgʻir ham bu yilgidek serob yoqqandi oʻshanda. Ramazon oyi ham oʻshanda oʻzgacha boʻlgan men uchun. Negadir unchalik virus haqida oʻylamasdim, yoki hozir shunday tuyulyaptimi.
Oilamizda hech kim oʻsha yili COVID boʻlmagan. Bu holat tumanimizda 2021-yil yoz oyida avj oldi, oilada hammamiz ushbu virusga chalindik, haliyam boshlanishidayoq buning oldini oldik, lekin rosa odam yashashni xohlarkan shu paytda. Xullas, karantinni menga bir yaxshi tomoni maktab darslarida oʻz uyimdan turib online qatnashdim(shunday paytlarda baxtli edim, baribir oʻz uying oʻlan toʻshaging ekan). Yomon tomoni esa darslarni chuqur oʻzlashtirmadim, yuzaki yondashuv tufayli koʻp bilim ololmadim (shu sababli litseyga kirolmagandirman balki). Har bir narsada xikmat bor. Lekin oʻshandagi Ramazon oyi juda esda qolarli, zoʻr boʻlgandi. Bu yil ham Ramazon shunday oʻtsin.

Doim sogʻ omon boʻlingizlar.
Opajonimni yòqotgan kunim eh nimagayam shunaqa bòldi agar shunday bolmaganda hozir opam bilan baxtli yashardim. Afsus lekin shu oxirgi kun haliyam kòz òngimda
Manga omadli keldi talaba boʻldim 😅 2ta fan oʻqib 😎😜
Assalomu alaykum Xushnud aka prasmotrilaringiz kamayibdi lekin ko'paymadi 2 yil davomida.
2020-432797
2022-432748
🎓Maftuna Jabborova
Karantin!!!! Bu so'z zamirida juda kuchli vahima va qo'rquv yotadi. Men aynan 2 yil avval talabalik davrimning oxirgi 4- kursida o'qir edim. TTJ dagi barcha talabalar 15-mart kuni bu xabarni eshitiboq tum - taraqay uylariga jo'nashni boshlashdi. Men ham uyga qaytdim. Hammasi keyin boshlandi. Atrofda vahimali xabarlar, qimmatlashgan oziq ovqat mahsulotlari va dori darmonlar taqchilligi. Uyga kelib juda zerikdim, hattoki maska tikib sotsanmikan degan fikr uyg'ondi menda, darxol bu fikrimdan qaytdim. Chunki insonlar maskani tekin tarqatayotgan bir paytda men sotamanmi? Lekin shu darajaga borgan insonlarni eshitdim: bozorda maska olasizmi deb bir yosh yigit maska uzatsa, tekin bo'lsa olamiz deydigan odamlar ham bor ekan.......
Karantinda men uchun eng achinarlisi, sevimli buvijonimni yo'qotdim, joylari jannatda bo'lsin. Yana kursdoshlarim bilan oxirgi uchrashuvlar, diplom olish marosimlarini o'tkazolmadik va hattoki esdalik venetkaga ham rasmga tusha olmadik. Imtihondan o'tgan talabalar suv sepishardi shalabbo bo"lishib. Biz ko'rib havas qilardik. Essiz bizga nasib etmadi. Ammo bu ham yaxshilikka, chunki hech kim davlat imtihonidan yiqilmadi😊hammamiz a'lo bahoga topshirdik.
Xulosa sifatida aytamanki, karantin bizga har taraflama saboq bo'ldi.
Madina Isroilovna
Menda yomon taassurotlar yomon xayollar bilan qoldi bu 2yil dadajonim shu kasallikdan vafot etdilar bu yo‘qotishni haliyam ko‘tarolmayapman. Yaqinlarmini asrashni borida qadrlashni òrgandim. O‘zim magistraturaga o‘qishga kirdim, 2farzandim tug‘ildi. Topganlarim ham bo‘ldi, lekin yo‘qotishlar mani dovdiratib qoydi.
Madina Temirova
Нодирбек
Ajoyib hikoya
😊😊😊
Ooohhh yarani yangiladizda. Òsha payt nimani his qilishniyam bilmaganman. Hamma kabi ichimda faqat endi nima bòlarkin degan hadik bòlgan. Lekin yuqtirmaslikka astoydildan harakat qilganman, chunki homilador edim. Farzandim soĝlom tuĝilishi uchun hamma narsaga tayyor bòlganman. Uydan hatto bir qadamam tashqariga chiqmaganman 5 oy davomida. Lekin òsha paytlarda ya'ni ayniqsa aprel oyidagi qattiq karantinda ekologiyamiz biz insoniyat dastidan bir muddat dam olib mazza qilgani rost. Havolarimiz naqadar toza bòlgani juda aniq sezilgan edi. Ayniqsa tuĝilgan kunimda 8-aprelda yoqqan tizza baravar qor sònggi bir necha 10 yillik uchun sensatsiya edi. Òsha soĝlom tuĝilishidan xavfsirab 5 oy uyda òtirgan farzandim hozir 1.5 yoshda Alhamdulillah
Show next 80 comments