Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани
маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш
тақиқланган эди.
Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.
Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?
❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?
Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻsha payti bu virusni ancha xavfli boʻlsa kerak deb oʻylagandim, men oʻylaganimdan biroz xavfsizroq ekan. Oʻshanda toʻgʻrisi men uyga ketayotganimdan xursand edim, karantinni 2 hafta boʻladi deb oʻylaganman😁, lekin uzoq davom etdi. Oʻsha payti oilam bilan boʻlganimgami bir tomondan baxtiyor edim, yomgʻir ham bu yilgidek serob yoqqandi oʻshanda. Ramazon oyi ham oʻshanda oʻzgacha boʻlgan men uchun. Negadir unchalik virus haqida oʻylamasdim, yoki hozir shunday tuyulyaptimi.
Oilamizda hech kim oʻsha yili COVID boʻlmagan. Bu holat tumanimizda 2021-yil yoz oyida avj oldi, oilada hammamiz ushbu virusga chalindik, haliyam boshlanishidayoq buning oldini oldik, lekin rosa odam yashashni xohlarkan shu paytda. Xullas, karantinni menga bir yaxshi tomoni maktab darslarida oʻz uyimdan turib online qatnashdim(shunday paytlarda baxtli edim, baribir oʻz uying oʻlan toʻshaging ekan). Yomon tomoni esa darslarni chuqur oʻzlashtirmadim, yuzaki yondashuv tufayli koʻp bilim ololmadim (shu sababli litseyga kirolmagandirman balki). Har bir narsada xikmat bor. Lekin oʻshandagi Ramazon oyi juda esda qolarli, zoʻr boʻlgandi. Bu yil ham Ramazon shunday oʻtsin.
Doim sogʻ omon boʻlingizlar.
2020-432797
2022-432748
Karantinda men uchun eng achinarlisi, sevimli buvijonimni yo'qotdim, joylari jannatda bo'lsin. Yana kursdoshlarim bilan oxirgi uchrashuvlar, diplom olish marosimlarini o'tkazolmadik va hattoki esdalik venetkaga ham rasmga tusha olmadik. Imtihondan o'tgan talabalar suv sepishardi shalabbo bo"lishib. Biz ko'rib havas qilardik. Essiz bizga nasib etmadi. Ammo bu ham yaxshilikka, chunki hech kim davlat imtihonidan yiqilmadi😊hammamiz a'lo bahoga topshirdik.
Xulosa sifatida aytamanki, karantin bizga har taraflama saboq bo'ldi.
Maktabni online tugatdik. Institutga 2 ta fan õqib kirdim. Zõr õtdi karantin ham.
òzim uyda òtirardim