Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Opajonimni yòqotgan kunim eh nimagayam shunaqa bòldi agar shunday bolmaganda hozir opam bilan baxtli yashardim. Afsus lekin shu oxirgi kun haliyam kòz òngimda
Manga omadli keldi talaba boʻldim 😅 2ta fan oʻqib 😎😜
Assalomu alaykum Xushnud aka prasmotrilaringiz kamayibdi lekin ko'paymadi 2 yil davomida.
2020-432797
2022-432748
🎓Maftuna Jabborova
Karantin!!!! Bu so'z zamirida juda kuchli vahima va qo'rquv yotadi. Men aynan 2 yil avval talabalik davrimning oxirgi 4- kursida o'qir edim. TTJ dagi barcha talabalar 15-mart kuni bu xabarni eshitiboq tum - taraqay uylariga jo'nashni boshlashdi. Men ham uyga qaytdim. Hammasi keyin boshlandi. Atrofda vahimali xabarlar, qimmatlashgan oziq ovqat mahsulotlari va dori darmonlar taqchilligi. Uyga kelib juda zerikdim, hattoki maska tikib sotsanmikan degan fikr uyg'ondi menda, darxol bu fikrimdan qaytdim. Chunki insonlar maskani tekin tarqatayotgan bir paytda men sotamanmi? Lekin shu darajaga borgan insonlarni eshitdim: bozorda maska olasizmi deb bir yosh yigit maska uzatsa, tekin bo'lsa olamiz deydigan odamlar ham bor ekan.......
Karantinda men uchun eng achinarlisi, sevimli buvijonimni yo'qotdim, joylari jannatda bo'lsin. Yana kursdoshlarim bilan oxirgi uchrashuvlar, diplom olish marosimlarini o'tkazolmadik va hattoki esdalik venetkaga ham rasmga tusha olmadik. Imtihondan o'tgan talabalar suv sepishardi shalabbo bo"lishib. Biz ko'rib havas qilardik. Essiz bizga nasib etmadi. Ammo bu ham yaxshilikka, chunki hech kim davlat imtihonidan yiqilmadi😊hammamiz a'lo bahoga topshirdik.
Xulosa sifatida aytamanki, karantin bizga har taraflama saboq bo'ldi.
Madina Isroilovna
Menda yomon taassurotlar yomon xayollar bilan qoldi bu 2yil dadajonim shu kasallikdan vafot etdilar bu yo‘qotishni haliyam ko‘tarolmayapman. Yaqinlarmini asrashni borida qadrlashni òrgandim. O‘zim magistraturaga o‘qishga kirdim, 2farzandim tug‘ildi. Topganlarim ham bo‘ldi, lekin yo‘qotishlar mani dovdiratib qoydi.
Madina Temirova
Нодирбек
Ajoyib hikoya
😊😊😊
Ooohhh yarani yangiladizda. Òsha payt nimani his qilishniyam bilmaganman. Hamma kabi ichimda faqat endi nima bòlarkin degan hadik bòlgan. Lekin yuqtirmaslikka astoydildan harakat qilganman, chunki homilador edim. Farzandim soĝlom tuĝilishi uchun hamma narsaga tayyor bòlganman. Uydan hatto bir qadamam tashqariga chiqmaganman 5 oy davomida. Lekin òsha paytlarda ya'ni ayniqsa aprel oyidagi qattiq karantinda ekologiyamiz biz insoniyat dastidan bir muddat dam olib mazza qilgani rost. Havolarimiz naqadar toza bòlgani juda aniq sezilgan edi. Ayniqsa tuĝilgan kunimda 8-aprelda yoqqan tizza baravar qor sònggi bir necha 10 yillik uchun sensatsiya edi. Òsha soĝlom tuĝilishidan xavfsirab 5 oy uyda òtirgan farzandim hozir 1.5 yoshda Alhamdulillah
Meni koʻz oldimga faqat qoʻshnimiz 2xalta kartoshkani olib kelgani keladi.🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️
Muhabbat Sultonova
Каронавирусни Ўзбекистонга хам етиб келганини эшитиб бироз хафа бўлдим лекин кунглим хотиржам эди чунки илгари хам пандимия бўлган ва енгиб ўтганимизни тарихини билар эдим шунинг учун енгишимизга ишондим
Дилафруз Иномжонова
Мени иш жойим қўшни туманда бўлганлиги учун карантин эълон қилингандан кейин турмаш ўртоғим мени ўз автомашинасида, махсус рухсатнома билан иш жойима 40 кун олиб-бориб келди.Ишонсангиз 25 км. йўл давомида бирор дона машина учрамаган вактлар ҳам бўлди.Рости йиғлагим келиб борар эдим ишга.Кўчаларда ҳеч-ким йўқ бўлса жуда хунук бўлар экан.эхтиёт чорасини кўрсам ҳам касалликни юқтириб олдим,камига хўжайинимга ҳам юқтириб қўйдим. Тортган азобларимни гапиришга тил ожиз.Касаллик жуда оғир ўтди.18 кун овқат емай ётдим.Оллохга шукур тузилиб кетдик.
Muqaddas Baxadir qizi
Qaytib kelmasin koronavirus. Ollohim hammamizani asrasin!
Фарангиз
Maktabni bitiradigan yilimiz edi. Birinchi bõlib sõngi qõnğiroqgacha ochilsa kerak degan fikr kelgan 😂
Maktabni online tugatdik. Institutga 2 ta fan õqib kirdim. Zõr õtdi karantin ham.
Qatga kirdiz uqishga?
Insoniyat boshiga sinov boʻldi Alloh rasmli va mexribon
juda qòrqqandim. òzimdan emas yaqinlarimni boshiga tushishidan
òzim uyda òtirardim
Exx bu Karona Virus juda ko'p hotiralar ,taassurotlar qolgan menda .Ko'p yozib yuboraman avvaldan aytib qo'yay 😊.
Covid -19 bilan kasallangan odam chiqqanida bizning yurtda ham aniq eslayman do'stim 1- yillik armiyadan kelgandi o'sha kuni 15- mart edi .Men Toshkentda O'zMU 2 -kurs talabasi edim ,huddiki bilgande ham bayram arafasi ekanligigami ertaro Andijonga uyimga kelgandim . Hullas do'stim kelgan 1-yillik hizmatdan qo'y so'yilgan osh va sho'rva bo'layotgan edi , endi vahimani qo'yaverasiz , endi u bo'ladi bu bo'ladi qimmatchilik xar hil gap so'zlar bo'layapti , biz bunday narsani avval ko'rmagandi ichimizda hadik ham qo'rquv ham bor edi va yana o'qishdan qutulganimizga hursand ham edik vaziyat bu darajada og'ir bob ketishini bilmagandik axr . Mendan hatto Toshkentdan kelganimga biroz yon atrofimdagilar hadiksarardi ham . Bu yurtimizda karonavirus chiqqan birinchi kunimiz edi ....
Shundan so'ng oradan vaqtlar o'tdi orada o'zim karonavirus bo'ldim , dadam karonavirus bo'ldi ....
Onam bizni deb juda katta jasorat ko'rsatgan birinchi chetdan kelganlarga karantin zonaga borib 14- kunli karantinga lagerga ketdi ....
Uhhu tarixda hali yuz bermagan voqealar bolganini biz ko'rdik lekin, karantin sababli haj safariga borisholmadi odamlar Ka'bani qushlar tavof qildi ......
Kim kimligini ko'rdik karantindan foydalanib pul ishlaganlar qancha odamiylikni yoqotganlar qancha , ayniqsa un , yog' qimmatlashgani , chesnok , isiriq ..... eslab odam kulgisi keladi haqatta ....
Ko'pchilik insofga keldi ko'pchilik odamiylikni yo'qotti va bu narsalar hammasi yaxshilikka bo'lgan deb o'ylayman men Allohni hamma borligini sezdi....eslamaydiganlar ham esladi .
Exxe gapiraman desam gaplar ko'p ekan ,hotiralar ko'p ekan , kitob yozsam ham bo'lar ekan 😊 . Hammamizda Alloh o'zi rozi bo'lsin . Hushnuk aka sizga rahmat ancha hotiralar esga tushdi mazza qildim eslab ...
1hls nima boʻldi
Show next 67 comments