Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Umr oqar daryo degani to'g'ri gap, bir pasda 2 yil ham o'tdi va alhamdullillah bu sinovdan ham o'tdik. 2020yil mart oyida(2-15 mart) Yevropaga biznes safarimni 29 Fevral kuni bekor qilganman: to'g'ri otel va aviabilet bronlardan jarimalar to'lashga majbur bo'lganman, lekin hammasi hayrli ekan: bo'lmasa kovid markazlarida 3-4 oy qolib ketardim. Ayniqsa eng qizig'i: aynan 15 mart kuni Parij-Toshkent reysi edim qaytish biletim, bu degani O'zbekistonga birinchi kovidni olib kelgan deb malomatga qolardim hammadan:).
Assalomu alaykum, men maktab bitiruvchisiman, oʻsha yili 9-sinf oʻquvchisi edim litseyga tayyorgarlik koʻrayotgan edim. Lekin litseyga kirolmadim. Mana tezlik bilan 2 yil oʻtibdi, hozir oliygohga tayyorlanyapman. (oʻzim Bahmal tumanida yashardim Jizzax shahrida oʻqirdim, hozir ham shunday)
Oʻsha payti bu virusni ancha xavfli boʻlsa kerak deb oʻylagandim, men oʻylaganimdan biroz xavfsizroq ekan. Oʻshanda toʻgʻrisi men uyga ketayotganimdan xursand edim, karantinni 2 hafta boʻladi deb oʻylaganman😁, lekin uzoq davom etdi. Oʻsha payti oilam bilan boʻlganimgami bir tomondan baxtiyor edim, yomgʻir ham bu yilgidek serob yoqqandi oʻshanda. Ramazon oyi ham oʻshanda oʻzgacha boʻlgan men uchun. Negadir unchalik virus haqida oʻylamasdim, yoki hozir shunday tuyulyaptimi.
Oilamizda hech kim oʻsha yili COVID boʻlmagan. Bu holat tumanimizda 2021-yil yoz oyida avj oldi, oilada hammamiz ushbu virusga chalindik, haliyam boshlanishidayoq buning oldini oldik, lekin rosa odam yashashni xohlarkan shu paytda. Xullas, karantinni menga bir yaxshi tomoni maktab darslarida oʻz uyimdan turib online qatnashdim(shunday paytlarda baxtli edim, baribir oʻz uying oʻlan toʻshaging ekan). Yomon tomoni esa darslarni chuqur oʻzlashtirmadim, yuzaki yondashuv tufayli koʻp bilim ololmadim (shu sababli litseyga kirolmagandirman balki). Har bir narsada xikmat bor. Lekin oʻshandagi Ramazon oyi juda esda qolarli, zoʻr boʻlgandi. Bu yil ham Ramazon shunday oʻtsin.

Doim sogʻ omon boʻlingizlar.
Opajonimni yòqotgan kunim eh nimagayam shunaqa bòldi agar shunday bolmaganda hozir opam bilan baxtli yashardim. Afsus lekin shu oxirgi kun haliyam kòz òngimda
Manga omadli keldi talaba boʻldim 😅 2ta fan oʻqib 😎😜
Assalomu alaykum Xushnud aka prasmotrilaringiz kamayibdi lekin ko'paymadi 2 yil davomida.
2020-432797
2022-432748
🎓Maftuna Jabborova
Karantin!!!! Bu so'z zamirida juda kuchli vahima va qo'rquv yotadi. Men aynan 2 yil avval talabalik davrimning oxirgi 4- kursida o'qir edim. TTJ dagi barcha talabalar 15-mart kuni bu xabarni eshitiboq tum - taraqay uylariga jo'nashni boshlashdi. Men ham uyga qaytdim. Hammasi keyin boshlandi. Atrofda vahimali xabarlar, qimmatlashgan oziq ovqat mahsulotlari va dori darmonlar taqchilligi. Uyga kelib juda zerikdim, hattoki maska tikib sotsanmikan degan fikr uyg'ondi menda, darxol bu fikrimdan qaytdim. Chunki insonlar maskani tekin tarqatayotgan bir paytda men sotamanmi? Lekin shu darajaga borgan insonlarni eshitdim: bozorda maska olasizmi deb bir yosh yigit maska uzatsa, tekin bo'lsa olamiz deydigan odamlar ham bor ekan.......
Karantinda men uchun eng achinarlisi, sevimli buvijonimni yo'qotdim, joylari jannatda bo'lsin. Yana kursdoshlarim bilan oxirgi uchrashuvlar, diplom olish marosimlarini o'tkazolmadik va hattoki esdalik venetkaga ham rasmga tusha olmadik. Imtihondan o'tgan talabalar suv sepishardi shalabbo bo"lishib. Biz ko'rib havas qilardik. Essiz bizga nasib etmadi. Ammo bu ham yaxshilikka, chunki hech kim davlat imtihonidan yiqilmadi😊hammamiz a'lo bahoga topshirdik.
Xulosa sifatida aytamanki, karantin bizga har taraflama saboq bo'ldi.
Madina Isroilovna
Menda yomon taassurotlar yomon xayollar bilan qoldi bu 2yil dadajonim shu kasallikdan vafot etdilar bu yo‘qotishni haliyam ko‘tarolmayapman. Yaqinlarmini asrashni borida qadrlashni òrgandim. O‘zim magistraturaga o‘qishga kirdim, 2farzandim tug‘ildi. Topganlarim ham bo‘ldi, lekin yo‘qotishlar mani dovdiratib qoydi.
Madina Temirova
Нодирбек
Ajoyib hikoya
😊😊😊
Ooohhh yarani yangiladizda. Òsha payt nimani his qilishniyam bilmaganman. Hamma kabi ichimda faqat endi nima bòlarkin degan hadik bòlgan. Lekin yuqtirmaslikka astoydildan harakat qilganman, chunki homilador edim. Farzandim soĝlom tuĝilishi uchun hamma narsaga tayyor bòlganman. Uydan hatto bir qadamam tashqariga chiqmaganman 5 oy davomida. Lekin òsha paytlarda ya'ni ayniqsa aprel oyidagi qattiq karantinda ekologiyamiz biz insoniyat dastidan bir muddat dam olib mazza qilgani rost. Havolarimiz naqadar toza bòlgani juda aniq sezilgan edi. Ayniqsa tuĝilgan kunimda 8-aprelda yoqqan tizza baravar qor sònggi bir necha 10 yillik uchun sensatsiya edi. Òsha soĝlom tuĝilishidan xavfsirab 5 oy uyda òtirgan farzandim hozir 1.5 yoshda Alhamdulillah
Meni koʻz oldimga faqat qoʻshnimiz 2xalta kartoshkani olib kelgani keladi.🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️
Muhabbat Sultonova
Каронавирусни Ўзбекистонга хам етиб келганини эшитиб бироз хафа бўлдим лекин кунглим хотиржам эди чунки илгари хам пандимия бўлган ва енгиб ўтганимизни тарихини билар эдим шунинг учун енгишимизга ишондим
Дилафруз Иномжонова
Мени иш жойим қўшни туманда бўлганлиги учун карантин эълон қилингандан кейин турмаш ўртоғим мени ўз автомашинасида, махсус рухсатнома билан иш жойима 40 кун олиб-бориб келди.Ишонсангиз 25 км. йўл давомида бирор дона машина учрамаган вактлар ҳам бўлди.Рости йиғлагим келиб борар эдим ишга.Кўчаларда ҳеч-ким йўқ бўлса жуда хунук бўлар экан.эхтиёт чорасини кўрсам ҳам касалликни юқтириб олдим,камига хўжайинимга ҳам юқтириб қўйдим. Тортган азобларимни гапиришга тил ожиз.Касаллик жуда оғир ўтди.18 кун овқат емай ётдим.Оллохга шукур тузилиб кетдик.
Muqaddas Baxadir qizi
Qaytib kelmasin koronavirus. Ollohim hammamizani asrasin!
Фарангиз
Maktabni bitiradigan yilimiz edi. Birinchi bõlib sõngi qõnğiroqgacha ochilsa kerak degan fikr kelgan 😂
Maktabni online tugatdik. Institutga 2 ta fan õqib kirdim. Zõr õtdi karantin ham.
Qatga kirdiz uqishga?
Insoniyat boshiga sinov boʻldi Alloh rasmli va mexribon
juda qòrqqandim. òzimdan emas yaqinlarimni boshiga tushishidan
òzim uyda òtirardim
Show next 69 comments