Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Фарангиз
Maktabni bitiradigan yilimiz edi. Birinchi bõlib sõngi qõnğiroqgacha ochilsa kerak degan fikr kelgan 😂
Maktabni online tugatdik. Institutga 2 ta fan õqib kirdim. Zõr õtdi karantin ham.
Qatga kirdiz uqishga?
Insoniyat boshiga sinov boʻldi Alloh rasmli va mexribon
juda qòrqqandim. òzimdan emas yaqinlarimni boshiga tushishidan
òzim uyda òtirardim
Exx bu Karona Virus juda ko'p hotiralar ,taassurotlar qolgan menda .Ko'p yozib yuboraman avvaldan aytib qo'yay 😊.
Covid -19 bilan kasallangan odam chiqqanida bizning yurtda ham aniq eslayman do'stim 1- yillik armiyadan kelgandi o'sha kuni 15- mart edi .Men Toshkentda O'zMU 2 -kurs talabasi edim ,huddiki bilgande ham bayram arafasi ekanligigami ertaro Andijonga uyimga kelgandim . Hullas do'stim kelgan 1-yillik hizmatdan qo'y so'yilgan osh va sho'rva bo'layotgan edi , endi vahimani qo'yaverasiz , endi u bo'ladi bu bo'ladi qimmatchilik xar hil gap so'zlar bo'layapti , biz bunday narsani avval ko'rmagandi ichimizda hadik ham qo'rquv ham bor edi va yana o'qishdan qutulganimizga hursand ham edik vaziyat bu darajada og'ir bob ketishini bilmagandik axr . Mendan hatto Toshkentdan kelganimga biroz yon atrofimdagilar hadiksarardi ham . Bu yurtimizda karonavirus chiqqan birinchi kunimiz edi ....
Shundan so'ng oradan vaqtlar o'tdi orada o'zim karonavirus bo'ldim , dadam karonavirus bo'ldi ....
Onam bizni deb juda katta jasorat ko'rsatgan birinchi chetdan kelganlarga karantin zonaga borib 14- kunli karantinga lagerga ketdi ....
Uhhu tarixda hali yuz bermagan voqealar bolganini biz ko'rdik lekin, karantin sababli haj safariga borisholmadi odamlar Ka'bani qushlar tavof qildi ......
Kim kimligini ko'rdik karantindan foydalanib pul ishlaganlar qancha odamiylikni yoqotganlar qancha , ayniqsa un , yog' qimmatlashgani , chesnok , isiriq ..... eslab odam kulgisi keladi haqatta ....
Ko'pchilik insofga keldi ko'pchilik odamiylikni yo'qotti va bu narsalar hammasi yaxshilikka bo'lgan deb o'ylayman men Allohni hamma borligini sezdi....eslamaydiganlar ham esladi .
Exxe gapiraman desam gaplar ko'p ekan ,hotiralar ko'p ekan , kitob yozsam ham bo'lar ekan 😊 . Hammamizda Alloh o'zi rozi bo'lsin . Hushnuk aka sizga rahmat ancha hotiralar esga tushdi mazza qildim eslab ...
1hls nima boʻldi
Karantinda uyda tayyorlanib ôqishga kirganman. Men uchun omadli yil bôldi 2020-yil.
Kimgadur yaxshi kimgadur yomon xotiralar!
Men oilam bilan Dubai da edik.men turizmda ishlar edim.u yerda ham pandemiya sabab ommaviy sokrasheniega tushganman.Aksiga olib huddi o’sha kunlari O’zbekiston ham chegaralarni yopdi,shu bilan deyarli 1,5 oy o’sha yerda “karantin” qilganmiz.
Men uchun rossayam dabdalaaa bo'ldi manashu ikki yil
Farzandlarim 1- 3- sinflarda o‘qishardi, kurslarga borardi. O‘sha paytda ularni bilimsiz bo‘lishidan xavotirlanardim. Keyinchaluk ota onam bu kasallik bilan og‘rib qolishidan xavotirlandim. Eeeeh manaman deganlar ham chorasiz qolishini anglab yetdim. Eng muhimi TINCHLIK , XOTIRJAMLIK
Alqarova
Men uchun xuddi hamma yoq qop qirini bb qilgandek boʻldi. Lekin inson zoti hamma narsaga koʻnikar ekan..., Ollohga shukur hammasi yaxshi ilohim barchamiz olloxning panohida boʻlaylik
Kimlar uchun omadli, kimlar uchundir qayg'uli yana ba'zi insonlar uchun esa o'z o'rnini (haddini) bilib olishga turtki ham buldi. Menda esa ijobiy tarafga o'zgarish bo'ldi.Alhamdulillah barchasiga asta sekin erishyabman!!!
Зур буганди карантин 22 март ишга кетиб 1 июнда уйга келгандим 72 кун Карл ишда
Otabek Hasanov
Assalom-u alaykum Xushnudbek aka bu davr hamma bir -birimizni qadrimizga yedik Ha aytganday umra safariz muborak bo'lsin qilgan duolariz ijobat bo'lsin.
2 чисида 15 июнда карантинга кириб ишга чикганман 15 июндан-6 сентябргача ишда колганман аммо пулниям олдик уша пайтлар уртада коронавирус булиб 1 хафта ётдим
Otabek Hasanov
Shifokor biz uchun qadrli ekanligini angladik
Assalomu alaykum men tayyorlanib yurgandim kn karantin bòlib qolib ketti darslar ham lekin ohirida òqishga kirdim.Keyin online òqidik 😂 shunaqa gaplar.
Repetitorda o'qir edim. Hafa boganman imtihonlarga tayyorlanolmay qolib ketamanmi endi deb.
Show next 54 comments