Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Men oilam bilan Dubai da edik.men turizmda ishlar edim.u yerda ham pandemiya sabab ommaviy sokrasheniega tushganman.Aksiga olib huddi o’sha kunlari O’zbekiston ham chegaralarni yopdi,shu bilan deyarli 1,5 oy o’sha yerda “karantin” qilganmiz.
Men uchun rossayam dabdalaaa bo'ldi manashu ikki yil
Farzandlarim 1- 3- sinflarda o‘qishardi, kurslarga borardi. O‘sha paytda ularni bilimsiz bo‘lishidan xavotirlanardim. Keyinchaluk ota onam bu kasallik bilan og‘rib qolishidan xavotirlandim. Eeeeh manaman deganlar ham chorasiz qolishini anglab yetdim. Eng muhimi TINCHLIK , XOTIRJAMLIK
Alqarova
Men uchun xuddi hamma yoq qop qirini bb qilgandek boʻldi. Lekin inson zoti hamma narsaga koʻnikar ekan..., Ollohga shukur hammasi yaxshi ilohim barchamiz olloxning panohida boʻlaylik
Kimlar uchun omadli, kimlar uchundir qayg'uli yana ba'zi insonlar uchun esa o'z o'rnini (haddini) bilib olishga turtki ham buldi. Menda esa ijobiy tarafga o'zgarish bo'ldi.Alhamdulillah barchasiga asta sekin erishyabman!!!
Зур буганди карантин 22 март ишга кетиб 1 июнда уйга келгандим 72 кун Карл ишда
Otabek Hasanov
Assalom-u alaykum Xushnudbek aka bu davr hamma bir -birimizni qadrimizga yedik Ha aytganday umra safariz muborak bo'lsin qilgan duolariz ijobat bo'lsin.
2 чисида 15 июнда карантинга кириб ишга чикганман 15 июндан-6 сентябргача ишда колганман аммо пулниям олдик уша пайтлар уртада коронавирус булиб 1 хафта ётдим
Otabek Hasanov
Shifokor biz uchun qadrli ekanligini angladik
Assalomu alaykum men tayyorlanib yurgandim kn karantin bòlib qolib ketti darslar ham lekin ohirida òqishga kirdim.Keyin online òqidik 😂 shunaqa gaplar.
Repetitorda o'qir edim. Hafa boganman imtihonlarga tayyorlanolmay qolib ketamanmi endi deb.
Анваровна
Уйда онлайн таййорланиб талаба булдим 2020 да.. ва совид хам булдим.. карантин купчилик унутган гигиенани,борига щукр килишни, мехр окибатли булишни ургатди..
исмаилова
З та якинимни йукотдим ковид туфайли😢😢
Oʻqiwga kirolmay qoldimda shunisi yomon boʻldi.Ln bu yil budjet asosida kirdim😆😆😄😄😄
Yangi uylangan kuyov edim.
22kg semirganman!..
🍎🍋🥝🍒🍍🍏🍅🍐àena2ewpp pm ll l l .
Qancha qancha odamla o,tib ketdi ollox raxmat qisin man faqat wuni bilaman
Birinchi karantin e'lon qiinganda xuddi urush paytiga tushib qolgandek his qildim.Hech qayerga chiqmadik.Shahar markaziga chiqib kelganda 2 minglik yolkira 15 mingga chiqdi.Ilgari isitma,yo'tal xolsizlanish oddiy gripp deb qaran bo'lsak karantinda vaxima edi.Yaqinlarim kasal bo'lganda siqilib juda yig'laganman.
Avvaliga Vaqt negadir tuxtab qolganday tuyuldi,chunki man õqituvchiman, ertalabdan shoshib darsga ketishga urgangan ekanman. keyin esa har qanday orzu havaslarsiz, faqat tirik qolishni uylab yashash qanaqa bõlishligini, covitga chalinga ota-onamni faqat telefondan axvollarini bilib turish azobi, har kuni ularning diydorini yana bir kurish nasib etsin deya qilgan duolarim.......
Oxiri yaxshilik bilan tugadi
Bu bir bizga sinov ekanini tushuntirib ketti shu ikki yil.
Show next 44 comments