Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?
Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.
Айрим маълумотлар:
1️⃣ 2018 йилгача
Саволлар сони:
108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун:
3 соат
Бўяш учун:
20 дақиқа
Жами:
200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш):
1 дақиқаю 51 сония
2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар
Саволлар сони:
90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт:
3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш):
2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами
9 дақиқа вақт қўшиб берилди.
3️⃣ 2020 йил
Саволлар сони:
60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт:
2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш):
2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.
❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.
👉 @xushnudbek 👈
( menimcha) taxmin qilishgandi karantin hali cho'zilishini o'sha vaqtlardayoq. Siyosatga aralashmoqchi emasman. Biroq 5 oydan buyon karantin lekin kasallar soni ko'payishda davom etyaptiku. Koronavirusga chalingan va harorati yuqori bo'lgan abirurentlar imtihonga kirgizilmas ekan, sanitariya qoidalariga amal qilgan holda imtihon topshiradigan bo'lsak, biz rozimiz axir imtihonga 2 marta bo'lsa ham borishga. Shunday ekan mas'ullar faqatgina abiturentlarning 1 martagina kelib ketishi uchun shunday qildik deyishgani men kabi barcha bo'lajak jurnalistlarning e'tiroziga sabab bo'lmoqda axir. Balki ijodiy imtihonga yillab tayyorlanib yurganlar bordir. Shunaqa blokni o'zgartirish niyatlari bor ekan nega endi imtihonga 22 kun qolganda o'zgartirishadi??? Bu nohaqlikning o'ta ketgani axir. Shuni ham aytmoqchimanki, DTM biz uchun shu paytgacha turli xil o'zgartirishlar bilan(kinoya qildim shu yerda chunki biz DTM ning rasmiy ma'lumot berishini har daqiqa kutib yashadik) axiyri yaratib bergan qulay imkoniyatlari uchun tashakkur. Xushnud aka siz ham jurnalistsizn blogersiz. Bo'lajak jurnalistlarni qo'llab - quvvatlashingizni juda juda iltimos qilib qolardim. Tez orada kanalingizda mening murojaatim yuzasidan biror ijobiy post yoki fikringizni kutib qolaman. Iltimos DTM rahbariyati ko'plab ota- onalarning qarg'ishini olishda yana davom etmang. Shu paytgacha bo'lgan korrupsiya haqidagi noroziliklar yetar balki. DTM xodimlarining ham jurnalist bo'lmoqchi bo'lgan bolasi bordir axir. Ushbu murojaatim shunchaki comment sifatida qolib ketmasligini Xushnud akadan iltimos qilib qolardim.