Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
Eeee bunaqa gapla faqat ijtimoiy gumanitar, iqtisodchila uchundir, fizika matematikamasda 2 soatga ham ishlab ham titulni belgilab bomaydida, ulugurish juda qiyiiiin, solishtirmang avvalgi yilla bilan 36 tàlikni savollarini oğzaki yechsa boladi, fizikaga har yil yangi savol tushadi, qancha osonlashsayam padarka tushmaydi fizika matematika, ijtimoiylaga 1 soat kop aslida
Rustam Fayzullayev
Xushnud aka to'g'ri gaplarni aytibdi
... no name
Uzbekistan
Abituriyent ukalar! Barchaga salom! Yaxshimisizlar? Avvalo, barcha mehnat qilayotgan, chin dildan òqiyotgan ukalarimiz, singillarimizga omad yor bòlishi tilab qolaman! - ukalar, bir narsaga etibor beringlar, Alloh hammaga rizq beradi, u rizqga hamma òzicha erishadi, ushbu kirish imtihoni ham avvalo sizlarga berilgan rizq, mevasi esa - uning a'lo natijasidir. Alloh bandasi sòraganini albatta ijobat qiladi: kimdirga erta, kimdirga esa kech. Bu albatta odamni harakati, mehnatiga ham boģliq. Sizning "jang" maydoningiz ayni vaqtda 2-sentabrdan boshlanuvchi imtihonga chin qalbdan tayyorlanish, sizga albatta talabalik nasib etadi, balki shu safar, balki keyingi safar. Uyquni "harom" aylaydigan payt keldi ukalarim, mehnatni doimgidan 2 baravar oshirish kerak, uyqusizlikdan "òlgan" odamni eshitmaganman shu paytgacha, 20 kun uxlamasangiz siz ham òlmaysiz, erta tong Allohdan chin dildan sòrang, Alloh beradi albatta, mehnatni bor imkoniyatingizcha qiling, buni siz eplay olasiz, sizning erishgan yutuģingizdan ota-onangiz shunchalik faxrlansinlarki, qilgan mehnatingiz, uxlamagan tunlaringizga ham shukronalik keltirasiz. Bu albatta ijobat bòladigan natija, orzu demakdir! Siz mehnat qilib charchamang, Alloh sizga berib charchamaydi, Inshaa Alloh bilimi bor abituriyent istagiga erishadi!!!! "Mehnat bugundanmi? Yoki bugun dammi?" Hozir uyqu ham ortiqcha bòlgan payt, uyquni ham yiģishtiring ey abituriyent! Sòzim sònggida sizlarga òzim abituriyentlik paytimdagi menga motivatsiya bergan qisqa jumlani eslatmoqchiman::: " Uxlama abituriyent axli ayni mehnat payti !!!" Hurmat bilan Shahzodbek, TATU Farg'ona filiali talabasi .
yooqol jallap
Шахло Султонова
Raxmat Xushnudbek fikrlariz manga yoqdi. 👏👏👏Biroz bo'lsada ko'nglimiz xotirjam bo'ldi. Nasib bolsa hammasiga ulgurib o'zimizni oqlash hamma abituriyentlarga Nasib qilsin🤲🤲🤲
Turli xil gaplarni yozgandan kora hammamiz oqib tayorlanishimiz kerak.Bilimli va oziga ishongan abituriyent hech qachon yengilmaydi va unga turli bahonalarning ham keragi yoq.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Endi ingliz tili va matematika fanlaridan imtihon topshiradiganlarda ingliz tili fanidan imtiyoz boʻlsa matematika uchun atigi 1 soat qoladi. Lekin matematika ancha hisob kitob va vaqt talab qiladi. Tarix yoki ona tili va ingliz tili fanlaridan imtihon topshiradiganlarda ingliz tili fanidan imtiyoz boʻlsa ular faqat bir fanni fikrlab belgilaydi , hech qanaqa ortiqcha yozuv chizishsiz , shu yerda adolatsizlik boʻlib qolmayaptimikan?! Mening fikrimcha ingliz matematika fanlaridan imtihon topshiruvchilarga hech boʻlmasa 20 daqiqa qoʻshib berilishi shart!
Asilbek
2 soat yetarli menimcha
W@no
To'ri bu yil hammasi haqooniy boladi dgan umdiaman
Unday bo'lmasa kerak. Chunki ular to'g'ri bo'lganda bu narsani isbotlab qoyar edi. 30 talik har bir fandan misol tariqasida manbasi bilan chiqarib qoyar edi. Lekin unday qilmaydi. Baxonalar juda ko'p. Bu baxonalarni maktab bolasi har kuni darsga kechikib kelganda aytadigan baxonalarga o'xshaydi. Hamma hayratda🤦🏻‍♂️
Shaxsan, o'qituvchi sifatida, blokdagi fanlarga qarab vaqt berilishining tarafdoriman, Lekin bizdan Yoshi va amali kattaroqlar shuni to'g'ri Deb bilgan ekan demak ikki soatda ham bilimli abiturent öz bilimini isbotlay oladi , barcha abiturentlarga omad! Olg'a . Büyük ishlar soniyalarda ham amalga oshirilgan ,sizning vaqtingiz İKKİ SOAT, eheeeeee.....
Ox ox manam bir paytlar abiturient edm siqilb yurardm xozr studentman xich balo bn ishim yoq bir soat beradimi boshqami hammaga studentlik nasib qisin
Kmga qanaqa kimlar uchundir 2 soat ko'p ham
Asilbek
Bu yil e sinov dagi dek test tushadimikan
Assalomu aleykum Xushnud aka. Sizga iltimosim va murojaatim bor edi. Imtihonga berilayotgan vaqtdan mayli roziman e'tirozim yo'q. Ammo jurnalistikaga topshirganlar uchun blokida ijodiy imtihon olib tashlandi va ingliz tili qo'yildi karantin sababli albatta. Lekin bizda karantin 5 oydan buyon davom etmoqda. Mas'ullar
( menimcha) taxmin qilishgandi karantin hali cho'zilishini o'sha vaqtlardayoq. Siyosatga aralashmoqchi emasman. Biroq 5 oydan buyon karantin lekin kasallar soni ko'payishda davom etyaptiku. Koronavirusga chalingan va harorati yuqori bo'lgan abirurentlar imtihonga kirgizilmas ekan, sanitariya qoidalariga amal qilgan holda imtihon topshiradigan bo'lsak, biz rozimiz axir imtihonga 2 marta bo'lsa ham borishga. Shunday ekan mas'ullar faqatgina abiturentlarning 1 martagina kelib ketishi uchun shunday qildik deyishgani men kabi barcha bo'lajak jurnalistlarning e'tiroziga sabab bo'lmoqda axir. Balki ijodiy imtihonga yillab tayyorlanib yurganlar bordir. Shunaqa blokni o'zgartirish niyatlari bor ekan nega endi imtihonga 22 kun qolganda o'zgartirishadi??? Bu nohaqlikning o'ta ketgani axir. Shuni ham aytmoqchimanki, DTM biz uchun shu paytgacha turli xil o'zgartirishlar bilan(kinoya qildim shu yerda chunki biz DTM ning rasmiy ma'lumot berishini har daqiqa kutib yashadik) axiyri yaratib bergan qulay imkoniyatlari uchun tashakkur. Xushnud aka siz ham jurnalistsizn blogersiz. Bo'lajak jurnalistlarni qo'llab - quvvatlashingizni juda juda iltimos qilib qolardim. Tez orada kanalingizda mening murojaatim yuzasidan biror ijobiy post yoki fikringizni kutib qolaman. Iltimos DTM rahbariyati ko'plab ota- onalarning qarg'ishini olishda yana davom etmang. Shu paytgacha bo'lgan korrupsiya haqidagi noroziliklar yetar balki. DTM xodimlarining ham jurnalist bo'lmoqchi bo'lgan bolasi bordir axir. Ushbu murojaatim shunchaki comment sifatida qolib ketmasligini Xushnud akadan iltimos qilib qolardim.
titulni bo'yashga ozroq vaqt qo'shishsa yaxshi bo'lardi
Sardor Xayitmuradov
dtm agenti dsama
Rostan eturin. Nma savoliz boridi ozi
Show next 100 comments