Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum Xushnud aka. Sizga iltimosim va murojaatim bor edi. Imtihonga berilayotgan vaqtdan mayli roziman e'tirozim yo'q. Ammo jurnalistikaga topshirganlar uchun blokida ijodiy imtihon olib tashlandi va ingliz tili qo'yildi karantin sababli albatta. Lekin bizda karantin 5 oydan buyon davom etmoqda. Mas'ullar
( menimcha) taxmin qilishgandi karantin hali cho'zilishini o'sha vaqtlardayoq. Siyosatga aralashmoqchi emasman. Biroq 5 oydan buyon karantin lekin kasallar soni ko'payishda davom etyaptiku. Koronavirusga chalingan va harorati yuqori bo'lgan abirurentlar imtihonga kirgizilmas ekan, sanitariya qoidalariga amal qilgan holda imtihon topshiradigan bo'lsak, biz rozimiz axir imtihonga 2 marta bo'lsa ham borishga. Shunday ekan mas'ullar faqatgina abiturentlarning 1 martagina kelib ketishi uchun shunday qildik deyishgani men kabi barcha bo'lajak jurnalistlarning e'tiroziga sabab bo'lmoqda axir. Balki ijodiy imtihonga yillab tayyorlanib yurganlar bordir. Shunaqa blokni o'zgartirish niyatlari bor ekan nega endi imtihonga 22 kun qolganda o'zgartirishadi??? Bu nohaqlikning o'ta ketgani axir. Shuni ham aytmoqchimanki, DTM biz uchun shu paytgacha turli xil o'zgartirishlar bilan(kinoya qildim shu yerda chunki biz DTM ning rasmiy ma'lumot berishini har daqiqa kutib yashadik) axiyri yaratib bergan qulay imkoniyatlari uchun tashakkur. Xushnud aka siz ham jurnalistsizn blogersiz. Bo'lajak jurnalistlarni qo'llab - quvvatlashingizni juda juda iltimos qilib qolardim. Tez orada kanalingizda mening murojaatim yuzasidan biror ijobiy post yoki fikringizni kutib qolaman. Iltimos DTM rahbariyati ko'plab ota- onalarning qarg'ishini olishda yana davom etmang. Shu paytgacha bo'lgan korrupsiya haqidagi noroziliklar yetar balki. DTM xodimlarining ham jurnalist bo'lmoqchi bo'lgan bolasi bordir axir. Ushbu murojaatim shunchaki comment sifatida qolib ketmasligini Xushnud akadan iltimos qilib qolardim.
titulni bo'yashga ozroq vaqt qo'shishsa yaxshi bo'lardi
Sardor Xayitmuradov
dtm agenti dsama
Rostan eturin. Nma savoliz boridi ozi
Rohatoy Nabiyevna
М.Мадинани гапига кушиламан.
Nahotki sizlarga 5 ta fanni 2 ta qilgani yetmadi? Nima qilardizlar oqir edizlarku 5 ta desa! 3 ta fanni olip uni vaqtini ham qoldirsinmi?
Menga ham qiziq
Rustam Fayzullayev
Ingliz tilidan ko'pi 5-10 sekundda yechsa bo'ladi savollarni, tekstlardan tashqari
Lekin Fizika yoki Kimyo uchun 2 soat vaqt yetadi deb o‘ylamayman
Hammasi toʻgʻri bunga nega hafa boʻlamiz. 👍👍👍👍👍👏👏👏
Brat tugri yuldasiz
DTM dan kimdir bizni kuzatib ham turgandir. Kulib o'tirgandir ham lekin, bu kunlar o'zini farzandini boshiga tushsa biladi. O'zini yaqin insoni o'qishdan yiqilganida biladi. DTM har yil har qanday vada berishni o'rniga savollar juda qiyin bo'ladi deb qoysin. Abuturientlar shunga qarab tayyorlanadi. Nima kerak har yil xalqni aldab. Avvaliga 3 soat deyildi. Keyin har xil vajlar bilan 2 soat deyildi. Galda tutruq bo'lishi kerak. Erkak bo'lish kerak salgina bo'lsa ham.
Assalomu alaykum,Xushnud aka va kanal a'zolari,men 2017~yil talaba bo‘lganman,ungacha 3yil o‘qishga kirolmaganman, aytganingizdek,2016~yil shunaqangi qaqshatqich misollar tushgan matelatikadanam,ingliz tilidan ham (ona tili fanida tayyorlanmagandim,uniyam qiyin deyishgandi). Endi vaqt masalasida to‘xtalgan ekanmiz,appelyatsiyaga berganman,dtm eksporti matematikadan chiqmagan misolimni 17minut ishladi,bu vaqtda A4 qoralama varoqdan 5tasi to‘ldi,o‘shandayam chiqqan javob 4ta variantning ichida yo‘q. Arifmetik xato qilganman bolajonim,uyda qaytadan ko‘rib chiqarsan deb chiqarvordi. Shunda aytgandim ustoz,siz eksport bo‘lib turib bitta misolga 17minut sarfladingiz,bechora abiturientlar nima qilsin deb chiqib qaytuvdim. Hozir vaziyat ancha yaxshi,5ta fan, super~kantrakt,yana 2ta blok, oson misollar... Noshukur bo‘lmaylik,azizlar
Vaqt hamma uchun barobar. Kimki mehnat qilib tayyorlangan bólsa va taqdirida talaba bòlish yozilgan bólsa òsha kiradi òqishga. Vaqtni nolishga sarflagandan kóra testga tayyorgarlikka sarflash kerak.
Show next 100 comments