Sport dasturlashi boʻyicha “Hokim olimpiadasi” ikki bosqichda oʻtkaziladi!

Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining 7-8 sinf oʻquvchilari uchun informatika (sport dasturlashi) boʻyicha olimpiada Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda ikki bosqichda: onlayn (9-dekabr) va oflayn (21-dekabr) tarzda oʻtkaziladi.

🔘 Onlayn bosqichi robocontest.uz platformasida 9-dekabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Unda saralangan 80 nafar oʻquvchi 21-dekabr kuni Xorazm IT park binosida oflayn tarzda ishtirok etishadi.

Gʻoliblar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

➡️ Roʻyxatdan oʻtish: ➡️ https://shorturl.at/0UHIP

🚀 Olimpiada haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun @bazarbaevs telegram kanalini muntazam kuzatib boring.

23 comments

Умида🌹🌷
Aslomu alaykum
Qanday qatnashamiz
Qanday roʻyxatdan oʻtsak boʻladi?
Alisher
Qanday roʻyxatdan oʻtsak boʻladi?
Havola qoʻyilganku, nahot e’lonni toʻliq oʻqish imkonsiz?
Jumaniyozova Mahliyo Qahramonovna
Assalomu aleykum bu yilgi hokim olimpiadasining final bosqichi qachon õtkaziladi.
Ассалому алайкум админ. Хоким олимпиадасини ташкиьотчиларига эътирозимиз бор. Хар сафар олимпиада тугагач такдирлаш хам , хеч булмаса дипломни хам бермайдилар .Укувчилар пулни бермаса кечикиб булсаям охири берар , лекин икки марта голиб булган укувчиларимиз дипломатия кулинария ололмадилар!!!
Бунга жавобгар шахс борми.
S B
Havola qoʻyilganku, nahot e’lonni toʻliq oʻqish imkonsiz?
siz 11:04 da o'zgartirgansiz men 10:05 da yozganan shunga ham qarang
Kamulbayev
siz 11:04 da o'zgartirgansiz men 10:05 da yozganan shunga ham qarang
Xabarni oʻzgarmagan versigasida ham hozirgisida havola shu. Oldingisida

Robocontest.uz/register edi. Farq yoʻq.
Ulugʻbek Roximow
Roʻyxatdan qanday oʻtishi mumkin
Show next 10 comments