Sport dasturlashi boʻyicha “Hokim olimpiadasi” ikki bosqichda oʻtkaziladi!

Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining 7-8 sinf oʻquvchilari uchun informatika (sport dasturlashi) boʻyicha olimpiada Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda ikki bosqichda: onlayn (9-dekabr) va oflayn (21-dekabr) tarzda oʻtkaziladi.

🔘 Onlayn bosqichi robocontest.uz platformasida 9-dekabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Unda saralangan 80 nafar oʻquvchi 21-dekabr kuni Xorazm IT park binosida oflayn tarzda ishtirok etishadi.

Gʻoliblar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

➡️ Roʻyxatdan oʻtish: ➡️ https://shorturl.at/0UHIP

🚀 Olimpiada haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun @bazarbaevs telegram kanalini muntazam kuzatib boring.

23 comments

Show 1 more comment
Qanday qatnashamiz
Qanday roʻyxatdan oʻtsak boʻladi?
Alisher
Qanday roʻyxatdan oʻtsak boʻladi?
Havola qoʻyilganku, nahot e’lonni toʻliq oʻqish imkonsiz?
Jumaniyozova Mahliyo Qahramonovna
Assalomu aleykum bu yilgi hokim olimpiadasining final bosqichi qachon õtkaziladi.
Ассалому алайкум админ. Хоким олимпиадасини ташкиьотчиларига эътирозимиз бор. Хар сафар олимпиада тугагач такдирлаш хам , хеч булмаса дипломни хам бермайдилар .Укувчилар пулни бермаса кечикиб булсаям охири берар , лекин икки марта голиб булган укувчиларимиз дипломатия кулинария ололмадилар!!!
Бунга жавобгар шахс борми.
S B
Havola qoʻyilganku, nahot e’lonni toʻliq oʻqish imkonsiz?
siz 11:04 da o'zgartirgansiz men 10:05 da yozganan shunga ham qarang
Kamulbayev
siz 11:04 da o'zgartirgansiz men 10:05 da yozganan shunga ham qarang
Xabarni oʻzgarmagan versigasida ham hozirgisida havola shu. Oldingisida

Robocontest.uz/register edi. Farq yoʻq.
Ulugʻbek Roximow
Roʻyxatdan qanday oʻtishi mumkin
Ro'yhatdan men bugun o'tdim qatnashib bilan man mi
Jalilbek
Qachon boshlanadi
Taqdirlash bo'yicha savor bergan men-g,'olib bulging o'quvchining ustoziman..iyun oyida diplom beriberi rasmga olindi IT parkway Urganchda, keyindiplomlar olib qolindi-pul mukofoti bilan beriladi qo'llaringizga dedi.
2-tur sentyabrda chaqiqiramiz tagdirlashga deb qaytarib yuborildi. Ammo puli berilib diplomini kimdan olishni bilmayapmiz.Goliblar Atajonov Iskandar , Ollanazar ham g'olib u ham shunday dedi. Maktabimiz diplomlaringizni olib keying deydi , IT parkda kimga murojat qilish kerak?
21-Dekabrdagi tur qanday bular ekan?
3 ta g'olib ham 2 ta turdayam diplomini qo'liga olgani yo'q...halyiam..
Рахмат, болага пулдан хам голиб булган куни дипломини олиб ота -онаси олдига, мактабига ёруг юз билан бориши асосий деб уйлайман. Вактингизни олганим учун узр.
Show next 1 comment