❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?

Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?

Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?

Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?

Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.


👉 @xushnudbek 👈

3415 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Uzursiz sabab bilan kuchirmoqchi bulgan talaba minimum to'lov to'laydi dedingiz Xushnudbek aka shu to'lovning miqdori qancha va aniq ko'chirib o'tsa buladimi ??
Гулнора
Мен 2020-2021 укув йилида Наманган Давлат Университетига укишга кирдим. Бу йил биринчи курсни тугатдим. Лекин яшаш жойим Сирдарьё вилояти. Узимни йуналишим буйича Гулистон Давлат Университетига утказмокчиман. Мен хам перевод учун пул тулайманми?
Давлат бюджетида у́кийдиган талабалар,давлат бюджети асосида у́кишни ку́чирса бу́ладими?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men õzim samarqabdlikman lekin Qashqadaryo viloyatida Qarshi davlat universitetida óqiyman 1-kursni tugatdim.Men endi õqishimni õz yashash manzilimga õz yõnalishimga (turdosh yoki õzga emas)kõchirmoqchiman lekin siz sanab õtgan uzurli sabablar ichida men kõrsatmoqchi bõlgan sabab yõq ekan endi men õqishimni õz viloyatimga kõchira olmaymanmi 4 yil Qarshida õqiymanmi?
Saidislomxon Sayidburxonov
Ассалому алейкум. Магистратурада 1 курсни тамомладим. Бизда хам шу конунлар ишлайдими.
Avvalom bor assalomu alaykum men Qashqadaryo viloyatidanman Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 1-kurs talabasiman. Oila quryotganligim sababli o'qishimni Qashqadaryoga ko'chirmoqchiman lekn mos va turdosh yo'nalish ya'ni To'qimachilik institutini filiali Qashqadaryoda mavjud emas, o'zim pedagogika sohasiga qiziqaman va o'qishimni Qarshi davlat pedagogika universitetiga ko'chirmoqchiman... Uzurli sabab ila o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi?
Нурмухаммад Шайзаков Тозабекович
Assalamu alaykum. Meni singlim UzMU jurnalistika fakulteti kechki òbek filalogiya yunalishida 2 kursni tugatdi. Doimiy yashash joyimiz Jizzax viloyatida shu sababli uqishini Jizzax davlat pedagogika universitetiga kòchirsak buladimi? Javob uchun oldindan raxmat.
Munisa
Assalomu aleykum.Men Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz fililali davolash fakultetini 1 bosqichini tamomladim.O'zim Andijon viloyatida yashayman.O'qishimni Andijon Davlat tibbiyot institutiga davolash yo'nalishiga qay tarzda ko'chiraman.Masofa uzoqligi va turar joyim Andijon bo'lganligi uzrli sabab bo'la oladimi
Gulhayo
Salom.Magistrlarga ham tegishlimi o'qishni ko'chirib o'tkazish masalasidagi bu audio?
Oqishga tarix matematika(arxivshunoslik) fanlardan imtixon topshirib kirgan bolsa lekin tarix geograxiya xanlardan topshirilgan yonalishga(tarixga)perevod qilsa turdosh boladimi pul tolanmaydimi
Iltimos shuni aytvorilar
Musurmonov Shahboz
Salom turdosh yo'nalishlar ro'yhati chiqqanmi
Assalomu alaykum men Buxoro davlat universiteti 1 bosqich talabasiman òzim asli Farĝona viloyatida yashayman otam vafot etganlar masofa judaham uzoq bizdek talabalar uchun òqishni kòchirishda hech qanday imtiyoz berilmaydimi?
TDTU_2020
Assalomu alaykum men Toshkent davlat transport universiteti Magistratura boʻlimiga toʻlov kantrak asosida oʻqib 1-kursni tugatdim, oilaliman, ayolim va ikki nafar farzandim bor. Ular mening qaromagʻimda, ayolim farzandlarim tarbiyasi bilan band. Men Surxondaryo viloyatida doimiy yashayman. Toshkentda ijarada yashayapman oʻqishim tufayli, farzandlarimni va ayolimni olib kelib birga yashashga iqtisodiy imkoniyatim yetmadi. Sababi Toshkentda oʻqishimdan boʻsh vaqtda ishlash uchun ish topolmadim. Oʻqishga kelganimda, universitet tomonidan menga, siz Toshkentda oʻqib viloyatda ishlashingiz mumkin emas deyishganligi bois, ishlab turgan ishimdan ariza yozib boʻshab kelishga majbur boʻldim.
Men oʻzimni va oilamni nafaqasini taminlash uchun Toshkentda ish topish maqsadida juda koʻp tashkilotlarga abektiv murojat qildim. Lekin afsuski, biror-bir tashkilot meni ishga olishmadi, sababi oʻqiyotganligim ekan. Hattoki mehnat vazirligiga ham mart oyida yozma murojat qilganman, natijasi boʻlmadi qonunchilikga toʻgʻri kelmas ekan. Shundan soʻng ochigʻini aytsam mardikorlik qilishimga ham toʻgʻri keldi afsuski, shu oilanimni va oʻzimni nafaqa bilan taʼminlayman dep, oʻqishimda baʼzi fanlardan yaxshi oʻzlashtirolmay qolganligim bois menga, oʻsha fanlardan baho qoʻyishmadi. Natijada ikki semestr oʻquv davomida 14 fandan 5 tasiga qarzdor boʻldim, endi nima qilishga hayronman. Buyogʻi oila nafaqasi, buyogʻi kantrak toʻlovim bor, oʻqishimni viloyatga koʻchiray desam, u ham pullik, Toshkentda ishga olishmasa, ishga olmoqchi boʻlgan tashkilotlar ham boʻldi, lekin ular 600ming 700ming ish haqi vada qilishdi, oʻzi 500minga ijarada tursam, men yemaymanmi? ichmaymanmi? oʻquv qurollari olmaymanmi?Buyogʻi oilali boʻlsam. Xullas bilmay qoldim. Endi fanlardan ham qarzdor boʻlganligim bois unga ham pul toʻlashim kerak, oʻqishimni tashlolmayman sababi 1 yil oʻqib qoʻydim. Oʻqituvchilarga sharoitimni tushuntirdim, lekin ular, sen oʻishga, oʻqigali kelgansan, seni sharoitining bizni qiziqtirmaydi deyishdi umuman ular haq. Yaʼna ular ota-onang yoʻqmi deyishdi ota-onam nafaqada, ularning nafaqasi oʻzlariga etadi xolos. Men nima qilsam boʻladi? Menga maslahat beringizlar. Iloji boʻlsa menga amaliy yordam bersalaringiz iltimos! Oldindan rahmat. Dardimni doston qilib yuborgan boʻlsam uzr soʻrayman?
1234567890
Assalamu aleykum. Men Nizomiy nomidagi TDPU Texnokogik ta'lim yònalishida 2- kursda òqiyman. Men o'tgan yili ayrim sabablarga ko'ra prevodga arziza topshirolmay qogandim. Bu yil Namdu ga fizika fakultetiga prevod qilsam bòladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
Gulchiroy
Assalomu alaykum Man filologiya nemis tilida 2 kursni tugatdim Man oila quradigan turmush örtoğimni hududlarida nemis tili umuman kirib bormagan ish örni yöq shu sababli Man filologiya ingliz tiliga ichki perevod qilsam böladimi?Bu qay tarzda amalga oshiriladi?
Assalomu alaykum bir viloyatdan boshqa viloyatga bir yo'nalishga perevot qilmoqchiman Sababi bizga uzoqligi shu ham uzrli sabab bo'la oladimi yoki pullik bo'ladimi
Show next 100 comments