❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?
Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?
Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?
Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?
Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.
👉 @xushnudbek 👈
Iltimos shuni aytvorilar
Men oʻzimni va oilamni nafaqasini taminlash uchun Toshkentda ish topish maqsadida juda koʻp tashkilotlarga abektiv murojat qildim. Lekin afsuski, biror-bir tashkilot meni ishga olishmadi, sababi oʻqiyotganligim ekan. Hattoki mehnat vazirligiga ham mart oyida yozma murojat qilganman, natijasi boʻlmadi qonunchilikga toʻgʻri kelmas ekan. Shundan soʻng ochigʻini aytsam mardikorlik qilishimga ham toʻgʻri keldi afsuski, shu oilanimni va oʻzimni nafaqa bilan taʼminlayman dep, oʻqishimda baʼzi fanlardan yaxshi oʻzlashtirolmay qolganligim bois menga, oʻsha fanlardan baho qoʻyishmadi. Natijada ikki semestr oʻquv davomida 14 fandan 5 tasiga qarzdor boʻldim, endi nima qilishga hayronman. Buyogʻi oila nafaqasi, buyogʻi kantrak toʻlovim bor, oʻqishimni viloyatga koʻchiray desam, u ham pullik, Toshkentda ishga olishmasa, ishga olmoqchi boʻlgan tashkilotlar ham boʻldi, lekin ular 600ming 700ming ish haqi vada qilishdi, oʻzi 500minga ijarada tursam, men yemaymanmi? ichmaymanmi? oʻquv qurollari olmaymanmi?Buyogʻi oilali boʻlsam. Xullas bilmay qoldim. Endi fanlardan ham qarzdor boʻlganligim bois unga ham pul toʻlashim kerak, oʻqishimni tashlolmayman sababi 1 yil oʻqib qoʻydim. Oʻqituvchilarga sharoitimni tushuntirdim, lekin ular, sen oʻishga, oʻqigali kelgansan, seni sharoitining bizni qiziqtirmaydi deyishdi umuman ular haq. Yaʼna ular ota-onang yoʻqmi deyishdi ota-onam nafaqada, ularning nafaqasi oʻzlariga etadi xolos. Men nima qilsam boʻladi? Menga maslahat beringizlar. Iloji boʻlsa menga amaliy yordam bersalaringiz iltimos! Oldindan rahmat. Dardimni doston qilib yuborgan boʻlsam uzr soʻrayman?
Etiboriniz ushun raxmat
Qaroqolpoq Davlat universiteti talabasi
Tlepbaev Nursulton