This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Заковатда пул берадими?» — Заковат клубига аъзо бўлганимга 17 йил тўлган бўлса, шу давр ичида ушбу саволни минг марталаб беришган. Танишлар ҳам, нотанишлар ҳам. Заковат кўрсатувида чиққан барча билимдонларга доим бериладиган савол шу — «Кўрсатувда чиққанингиз учун сизларга пул беришадими?».

20 йил давомида Заковатда билимдонларга деярли ҳеч қандай пул берилмаган. Бунинг учун тайинли шароит ҳам бўлмаган. Аксинча биз клубнинг турли харажатлари учун ёнимиздан ҳар ойлик "взнос" пули тўлардик.

Шу жавобдан кейин яна савол беришарди — «Унда сенга нима зарил?».

Биз Заковатга пул учун бормаганмиз. Биз Заковатга янги билимлар, адреналин, ҳаяжон, кураш ва ғалаба қувончи учун борамиз. Биз Заковатга билимли дўстлар учун борамиз. Биз Заковатга юқоридаги видеода тасвирланган азарт учун борамиз.

20 йилдан сўнг интеллектуал ҳаракат мана энди қўллаб-қувватланишни бошлади. Сабрнинг таги олтин, дегани шу бўлса керак. Аллоҳга шукр.

Мен қаттиқ ишонаман, илм йўлидаги бу ҳаракатларимиз албатта натижа беради.


👉 @xushnudbek 👈

127 comments

Show 23 more comments
Aka xafa bolmang u lekin zakovat faqat IQ ni tekshiradigan oyin. Dunyoviy ilm bermaydi. Shu etiborni ixtiro qilayotgan biror narsa yaratdigan odamlarga bersak. Uzbekistonda xa ancha buncha narsalar yaratilarmidi. Xozir mn bilganim faqat faxriy yorliqdan u yogiga otmayabmiz. Savollar Uzbekiston kelajagiga xissa qoshadigan siyosiy, ilmiy emas balki mantiqiy savollar.
Elmurod Jo'rayev
Bizni jamoa bu omad!!!
Xushnud aka sizga ham raxmat savol maromiga yetib bordi!!!
Mirzayeva
To'g'ri men ham har safar zakovatda qatnashganimda boshqacha bir adrenalin olaman. Baribir o'yinning tafti juda ham kuchli
Telvidinya qachon olib beradi
qizniyam òrtaga olishsa yaxshi bòlardi, javobni berdiyu orqada qolib ketdi. Lekin juda ajoyib!!! Zakovatni hamma hayajon bilan tomosha qilsa kerak. Hozir ham seriallar qòyiladigan kechgi 7-8 oraliģida ZAKOVAT kòrsatuvi qòyilsa bizning farzandlarimiz ham biz kabi qiziqish bilan kòrarmidi. Hozir oila davrasida tv kòrging kelmaydi. Bir-biridan bemaza seriallar asabingga tegadi xolos!!!
Assalomu alaykum hammaga Xushnudbek aka sizdek bo‘lish bizga ham nasib qilsin
Nigora Muhammadjonovna
Qilingan yaxshi amal yillar oʻtib oʻz mevasini berar ekan.Men buni hayotimda guvohi boʻldim.Sizning ham yaxshi amalingiz oʻz mevasini bera boshlabdi.Daraxt ham tezda mevaga kirmaydiku.Ilohim olloh qoʻllasin
☆ALEKS ☆
Assalomu Aleykum Xushnud aka Barcha o'yinlar tugab bo'ldi kyn Yana Hududiy o'tkaziladimi
O'tkazilsa juda ham ajoyib bo'lar edi
Darhaqiqat zakovatda oʻzgacha olam bor
Mansur Valibekov
ha shunisiga ham Allohga shukr kimlardur shu sohada mehnat qilayapti mehnatini hurmat qilishimiz kk menimcha
Assalomu alaykum. Zakovat o'yiniga savol yo'llamoqchi edim. Qanday yuboraman? Iltimos, shu haqida ham ma'lumot bersangiz.
Assalomu aleykum. Zakovat klubiga qanday a'zo bo'lish mumkin
Jadidlarni davom chilari, omad.
Bardavom bo'lsin. Ilmga kiritilgan invistitsiya bu mingta sportchini oltin medalidan ko'ra ko'proq efekt beradi mamlakat taraqqiyoti uchun
Assalomu alaykum Xushnudbek sizga bitta savolim bor edi meni 2 oylik farzandim bor bu yil unversitetga kirdim memga qanday qulayliklar bor hozirda oʻz uyimdan uzoqda oʻqiyapman
Assalomalekum zakavot zo'r soat 22 00 da boshlansa ham odamlar kutar edi chunki uyerda guyoki xaqiqat bordek.Lekin nima un jonli efirda uzatilmadi?qayerdagi serialu ko'rsatuvlardan vaqt yetmadimi yoki reklamalar joyini bo'shatmadimi.bunaqa intelekt o'yinlarni ko'paytrish kk va efirga uzatish kk deb uylimann.faoliyatlaringga omad.
Мухлиса Бобоназарова УЗМУ 214"А"гурух
Ассалом алайкум хаммага Заковат ажойиб👍👍👍👍барча жамоага омад
Show next 83 comments