This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Заковатда пул берадими?» — Заковат клубига аъзо бўлганимга 17 йил тўлган бўлса, шу давр ичида ушбу саволни минг марталаб беришган. Танишлар ҳам, нотанишлар ҳам. Заковат кўрсатувида чиққан барча билимдонларга доим бериладиган савол шу — «Кўрсатувда чиққанингиз учун сизларга пул беришадими?».

20 йил давомида Заковатда билимдонларга деярли ҳеч қандай пул берилмаган. Бунинг учун тайинли шароит ҳам бўлмаган. Аксинча биз клубнинг турли харажатлари учун ёнимиздан ҳар ойлик "взнос" пули тўлардик.

Шу жавобдан кейин яна савол беришарди — «Унда сенга нима зарил?».

Биз Заковатга пул учун бормаганмиз. Биз Заковатга янги билимлар, адреналин, ҳаяжон, кураш ва ғалаба қувончи учун борамиз. Биз Заковатга билимли дўстлар учун борамиз. Биз Заковатга юқоридаги видеода тасвирланган азарт учун борамиз.

20 йилдан сўнг интеллектуал ҳаракат мана энди қўллаб-қувватланишни бошлади. Сабрнинг таги олтин, дегани шу бўлса керак. Аллоҳга шукр.

Мен қаттиқ ишонаман, илм йўлидаги бу ҳаракатларимиз албатта натижа беради.


👉 @xushnudbek 👈

127 comments

Show 25 more comments
Elmurod Jo'rayev
Bizni jamoa bu omad!!!
Xushnud aka sizga ham raxmat savol maromiga yetib bordi!!!
Mirzayeva
To'g'ri men ham har safar zakovatda qatnashganimda boshqacha bir adrenalin olaman. Baribir o'yinning tafti juda ham kuchli
Telvidinya qachon olib beradi
qizniyam òrtaga olishsa yaxshi bòlardi, javobni berdiyu orqada qolib ketdi. Lekin juda ajoyib!!! Zakovatni hamma hayajon bilan tomosha qilsa kerak. Hozir ham seriallar qòyiladigan kechgi 7-8 oraliģida ZAKOVAT kòrsatuvi qòyilsa bizning farzandlarimiz ham biz kabi qiziqish bilan kòrarmidi. Hozir oila davrasida tv kòrging kelmaydi. Bir-biridan bemaza seriallar asabingga tegadi xolos!!!
Assalomu alaykum hammaga Xushnudbek aka sizdek bo‘lish bizga ham nasib qilsin
Nigora Muhammadjonovna
Qilingan yaxshi amal yillar oʻtib oʻz mevasini berar ekan.Men buni hayotimda guvohi boʻldim.Sizning ham yaxshi amalingiz oʻz mevasini bera boshlabdi.Daraxt ham tezda mevaga kirmaydiku.Ilohim olloh qoʻllasin
☆ALEKS ☆
Assalomu Aleykum Xushnud aka Barcha o'yinlar tugab bo'ldi kyn Yana Hududiy o'tkaziladimi
O'tkazilsa juda ham ajoyib bo'lar edi
Darhaqiqat zakovatda oʻzgacha olam bor
Mansur Valibekov
ha shunisiga ham Allohga shukr kimlardur shu sohada mehnat qilayapti mehnatini hurmat qilishimiz kk menimcha
Assalomu alaykum. Zakovat o'yiniga savol yo'llamoqchi edim. Qanday yuboraman? Iltimos, shu haqida ham ma'lumot bersangiz.
Assalomu aleykum. Zakovat klubiga qanday a'zo bo'lish mumkin
Jadidlarni davom chilari, omad.
Bardavom bo'lsin. Ilmga kiritilgan invistitsiya bu mingta sportchini oltin medalidan ko'ra ko'proq efekt beradi mamlakat taraqqiyoti uchun
Assalomu alaykum Xushnudbek sizga bitta savolim bor edi meni 2 oylik farzandim bor bu yil unversitetga kirdim memga qanday qulayliklar bor hozirda oʻz uyimdan uzoqda oʻqiyapman
Assalomalekum zakavot zo'r soat 22 00 da boshlansa ham odamlar kutar edi chunki uyerda guyoki xaqiqat bordek.Lekin nima un jonli efirda uzatilmadi?qayerdagi serialu ko'rsatuvlardan vaqt yetmadimi yoki reklamalar joyini bo'shatmadimi.bunaqa intelekt o'yinlarni ko'paytrish kk va efirga uzatish kk deb uylimann.faoliyatlaringga omad.
Мухлиса Бобоназарова УЗМУ 214"А"гурух
Ассалом алайкум хаммага Заковат ажойиб👍👍👍👍барча жамоага омад
Hattoki qishloq maktablarida ham tashkil qilingandi bu o'yin yoshlar izlanishga tushgandi.Lekin doimgidek yaxshi narsalar yuq bb qayerdagi kursatuvlar paydo boʻladi.qupol bilsa ham aytaman televizor koʻrib bulmay qoldi hattoki axborot ko'rib utrsang ham o'rtadan reklama quyib qayerdagi ayollarni narsasini maqtaydimiye.Aka qulizdan kelsa zakavotni qaytaringlar.nafaqat zakovat shunaqa adrenalin odamni maʼrifatga chorlaydigan o'yin va ko'rsatuvlarni ko'paytrish kk.tepadagi savolimni javobi un oldindan raxmat.Xushnudbek Xudayberdiyev.
Abror
Assalomu alaykum yaxshimisizlar, mening bitta taklifim bor edi, agar to'g'ri deb topilsa bir o'ylab ko'ringizlar.
Menimcha O'zbekiston musulmonlar idorasi va Milliy Mas Media, tegishli manfaatdor tashkilot va vazirliklar bilan birgalikda Diniy ta'lim tarbiya va ma'naviyatni o'rgatadigan radio kanal ochishi kerak unda musulmonlar bilishi kerak bo'lgan to'g'ri bilimlarni, jamiyatda atrofimizda bo'ladigan yomon holatlar korrupsiya, jinoyatchilik, ko'cha ko'ydagi ba'zi axloqsizlik, isrofgarchilik, manmanlik, ma'suliyatsizlik va shu kabi yomon illatlarning yomonligini diniy tomondan diniy domlalar, ulamolar tushuntirib berishsa (radio kanal bo'lgandan keyin boshqa dasturlar ham qo'yiladi masalan Hadislar bo'yicha eshittirishlar,axborot, reklama, ziyoratgohlar haqida malumotlar, suhbatlar, viktorina lar, milliy qadriyatimizni yanada targ'ib qiladigan dasturlar va hokozo, hozir masalan kimdir radio tinglamoqchi bo'lsa bu tipdagi ko'rsatuvni qayerdandir topish o'ylab qoladi, yana bizga musulmonchilikning bazi bilmaydigan joylarimiz bo'lsa chetdan ijtimoiy tarmoqdan birov o'rgatmasin, o'zimizning ishonchli Musulmonlar idorasidagi ilmli odamlardan o'rganaylik bu mening fikrim ) yanada yomonlikka yuruvchi odamlar kamayishi mumkin, radio deyishim sababi ko'pchilik yo'lovchilar eshitadi, haydovchilar eshitadi bazi marshrutka, taksilarda shunday radio kanalni qo'yib qo'yishadi ki undan ma'naviy ozuqa olish o'rniga ongi pastlarning ongi o'zgaradi, yana dalalarda mehnat qilayotgan odamlar radio eshitishadi, xullas nimadir yumush qilib tinglansa sal bo'lsa ham odamlar Hidoyatga, yaxshilikka tomon intilaveramizmi deymanda.
Fikrlarimning ba'zi kamchiliklari uchun uzr so'rayman. Ushbu loyiha amalga oshib kimlarnidir hidoyatga chorlasak, ulardan keladigan savobidan bizga ham nasib qilsin deb yozdim.
Show next 81 comments