"HOKIM KUBOGI" da qatnashuvchi o‘quvchilarning yakuniy ro‘yxati aniqlandi
"Hokim va Yoshlar" uchrashuvida tuman va shaharlarda o‘tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"g‘oliblari hamda jamoamiz tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "HOKIM KUBOGI" (qaysidir ma'noda chempionlar ichidan eng kuchlilarini aniqlash va rag‘batlantirish) o‘tkazish tashabbumizni viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llagan edilar. Dastlabki rejaga ko‘ra 25-yanvarda o‘tkazilishi belgilanmoqda. Tez orada to‘liq ma'lumot berib o‘tamiz, kanalimizni kuzatib boring.
Koʻpchilik soʻragan savol: Bu yil ham davom etadimi? Javob: Albatta davom etadi. Nafaqat oʻquvchilar, ustozlar uchun ham alohida olimpiada oʻtkaziladi va munosib ragʻbatlantirilib boriladi.
Shunday ekan, o‘qituvchilar va barcha o‘quvchilardan o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlarini kutib qolamiz.
Viloyat hokimiga kecha aytildi bu masala.
Biz pul masalasiga emas savollar sifati va natijalarni adolatli tekshirilishiga javobgarmiz.