"HOKIM KUBOGI" da qatnashuvchi o‘quvchilarning yakuniy ro‘yxati aniqlandi
"Hokim va Yoshlar" uchrashuvida tuman va shaharlarda o‘tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"g‘oliblari hamda jamoamiz tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "HOKIM KUBOGI" (qaysidir ma'noda chempionlar ichidan eng kuchlilarini aniqlash va rag‘batlantirish) o‘tkazish tashabbumizni viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llagan edilar. Dastlabki rejaga ko‘ra 25-yanvarda o‘tkazilishi belgilanmoqda. Tez orada to‘liq ma'lumot berib o‘tamiz, kanalimizni kuzatib boring.
Koʻpchilik soʻragan savol: Bu yil ham davom etadimi? Javob: Albatta davom etadi. Nafaqat oʻquvchilar, ustozlar uchun ham alohida olimpiada oʻtkaziladi va munosib ragʻbatlantirilib boriladi.
Shunday ekan, o‘qituvchilar va barcha o‘quvchilardan o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlarini kutib qolamiz.
41 comments
Show 7 more comments
Ròzmetova🩰
Xiva shahri pul mukofoti ham berilmadi yangi yil oldi beriladi deyilgandi keyin 15-yanvardan oldin deyildi endi qachon beriladi
Assalomu aleykum yaxshimisiz, Raxmanov Akbar, 5- sinf, Nukus PM. Roʻyxatda xato ketibdi. Iloji boʻlsa dam olish kunida boʻlsin, biz Qoraqalpogʻistondan boramiz
Viloyat hokimiga kecha aytildi bu masala.
Biz pul masalasiga emas savollar sifati va natijalarni adolatli tekshirilishiga javobgarmiz.
Iloji boʻlsa dam olish kunida boʻlsin, biz Qoraqalpogʻistondan boramiz
Илтимос шу масалани ойдинлаштиринг, администратор
1) Taqdirlashda bormidingizlar? Yoʻq boʻlsanglar, nima qatnashdinglar hisobmi?
Bor boʻlsanglar, shu vaqtda javob berilgan bu masalaga.
2) Faqat shunday e’tirozlaring boʻlganda izoh yozishga vaqt va hafsala topasizlarmi?