YAKUNIY NATIJALAR (14-yanvar Urganch).pdf
238.3 KB
"QO‘SHIMCHA IMKONIYAT" olimpiadasi natijalari e'lon qilindi!

Bugun jami 148 nafar iqtidorli o‘quvchilar "HOKIM KUBOGI" ga chiqish uchun kurash olib borishdi va g‘olib bo‘lgan 32 nafar o‘quvchi finalga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali soat 21:00 dan keyin olishlari mumkin.

❗️ Ushbu ro‘yxatda ba'zi o‘quvchilarning ustozlari kiritilmagan. Iltimos, @khiso_admin akkauntiga murojaat qilib ma'lumotlarni to‘ldirishga yordam bering. Chunki, ustozlar reytingi ham yuritilmoqda!

IZOH: Bir nafar 7-sinf o‘quvchisi Matematika fanidan ishtirok etgan va juda yaxshi natija (5-3-10, jami 35 ball) qayd etgan. O‘z sinfida finalga chiqib bo‘lganligi va qoidalarni hisobga olgan holda ro‘yxatga qo‘shmadik. Shuningdek, fizika fanida B9 savolda to‘g‘ri javob kalitlarda berilmagan edi va kimda kim 1200J yoki 1,2kJ deb yozgan bo‘lsa to‘g‘ri deb inobatga oldik.

🏆 "HOKIM KUBOGI" yanvar oyining oxirgi haftasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, fevral oyidan 2024-yil uchun mo‘ljallangan "Hokim olimpiadasi" start oladi. Demak to‘xtab qolishga hech birimizning haqqimiz yo‘q, hozirdan tayyorgarlikni kuchaytiring. Hammasi endi boshlanmoqda!

13 comments

Show 1 more comment
Fazliddin
Assalom aleykum kalitlani nerdan tapsa boladi
Fazliddin
Assalom aleykum kalitlani nerdan tapsa boladi
Savollar 22-28 yanvar kunlari boʻladigan onlayn olimpiadalar marafonida ishlatiladi (qatnashish bepul). Shunda savollarni ham kalitlarini ham koʻrib olsangiz boʻladi.
Men 9-sinfman, 4- ôrin bôlib qolganman, agar shuni tôgirlasangiz 3-ôringa chiqaman, shuning uchun iltimos meni javob varaqamni kôring,
Ismim Toyirov Shohruh 9- sinf fizika
Rõziboyeva Xamida
Assalomu alaykum man Rõziboyeva Umidaxonman mani kimyo fanidan tobshirgan edim lekin meniki chiqmadi
Faqat finalga 1 2 3 òrinlar òtadimang
um1dbekovna
Fevralda boʻlib oʻtadigan hokim olimpiadasida 9 sinflar qatnashishi mumkinmi
Assalomu aleykum
Final bosqichida faqat 1,2,3 o'rinlarni emas balki kuchli beshlikni qatnashgani yaxshi emasmi?
Mani o'quvchim 9-sinfda fizika fanidan 4-o'rinda turibdi oldingi o'rinlardagi o'quvchilar oldin hokim olimpiada g'olibi bo'lib finalga yo'llanmani qo'lga kiritishgan hozir meni o'quvchimni saralashda qatnashgani manosizdek bo'lib qolyapti. Chunki undan oldingi o'quvchilar shundoq ham yo'llanmaga ega o'quvchilar.
Finalga qatnashishga oldin g'olib bo'lmagan saralashda yaxshi natija ko'rsatganlar ichidan tanlash menimcha to'g'ri qaror bo'lar edi chunki oldin g'olib bo'lganlar shundoq ham qatnashadi.