This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 59 more comments
Habibulloh
Sayt yoki ilova ochish kerak. Uyini ijaraga beradigan inson elon beradi va oʻrtakashlarsiz uyni talabani oʻziga beradi.
В первую очередь надо убрать тариф "тониш-билиш" всегда в первую очередь дают место своим знакомым или тем кто им кинул косточку.
Решение проблемы самое простое надо ВУЗу составить контракт с гостиницами,и дать льготы на налоги гостиницам которые составят контракт с ВУЗом,и выдавать кредиты студентам которые будут жить в гостинцах на льготных процентах.Идей много писать долго,хотя врят-ли,кто-то,когда-то будет слушать студентов.
Talabalar joylarini qurish kup vaqt talab etadi ammo ularni qurish kerak baribir Ular qurilguncha Kvartira topish uchun qandaydir xizmatlarni joriy qilish kerakmi yana shuni ham takidlab utishim keraki talabalar turor joylarini berish da nohaqliklarga yul quyilmoqda shu nohaqliklarga oldi olinsa ham qandaydir maqsad ga muvofiq buladi
Talabalarni ijaraga qo'ygan fuqorolarning qilib bergan sharoitiga qarab baholanishi va shunga qarab ularga soliq va boshqa shu kabi imtiyozlar berilishi kerak.
Qobilova N
Hech boʻlmaganda mehmonxonalarni arzonroq narx qilib talabalarni joylashtirish kerak
b.bahtiyor
Ассалому алайкум Хушнудбек, тугри фикр 100 фоиз кушиламан, бошка бир тайинлик фикр айтишни хам билмайди одам, лекин бош котириб курса булади, узингиз бир суровнома утказиб куришингиз керак ота-оналар ва талабаларнинг дуосида колиб кетасиз.
Канча ёшларимиз кийналиб юришибди шу ишларда ечим топилса савоб булади.
Umida Sodikova
Assalom aleykum eng avvalo talabalarga yotoqxona tarqatishdagi shapka degan korrupsiyani yo'qotish kk. Shunda faqatgina keraklilarga nasib etadi. Hozir bir ikki oyda qilish mumkin bo'gan amaliy ish shu.
$hohrux
Nima hamma narsa Toshkentda bo'lish kerakmi, qolgan viloyatlarchi.
Institutning filiallarini boshqa viloyat markazlaridan ochish kerak.
Xozir eng talab yuqori bo'lgan institutlar faqat toshkent shaxrida bor. Talab yuqori shu sababdan toshkentda ijara juda qimmat. Jizzaxda xamma sharoiti bor joy 100$, toshkentda bo'sh uyniyam bu narxga bermasa kerak.
Oilalarda 1ta xonasini ijaraga olsa 200000 dan 400000 gacha
Platforma yaratish bilan ish bitmaydi. Yangi bino , uylar obshitalar bo'lsa Talabalar o'zi topib boradi. Hozir esa juda kam.
#offtop
Prezident ko'rinishidan bu yil ohirgi chorakga qadar qattiq ishlaydigan shekilli bu yaxshi albatta
#saylov2021#prezidentsaylovi
Shunchaki quvonarli xolat shunday emasmi?!
Ps: bu mavzuni bo'layotgan ishlarga umuman aloqasi yo'q😉:)
шокиров камол жумаевич
Шахарларда фаолиятини тухтатган фабрика еки заводларнинг етокхоналари хали хам буш турган,еки ноль киймат деган куринишда сотилиб,хувиллаб етгандир,балки.Шу жойларни оддийгина ремонт ва коммуникация билан таъминлаб,иситиш амалга оширилиб,узимизнинг фарзандларимиз булган талабаларга берсак,жуда савоб иш буларди,менимча.
Gavharoy Abbosova
Xurshid Uz
Oqituvchilarga ham oilaviy opishta qurish SHARTTTTT. oqituvchilarni qadri yoq
To'g'ri aytasiz,papkasini,notebook ini ko'tarib metrolarda yurmasdan,bechoralar,yaqinroqlarda qurilsa.Imkoni bo'lsa yoki o'qituvchilar uchun maxsus avtomobillar alohida arzonroq arendaga beriladigan bo'lsa.Shaxsiy olguncha minib yurishsa,yaxshi edi.
Menimcha tepada aytilgan dastur yaxshidir ammo hozirgi vaqtda sharoiti talabga javob bermaydigan kvartiralar narxi osmonda shuni uchun yotoqxona qurish masalasini qo‘llab quvvatlayman menimcha hamma shunaqa fikrda
Gallaktikos &
Otm atrofida kop qavatli uylar qurishsa yaxshi bolardi kvartira narxidan bir muncha arzonroq chunki kvartira judaham qimmat
$hohrux
Pastga ham tushingizlar, iltimos.
Assalomua alaykum hammaga platforma haqida fikrga qõshilmayman chunki elonlar olx hammasi oilaga beriladi deb yozilgan Talabalarga esa bezota ham qilishga haqqi yo'q Mening fikrim Kõp qavatlik kvartiralarni qurish talabalar uchun ikki yoki uch kishilik keyin Toshkent shahriga geografik jihatdan yaqin bõlgan hududlardan ham qurishsa agar joy masalasi muammo bõlsada
ARMY OF UZBEKISTAN
Juda yaxshi tema koʻtarilibdi viloyatdan kelgan talabalar iloji yoʻq oqishiga yaqin joydan 200$ 300$hatto undan ham koʻproq kvartiralarda turibdi masalan meni br tanishim bor u oʻzining qarindoshinikida 500minga turibdi yaqin qarindoshi boʻlmasa agar begona boʻlsa narxi osmonda tori 100 foiz taʼminlashni iloji yoʻq lekin kamida 70 foiz talabalarni taminlash kk
Show next 100 comments