This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 68 more comments
Institutning filiallarini boshqa viloyat markazlaridan ochish kerak.
Xozir eng talab yuqori bo'lgan institutlar faqat toshkent shaxrida bor. Talab yuqori shu sababdan toshkentda ijara juda qimmat. Jizzaxda xamma sharoiti bor joy 100$, toshkentda bo'sh uyniyam bu narxga bermasa kerak.
Oilalarda 1ta xonasini ijaraga olsa 200000 dan 400000 gacha
Platforma yaratish bilan ish bitmaydi. Yangi bino , uylar obshitalar bo'lsa Talabalar o'zi topib boradi. Hozir esa juda kam.
#offtop
Prezident ko'rinishidan bu yil ohirgi chorakga qadar qattiq ishlaydigan shekilli bu yaxshi albatta
#saylov2021#prezidentsaylovi
Shunchaki quvonarli xolat shunday emasmi?!
Ps: bu mavzuni bo'layotgan ishlarga umuman aloqasi yo'q😉:)
шокиров камол жумаевич
Шахарларда фаолиятини тухтатган фабрика еки заводларнинг етокхоналари хали хам буш турган,еки ноль киймат деган куринишда сотилиб,хувиллаб етгандир,балки.Шу жойларни оддийгина ремонт ва коммуникация билан таъминлаб,иситиш амалга оширилиб,узимизнинг фарзандларимиз булган талабаларга берсак,жуда савоб иш буларди,менимча.
Gavharoy Abbosova
Xurshid Uz
Oqituvchilarga ham oilaviy opishta qurish SHARTTTTT. oqituvchilarni qadri yoq
To'g'ri aytasiz,papkasini,notebook ini ko'tarib metrolarda yurmasdan,bechoralar,yaqinroqlarda qurilsa.Imkoni bo'lsa yoki o'qituvchilar uchun maxsus avtomobillar alohida arzonroq arendaga beriladigan bo'lsa.Shaxsiy olguncha minib yurishsa,yaxshi edi.
Menimcha tepada aytilgan dastur yaxshidir ammo hozirgi vaqtda sharoiti talabga javob bermaydigan kvartiralar narxi osmonda shuni uchun yotoqxona qurish masalasini qo‘llab quvvatlayman menimcha hamma shunaqa fikrda
Gallaktikos &
Otm atrofida kop qavatli uylar qurishsa yaxshi bolardi kvartira narxidan bir muncha arzonroq chunki kvartira judaham qimmat
$hohrux
Pastga ham tushingizlar, iltimos.
Assalomua alaykum hammaga platforma haqida fikrga qõshilmayman chunki elonlar olx hammasi oilaga beriladi deb yozilgan Talabalarga esa bezota ham qilishga haqqi yo'q Mening fikrim Kõp qavatlik kvartiralarni qurish talabalar uchun ikki yoki uch kishilik keyin Toshkent shahriga geografik jihatdan yaqin bõlgan hududlardan ham qurishsa agar joy masalasi muammo bõlsada
ARMY OF UZBEKISTAN
Juda yaxshi tema koʻtarilibdi viloyatdan kelgan talabalar iloji yoʻq oqishiga yaqin joydan 200$ 300$hatto undan ham koʻproq kvartiralarda turibdi masalan meni br tanishim bor u oʻzining qarindoshinikida 500minga turibdi yaqin qarindoshi boʻlmasa agar begona boʻlsa narxi osmonda tori 100 foiz taʼminlashni iloji yoʻq lekin kamida 70 foiz talabalarni taminlash kk
Onash
Assalom alekum. Uzir sizdan birnarsa buyicha suramoqchiman. Bollarimga 14 yoshgacha bola puli tugirlagandim bollarim egizak shu bola puli 1 tasiga beriladimi
Sirojiddin Shonazarov
Ассалому алайкум! Пойтахтда ётоқхона қуриш шарт эмас. Шу маблағларни барча вилоят марказларида барча ОЎЮ нинг филиалларини ташкил этишга ва ана шу ҳудудда ётоқхона қуриш керак. Шунда кўпгина муаммолар ҳал этилади.
Assalomu alaykum Xushnud aka, bu g'oya Prezidentning Buxoroga tashriflari chog'ida ilgari surilgan va hozirda bu g'oya uchun pul ajratilmoqda.
Qurishniyu qo‘yib turelik. Ozi bor bolgan obshitala ochilmebtiyu . Tori hoz pandemiya davri lkn bu uchun studentla aybdormasu.
$hohrux
Toshkentda talabalar ko'p bo'lsachi, sabab shu deb o'ylaysizmi
Ассалом алейкум Талабаларга ётоқ жой масаласи жуда керакли мавзу. Менинг шахсий фикрим талабалар учун "Талабалар шахарчаси" қуриш. Тўғри бу кўп вақт олади лекин муаммо бўлмасди. Талабалар ўқийдиган ОТМларда талабалар сонига мослаштириб қуриш керак деган таклифим бор яна хам бу шахсий фикр. Рахмат олдиндан
Tentakminds kanali admini tekin makler kanalini ochdi.Siz ham ochsangiz.Sizda obunachi kòo.Yaxshi samara beradi
OTM larini "cho'ntagini" baquvvat qilish yo'llarini topib, uni amalga oshirish kerak. Shunda hamma OTMlar o'zini talabalarini turar joy bilan o'zi ta'minlaydi.

Xo'sh sizda OTMlarni moddiy jihatdan yuksaltiradigan qanday g'oya bor?
Farrux
Xozirda eng tezda xal qilsa bulaydigan yechim maxallabay buw turgan xonadonlarni maxalla bilan keliwgan xolda aniqlaw kerak minglab uylar buw yotibdi. va talabalarni joylawtiriw uchun uy egalari bilan keliwiw kerak soliq imtiyozlari berilsa kupchilik uy egalari kunar deb uylayman
Show next 100 comments