Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Xo'sh sizda OTMlarni moddiy jihatdan yuksaltiradigan qanday g'oya bor?
Xususiy opjita tashkil qilishni tadbirkorlarga berish kere ken ulardan qanchadir mudatda soliqdan ozod qilish kere zamonaviy davlatlarda shaxsiy opjitalar juda kop hohlagan kishi turadi bu unchalik glabalni mavzu emas shunchaki aqilni va va vaqtinchalik pulni sarf qilsa boldi va bu yaxshigina pul iahlash yoli desak bo'ladi. Misol uchun 1 ta honaga eng kopi 4 ta kishi turaa 400 mingdan tursa ham anchagina pul boladi kopchilik turadigan zamonaviy opjita qilsa tadbirkor pulni tagiga qolib ketadi va talabalarga ham yengilik bo'ladi six xam kabob ham kuymaydi gapni qisqasi
20% joy xardoim bo'sh.
Sabab bu yerda arzon turdagi Xostel va Talabalar uchun ochilgan mo'ljalangan uylar juda ko'p.
Bizda xam Xostel va Talabalar yashaydigan shaxsiy yotoqxonalar ochish kerak.
Men ozim Xorazmdanaman ijarada turman kontrak asosida oqiyman men turgan mahhalani uchaskovoyi kelip turgan joylaringizda ijara shartnoma asosida turmasangizlar va propiskaga kirmasangizlar jarima tolaysizlar jarima yozaman deyapdi lekin kvartirani egasi ijara shartnoma tuzmaslikini aytdi bunday ijara shartnoma tuziladigan bosa boshqa joy topinglar deyapdi ammo uchaskavoy bizga jarima yozmoqchi ozi ijara puli qmmat bolsa biz yana jarima xam tolasak shunday sharoitda oqip boladimi yotoqxonada joy yow bolsa nima qilsih kerak togrisi tushunmay qoldim iloji bosa shu masalani xam bir kortarsangiz bizdek qiynalip yurgan talabalar kop bolsa kerak shu masala xam xammani qiynayotgan bolsa kerak biz kontrakni tolaylikmi praduktaga yetiraylikmi yoki jarimaga tolap yuraylikmi ota onamiz topgan pulni pul topish xam oson emas